O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi



Download 42,53 Kb.
bet5/8
Sana03.08.2021
Hajmi42,53 Kb.
#137337
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курбанова Рашида малака иши

2.1. Eron va Kavkazdagi g’alabalar

1227 yil Rey yaqinida Jaloliddin mo‘g‘ullar qo‘shinini tor-mor etadi. Shu yilning o‘zida Isfaxon aholisi tomonidan yordamga chaqirilgan xorazmshoh Isfaxon shahri yaqinida mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonadi. Jaloliddin bir varakayiga ikki jangovar harakatni tutadi: G‘arbiy Eronda mo‘g‘ullarga qarshi hamda Kavkaz ortida arman va gruzinlarga qarshi. Ammo 1228 yil kilik-arman podshosi Getum I va misrlik sulton Ashraf bilan birlashgan rum sultoni Alouddin xorazmshohga qarshi jang boshlaydi. Xorazmshoh qo‘shini ushbu hujumga bardosh bera olmay, mag‘lubiyatga uchraydi.

Jaloliddin qipchoq xonlariga mo‘g‘ul istilochilariga qarshi birlashish taklifi bilan maktub yo‘llaydi va 1220 yil Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji tomonidan qo‘lga olingan va bir nafar farzandi bor singlisidan javob xatini oladi. Maktabda u Jaloliddinni mo‘g‘ullar bilan ittifoqdosh bo‘lishga ko‘ndiradi va unga Amudaryo yaqinidagi yerlarni taklif qiladi. Ammo mazkur xatga Jaloliddin javob yozmaydi.

Jaloliddin dushmanlariga qarshi dovyurak qarshiliklar ko‘rsatadi. 1230 yil Iroqdagi Xilot qal’asi zabt etilgach, xorazmshoh Mesopotamiya va Kichik Osiyo hukmdorlarining ittifoqi natijasidagi hujumda mag‘lubiyatga uchraydi. Jaloliddin qo‘shiniga yakuni zarbani Charmag‘on boshchiligidagi mo‘g‘ullarning Ugedey lashkari yetkazadi. Jaloliddin jangda og‘ir jarohatlanadi, so‘ngra u Qurdiston tog‘lariga yashirinishga harakat qiladi u o‘sha yerda o‘ldiriladi. Jaloliddin siymosi afsonaga aylanadi, unga yozuvchi Vasiliy Yanning “Mardlik qanotlarida” ertak-qissasi va boshqa asarlar bag‘ishlangan.

Jaloliddin Manguberdi “milliy qahramon”lardan biri. 1999 yili mamlakatimizda Jaloliddin tavalludining 800 yilligi keng nishonlangan. O‘zbeksitonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatilgan, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial majmua qurilgan.

1999 yil Jaloliddinning 800-yillik yubileyiga bag‘ishlangan 25 so’mlik yubiley tangalar muomalaga kiritilgan.

2000 yilning 30 avgust kuni “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar. 2003 yilning 22 avgust kuni ushbu orden bilan Xorazm viloyati mukofotlangan.

Jaloliddin, shuningdek, Turkmanistonda ham hurmat qozongan bo‘lib, uning mo‘g‘ullarga qarshi jasorati bugungi kunda ham tarannum etiladi.

Markaziy Osiyo va O’rta sharq mamlakatlarining XII-XIII asrlardagi tarixiy davrni yoritishda ilmiy manba xizmatini o’taydigan talaygina tarixiy asarlarning mavjudligi tadqiqotchilarga allaqachon ma’lum. Ulardan biri Mirzo Ulug’bek qalamiga mansub, 1425 yilda yozilgan «Tarix-i Arba’ Ulus» (To’rt ulus tarixi) asaridir. Asarda Markaziy Osiyo xalqlarining XII-XIII asrlardagi tarixi hamda Mug’ullar imperiyasining to’liq tarixi yoritilgan. Ushbu mavzuga oid yana bir muhim manba oliy nasab va toju taxt sohibi, yirik olim Abulqozixonning «Shajarayi turk» asaridir. Bu asar 1663-1664 yillarda yozilgan bo’lib, kirish va 9 bobdan iborat. Asarda Odam Atodan to turklarni qadimgi xonlaridan Mo’g’ul xongacha kechgan xodisalar zikri, Mo’g’ul xondan-Chingizxongacha bo’lgan tarix, Chingizxonning tug’ilganidan to vafotigacha tarixi va uning o’g’illri podsholik qilgan davr hamda Shayboniylar tarixi keng yoritilgan. Ulardan tashqari bu mavzuga oid yana bir muhim manba Herman Vamberining «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» asaridir. Asarning «Mug’ullar istilosi. Xijriyning 615-624 yillari (1218-1226) bo’limida Chingizxonning Movarounnahrga qilgan istilochilik harakatlari bayon etilgan. Akademik B.V. Bartoldning «Turkistan v epoxu mongalskogo nashestviya» (Soch, tom I, Moskva; Nauka, 1963), V.G.Yanning «Chingizxan» (Nukus, 1981), «Batыy» (Nukus, 1982) va M.Ivaninning «Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur» (Toshkent; fan, 1994 yil) asarlari bu mavzuni o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.


Download 42,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish