O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi


Jaloliddin Manguberdi Vatan qahramoni



Download 42,53 Kb.
bet6/8
Sana03.08.2021
Hajmi42,53 Kb.
#137337
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курбанова Рашида малака иши

2.2. Jaloliddin Manguberdi Vatan qahramoni

1220 yil fevralida Chingizxon Buxoroga yetib keladi. Shaharda 20000 kishilik qo’shin bo’lib, unga Sevinchxon, Qo’shlixon va Ko’kxon boshchilik qilardi. Ikki o’rtada qonli jang bo’lib o’tdi. Buxoro ahli taslim bo’lishga majbur bo’ldi, Shahar yondirildi, 16 fevralda egallandi. Shahardan 30000 kishi mo’ng’ullar tomonidan o’ldirildi. Ilm va ma’rifat egalari, shayxlar qul qilib sotildi. Qozilar eshak va xachir boqishga majbur qilindi. Buxorodan keyin navbat Samarqandga keldi. Bu ulug’ shaharni mudofaa qilish uchun 110000 qo’shin bor edi. Ularning 60000 turk va 50000 tojik edi. Ular qo’l ostida 20ta fil ham bor edi1[3].

Bu vaqtda shahar noibi To’g’ayxon edi. Ammo jangchilar o’rtasida birdamlik yo’q edi. Samarqandni bosib olish uchun Chingizxon O’trordan olib kelingan asirlardan foydalandi. Jang 3 kun davom etdi. Natijada To’g’ayxonning barcha qo’shinlari qirib tashlandi. Mo’ng’ullar Samarqandni suv bilan ta’minlovchi «Qo’rg’oshinnova»ni buzib tashladi, shahar suvsiz qoldi. 50000 ga yaqin sog’ qolgan shaharliklar tashqariga olib chiqildi. Lekin ular kun botishi bilan qatil etildi. Shaharda qolgan 5000 aholi 20000 oltin tanga to’lash sharti bilan ularni aybi kechirildi. Shunday qilib butun Movarouannaxr mo’ng’ullar tomonidan bosib olindi.

Chingizxonning yaqinlashib kelayotganligini eshitgan Sulton Muhammad Jayxun orqali Xurosonga qochadi. Keyin u Rayga so’ngra Mozondoronning o’tib bo’lmas tog’lari orqali xozirgi Astrobod shahriga keladi. Keyinchalik Kaspiy dengizining janubidagi bir orolchaga borib joylashadi va u yerda hor-zorlikda, g’ariblikda zotiljam kasali bilan o’ladi.

1220 yil aprelda Samarqand taslim bo’lgach mo’ng’ullar Sig’noq, O’zgan, Jandga qarshi hujum boshlaydi. Lekin bu shaharlar tezda taslim bo’ladi. Endi navbat Sirdaryo bo’yidagi Binokat va Xo’jand shahriga yetib keladi.

Mo’ng’ullarga qarshi kurash olib borgan oxirgi Xorazmshoxlar vakili Jaloliddin Manguberdi edi. U Mo’ng’ullarga qarshi 11 marta jang olib borib mag’lubiyat nimaligini bilmagan buyuk vatanparvar edi. Mo’g’ul qo’shinining eng atoqli lashkarboshilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. U Parvona dashtidagi jangda mug’ul lashkarboshisi Shiki-Xutuhu No’yon boshliq 45000 qo’shinni mag’lub etadi. Jaloliddin jangda yangi harbiy taktikani qo’llaydi ya’ni dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini. Mo’ng’ullarning bu mag’lubiyati ularni esankiratib qo’yadi. Chunki ular shu vaqtgacha mag’lubiyat nimaligini bilmagan. Bu mag’lubiyatdan keyin barcha harbiy harakatlarni endi Chingizxon o’z qo’liga olishga majbur bo’ladi. Afsuski bu vatanparvarning halq oldidagi xizmati Sovet tarixshunosligida noto’g’ri talqin etilgan. Xatto M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» dramasidagi bosh qahramon obrazi nihoyatda ideallashtirilgan – deb ayb qo’yilib sahna yuzini ko’rmagan. O’zbekiston Mustaqilligi tufayli Jaloliddin Manguberdi siymosi qaytadan tiklanmoqda. Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 24 sentyabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud to’yi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib utildi.

1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi Xorazmda keng nishonlandi. Unda ishtirok etgan yurtboshimiz Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga yuqori baho berdi: «G’anim oldida bosh egmagan, tiz cho’kmagan, Vatan deb halok bo’lgan» milliy qaxramonimizga halqimizning ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bo’lib qoldi. Jaloliddinning Parvona dashtidagi g’alabasi unga qimmatga tushdi. G’alabadan so’ng olingan o’ljani taqsimlashda uning lashkarboshilari Sayfutdin Ug’roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar o’rtasida nizo kelib chiqadi. Sulton Jaloliddinning kuchi ancha zaiflashadi. Chunki Sayfutdin Ug’roq o’zining 30000 kishilik askari bilan ketib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G’aznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Hind daryosi sohillariga chekinadi. Daryo bo’yida 1221 yilning noyabrida qattiq jang bo’lib o’tadi. Chingizxon Hind daryosiga yaqinlashganda Jaloliddin keyingi kuni daryoni kechib o’tmoqchi ekanligini eshitib shu kechaning o’zidayoq daryoning kechuv yo’lini to’sdi. U Sulton qo’shinining orqadigi qismiga yetib olib uni tor-mor qildi. «Sulton Jaloliddin bin Sulton Muxammad Xorazmshox - deb yozadi Mirzo Ulug’bek, - o’zini Suv va olov o’rtasida ko’rdi, chunonchi bir tarafida keskir qamchilar olov sochardi, boshqa tarafida esa qohur daryo turardi. Hyech bir tomondan chiqib ketishning iloji yo’q edi. Noiloj jangga kirishdi»1[4]. Kuchlar nisbati va jang qilish befoyda ekanligini tushungan Jaloliddin, oilasini mo’ng’ullar qo’liga asr tushishini istamaganligi uchun rafiqasi, onasi va bolalarini daryoga uloqtirib suvga g’arq qiladi, o’zi esa Hind daryosining narigi qirg’og’oga suzib o’tib ko’zdan g’oyib bo’ladi. Uning qahramonligiga tan bergan Chingizxon Jaloliddinni taqib etishni man qiladi va o’g’illariga qarab «Ko’rdingiz! Bunday otaning o’g’li shunday bo’lishi kerak»2[5] -deb ta’kidlaydi. Jaloliddin mo’ng’ullarga qarshi kurashda kavkazda kuchli davlat barpo etmoqchi bo’ladi, ammo mahalliy hokimlar o’rtasidagi nizolar uning rejasini ro’yobga chiqishga to’sqinlik qiladi. Shunday qilib eng so’nggi Xorazmshoxning hukumdorligi shu tariqa 1231 yilning kech kuzida tugaydi. 140 yil xukumronlik qilgan buyuk Xorazmshoxlar davlati va uni boshqargan xonadon barham topadi.

3. Mo’ng’ullar istilosidan so’ng Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv kabi shaharlar xarobazorga aylandi. Samarqand va Marv vohasining sug’orish tarmoqlari vayron etildi, Urganch suvga bostirildi, natijada o’lkaning tub aholisi boshqa joylarga ko’chib ketishga majbur bo’ldi. Sharq va G’arbni bog’lab turgan Ipak Yo’li butunlay barham topdi. Ilm, ma’rifatga ulkan ziyon yetkazildi. Chingizxon biroz vaqt Movarounnahrda turgach 1224 yil o’z vataniga qaytadi va u yerda quriltoy chaqrib o’z imperiyasini o’g’illari, nabiralariga taqsimlab beradi. Xitoy va Mug’iliston O’qdoyga, uyg’urlardan to Xorazmgacha bo’lgan, Movarounnahr va Turkistonning bir qismi Chig’atoyga, Xorazm va Dashti Qipchoq to’ng’ich o’g’li Jo’jiga va keyin nabirasi Botuga; Xuroson, Eron va Hindiston To’liga meros qilib berildi. Mo’ng’ullar bosib olgan viloyatlarni uluslarga taqsimlanib uzel asosida boshqariladi. 1227 yil Chingizxon 70 yoshida vafot etadi. Mo’ng’ullar hukmronligi davrida halqning ahvoli nihoyatda og’irlashadi, ular ikki tomonlama eziladi, ba’zi oqsuyaklar o’zlarining molu-davlatlaridan ayrilishidan qo’rqib mo’ng’ullar xizmatiga o’tadi. Mo’ng’ullar mamlakatni boshqarishda Mahmud Yalavochga o’xshash mahalliy savdogarlardan yaxshi foydalangan. Uning qarorgohi Xo’jand shahri bo’lib, Movarounnahr noibi va soliqlarni o’z vaqtida yig’ishtirib olish bilan shug’ullangan. Mahalliy aholi mo’ng’ullarga «kalon» - yer solig’i hosilning 1/10 qismi hajmida, «qopchun» - chorva solig’i – har 100 chorvadan bar boshdan, «zakot» solig’i, «shulen» deb ataladigan oziq-ovqat soliqlari to’langan. Bunday soliq turlarining ko’pligi mahalliy aholi boshiga ko’p kulfatlar keltirgan. Aholining bunday azoblari natijasida Buxoroda 1238 yil yirik qo’zg’olon ko’tariladi. Unga asli kasbi elakchi bo’lgan Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi. Unga yaqindan yordam bergan kishi Shamsiddin Maxbubiy edi. Mahmud shahardagi mo’ng’ullarning tarafdorlari bo’lgan sadrlar, feodallar, badavlat kishilarni saroyga to’plab uzini hukumdor deb e’lon qiladi

Movarounnahrdagi bu o’zgarishlarni XIV asrning 30-yillarida bu yerga kelgan arab sayyohi Ibn Batuta ham yozib qoldirgan. U Samarqand, Termiz, Xuroson, Balx kabi shaharlar to’g’risida ko’p ma’lumot bergan. Chig’atoy ulusi Kebekxon (1318-1326) davrida nihoyatda rivojlangan. U Nasaf shahri yonida o’ziga bir saroy qurdirib mo’ng’ul tilida Qarshi deb atagan. U mamlakatda ijtimoyi hayotni yo’lga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti o’tkazgan. Unga ko’ra davlat viloyatlarga bo’linib, mo’ng’ulcha tuman deb atalgan, lekin uning bu islohoti Movarounnahrdagi qadimiy an’analarga barham bera olmagan, feodal davlatni mustahkamlashda ijobiy rol o’ynagan. Uning davrida ikki xil pul: dinor – kumush tanga, dirham – mayda kumush tanga zarb etilgan. Bu pullar Temuriylar davrida ham aholi o’rtasida muomilada bo’lgan. XIV asrning 40-yillarida Mo’ng’ullar o’rtasida taxt talashlar, ichki nizolar, boylikka xirs qo’yish natijasida Chig’atoy ulusi 2 ga bo’linib ketadi. Uning sharqiy qismida – Sharqiy Turkiston va Yettisuv mo’ng’ullarning Dug’lat amirligi, g’arbiy qismida esa Mavorounnahr amirligi tashkil topadi. «Xorazm sharqiy qismi ham g’arbiy ulusga qaragan»1[8].

1348 yilda boshlab Movarounnahr – ya’ni Chig’atoy ulusi yerlariga hukumronlik qilish Mo’ng’ullardan bo’lgan Tug’lug’ Temurga, 1363 yilda uning vafotidan so’ng esa o’g’li Ilyosxo’ja qo’liga o’tadi. Demak Movarounnahr mo’ng’ullarning hukumronligi bir yarim asr davom etgan. Ma’ruzaning yakunida Chingizxon boshliq mo’ng’ullarning Mavorounnahrga bosqinchilik siyosati va uning oqibatlarini gapirish bilan bir qatorda ba’zi ijobiy tomonlarni aytib o’tish ham zarur. Lekin ularni bosqinchi ekanligini esdan chiqarmaslik zarur. Keyingi Chig’atoy xonlari davrida Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklandi, Andijon, Qarshi, Olitin O’rdada Saroy Botu va Saroy Berke, Eronda Sulaymoniya kabi yangi shaharlar barpo etildi. Ularni qurishda mahalliy aholining hissasini yoddan chiqarmaslik zarur. Mo’ng’ul xonlari Movarounnahrga kelib fan va madaniyatdan bahramand bo’ldi. Ular xat savodni shu yerdan o’rgandi. Chunki tashkil topayotgan davlatni boshqarish uchun savodli kishilar zarur edi. Shu yerda ma’ruzachi Movarounnahrni yana bir karra madaniyat markazi ekanligini «Nur Sharqdan chiqishini» ta’kidlab o’tishi lozim bo’ladi.

Bu davrda Movarounnahrda ko’plab maqbaralar, me’moriy ansambillar «ma’suriya va Xoniya» kabi madrasalar barpo etildi. bu davrda fors – tojik poeziyasining yirik namoyondalari Jaloliddin Rumiy, Sa’di-Sheroziy, Amir Xisrav Dehlaviy kabi buyuk siymolar yashab ijod etganlar.

Shunday qilib XIII-XIV asrning I-yarmi vatanimiz tarixida eng og’ir davr bo’ldi. Chunki Mo’ng’ullar istilosi va zulmi o’lkamiz halqlari hayotida og’ir iz qoldirdi. Mamlakatimiz hayoti taraqqiyotini bir necha un va yuz yillab orqaga surib yubordi, ammo uni to’xtatib qololmadi. Ozodlik, xurlik va mustaqillikga tashna bo’lgan avlodlarimiz mo’ng’ullar zulmiga qarshi kurashdilar, va nihoyat mo’ng’ul bosqinchilarini mamlakatimiz tuprog’idan uloqtirib tashladilar. Bu ozodlik kurashi ulug’ bobomiz Amir Temur faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir




Download 42,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish