Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliyqism: Salomlashish,davomat aniqlanadi,sinf tozaligi kuzatiladi,o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O’quvchilar oldingi mavzu bo’yicha savol-javob qilinadi.
III.Yangimavzubayoni: Jaloliddin_Manguberdi'>Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonda davlat barpo qiladi. Sulton o‘z ahvolini yaxshilab oladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qilgan. O‘z nomidan kumush va mis tangalar zarb ettirib, soliqlar joriy qiladi. Lekin Hindistonning katta-kichik hukm-dorlari Xorazmshohning kuchayib ketishidan xavfsirashardi. Ular o‘zaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon bo‘lib qoldi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o‘tganlar. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda uch yil hukmronlik qiladi. U Hindistonda muqim o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, 1224-yili bu yerda o‘z noiblarini tayinlab, o‘zi esa Iroqqa yo‘l oladi. Jaloliddinning kelishi mahalliy aholi tomonidan yaxshi kutib olingan, chunki G‘iyosiddin davrida o‘zboshimchalik va zo‘rovonlik avjiga chiqqan edi. Shunday qilib, Kirmon, Fors, Isfahon Xorazmshohga tobeligini izhor etib, umumiy dushman – mo‘g‘ullarga qarshi kurash istagini bildirishdi. Jaloliddin bu yerlarda birlashgan davlat tuzishga kirishdi. Sulton Jaloliddin, bir tomondan, qudratli davlat tiklanayotganidan, ikkinchi tomondan, Tabariston, Damashq, Misr hukmdorlari u bilan yaxshi munosanbatlar o‘rnatganidan mamnun edi. Ozarbayjon hukmdori O‘zbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. Bundan tashqari, hukmdor aholini Gurjiston qo‘shinining talonchilik yurishlaridan himoya qilolmayotgan edi. Ozarbayjon xalqi Jaloliddin siymosida qudratli kuchga ega bo‘lgan edi. Jaloliddin Xorazmshoh Ozarbayjon harbiy yurishlar uchun qulay joyda joylashganligi uchun bu o‘lkani o‘z davlatining markazi sifatida tanlaydi. Tabriz shahrini yangi barpo etgan davlatining poytaxtiga aylantirdi. 1225-yil avgustda Garni qal’asi yaqinida gurjilarning 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. 1226-yilda Gurjiston to‘liq egallanadi. Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh qo‘liga o‘tgach, mo‘g‘ullar Isfahon shahri yonida paydo bo‘ladi. IV.Mustahkamlash o’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob qilinadi
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: -mavzu savollariga javob yozish.Mavzuningasosiy mazmunini so`zlab berish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini barpo birgalikda etamiz”. –T.: “O’zbekiston”. 2016-y.
2. J.Yo`ldoshev, F.Yo`ldasheva, G.Yo`ldosheva. Interfaol ta’lim – sifat kafolati. -T.: 2008 y.
3. R. Ishmuhammedov. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. –T.:2014.
4. T. Toshpo`latov, Ya. G`afforov Tarix o`qitish metodikasi. – T.: 2002.
5. Я.Ғаффоров, М.Ғаффорова. Ўзбекистон халқлари тарихини ўқитиш усуллари. -T.:1996
6. Я.А. Коменский. Буюк дидактика.-Т.:”Ўқитувчи” 1995.
7. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Mualliflar jamoasi. Toshkent, 2009.
8. N. Abdurahmonov. Pedagogik innovatsiyasi. Andijon,2008.
9. F.Sh.Aqchayev “Tarix fanini o`qitishda innovatsion texnologiyalar”. –J.: JDPI, 2014.
10. N.Saidahmedov “Pedagogik mahorat va pedagogik teхnologiya”.- T.: -2002.
Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz.
2. www.pedagog.uz.
3. www.metodika.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |