Ri=ta,
bu yerda: t —avtomobil massasi (kg), a — avtomobilning tezlanishi (m/s2).
Avtomobilning g‘ildiraklariga Mkr1 Mk2g‘ildirashga qarshilik momentlari ta’sir qiladi. Yo‘l tomonidan normal Pz1 , Pz2 va urinma Rxl, Rx2reaktsiyalar ta’sir qiladi. Havoning qarshilik kuchi Rvelkanlik markazi hb balandlikda ta’sir qiladi. Bundan tashqari, avtomobildagi tirkamaning harakatiga qarshilik kuchi Rprqo‘yilishi mumkin.
Hamma kuchlarni yo‘l tekisligiga proektsiyalaymiz:
Rx2– Rx1 - Ru - Rn - R v - Rpr= 0,
yakka avtomobil uchun
Rx2– Rx1 - Ru - Rn - R v= 0
(Rz1 + Ri2)f = Rkbo‘lganligi uchun umumiy holda avtomobilning harakat tenglamasi quyidagicha yozilishi mumkin:
RT - Ru - R v - Rg= 0
Tormozlash xususiyati
Avtomobilni tormozlash xususiyatlari deganda, haydovchi xohishi bilan avtomobilni harakatlanish tezligini pasaytirish zarur bo‘lganda tezda to‘xtatish va nishablik joylarida to‘xtatib turish xususiyatiga aytiladi. Tormozlash xususiyatlari bir necha tormoz tizimlari bilan ta’minlanadi.
Ishchi tormoz tizimi avtomobilni harakatlanish vaqtida doimiy foydalanish uchun mo‘ljallangan, uning yordamida haydovchi avtomobil tezligini u yoki bu darajada sekinlatishi yoki to‘xtatishi mumkin. Barcha turdagi avtomobil va mototsikllar ishchi tormoz tizimi bilan jihozlanadi. Ishchi tormoz tizimining boshqarish organi, odatda, tormoz pedali hisoblanadi. Nogironlarga mo‘ljallangan avtomobillarda pedal dasta bilan almashtirilishi mumkin.
Ehtiyot tormoz tizimi, ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda avtomobilni sekinlatish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. KamAZ avtomobillaridagi ehtiyot tormoz tizimi to‘xtab turish tormozi bilan konstruktiv birlashtirilgan.
Yordamchi tormoz tizimi uzoq muddatga kichik tormoz kuchi hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday tormoz tizimi bilan shaharlararo yo‘nalishda qatnashga mo‘ljallangan ba’zi bir yuk avtomobillari va avtobuslar jihozlanadi.
Yordamchi tormoz tizimining ish prinsipi u ulanganda dvigatelda yonilgi uzatish to‘xtatiladi va gazlarni chiqarish quvurlarida tusgich (zaslonka) yopilib, tirsakli valning aylanishiga to‘sqinlikni vujudga keltirishga asoslangan. Shunday qilib, bunday holatda dvigatel bilan tormozlash bo‘ladi. Odatda, yordamchi tormoz tizimidan surunkali nishabliklarda, ishchi tormoz mexanizmining qizishi va yeyilishining oldini olish uchun foydalanadi. Yordamchi tormoz tizimi avtomobilni to‘satdan to‘xtatish imkonini bermaydi.
To‘xtab turish tormoz tizimi, to‘xtab turgan avtomobilning o‘z-o‘zidan yurib ketishini oldini olishga mo‘ljallangan. Odatda, bu tizim ishchi tormoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va mexanikaviy po‘lat arqon (tros) yuritmali yoki prujinali energoakkumulyatorli bo‘ladi.
To‘xtab turish tormoz tizimi bilan barcha avtomobillar jihozlanadi. Oxirgi paytlarda yon aravachali mototsikllar ham to‘xtab turish tormozi bilan jihozlanmoqda.
Ayrim hollarda avtomobilni to‘xtab turish joylarida to‘xtatganda, to‘xtab turish tormozi o‘rniga past uzatmalardan biri ulab qo‘yiladi. Bu yo‘llarda harakatlanish qoidalariga ziddir. Istisno tariqasida, boshqa iloj qolmaganda karbyuratorli avtomobillarda bu usulni qo‘llash mumkin, chunki o‘t oldirish tizimi o‘chirib qo‘yilganda, biror sababga ko‘ra, harakatga kelgan avtomobil dvigateli o‘t olmaydi. Dizel dvigatelli avtomobillarda bunday usulni qo‘llash qat’iyan man etiladi. Bundan tashqari, to‘xtab turish tormozi bilan birga uzatmani ulab qo‘yish dizel dvigatelli avtomobillarda qat’iy taqiqlangan.
Tormozning ikki turi mavjud: xizmat yuzasidan va tasodifan (favqulodda).
Xizmat yuzasidan tormozlash deb, avtomobilning tezligini pasaytirish yoki haydovchi oldindan ko‘zlagan joyda to‘xtatishiga aytiladi.
Tasodifan tormozlash deb, kutilmaganda qatnov qismida paydo bo‘lgan yoki kech aniqlangan to‘siqni bosmaslik uchun yuqori intensivlik bilan tormozlashga aytiladi.
Tormozlash xususiyatlari bir necha ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bulardan asosiysi: eng katta sekinlashuv va to‘xtash yo‘li hisoblanadi.
Tormoz yo‘lining qiymati, ayrim hollarda eng katta sekinlashuv qiymati, avtomobilning texnik tavsifnomasida ko‘rsatiladi.
Tormoz xususiyatining ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sirpanchiq yo‘lda, quruq asfaltga qaraganda avtomobilning tormoz yo‘li ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun avtomobilning texnik tavsifnomasida u yoki bu tormoz xususiyati ko‘rsatkichini ko‘rsatganda, odatda, uni aniqlagan sharoit ko‘rsatiladi. Avtomobilning tormoz yo‘li, uning yoqilgi to‘la quyilgan, birga yulovchisi bo‘lganda qattik qoplamali gorizontal yo‘lda soatiga 60 yoki 40 km boshlang‘ich tezlikda aniqlanadi. Avtomobilning tormozlashda sekinlashuvini aniqlash uchun maxsus pribor-desslerometr qo‘llaniladi.
Tormoz yo‘li deb, avtomobilni tormozlashni boshlagandan toki u to‘la to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofaga aytiladi.
To‘xtash yo‘li deb, to‘sikni ko‘rgandan to avtomobil to‘xtaguncha, avtomobil bosib o‘tgan yo‘lga aytiladi.
Tasodifan tormozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Haydovchining reaktsiyasi uning sog‘ligiga, asabiga va boshqalarga bog‘liq. Ayniqsa, spirtli ichimlik iste’mol qilgan haydovchining reaktsiya vaqti katta qiymatga ega bo‘ladi, natijada harakat xavfsizligi ta’minlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |