qarashlarni o‘rganib chiqqanimizda shu narsa ma`lum bo‘ldiki, bir tarkibli
gaplarning ushbu turi nutq jarayonida eng faol qo‘llaniladigan sodda gap turlaridan
biridir. Uni o‘zbek tili funktsional uslublarining barchasida uchratishimiz mumkin,
ammo asosan so‘zlashuv, badiiy-publitsistik uslublarda faolligi bilan ajralib turadi.
36
Bu esa uning o‘ziga xos bo‘lgan ifoda imkoniyatlari, qulay va afzal tomonlari,
nutqiy muloqot jarayonda anglatishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma`no
ottenkalari bilan bog‘liq.
Bir tarkibli gaplarni ikki tarkibli gaplardan farqlash tamoyili shaxsi aniq
gaplarga nisbatan ham amal qiladi. egasiz gaplar, egasiz gaplarning egasi
topiladigan gaplar guruhiga kiradigan shaxsi aniq gaplarning farqlanishida ham
gaplarning struktural asosi o‘lchov vazifasini o‘taydi. Gaplarning bu tipida ham,
boshqa egasiz gaplardagi singari gapning egasi ifodalanmaydi. Predikativlik
vazifasini gapning kesim tarkibi o‘z zimmasiga oladi. Ilmiy til bilan aytganda,
gapning bosh bo‘lagi faqat kesimdan iborat bo‘ladi.
SHaxsi aniq gaplar bosh bo‘lagining ifodalanish yo‘llarini I.Rasulov
o‘zining «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar» asarida quyidagicha
tarzda ko‘rsatib o‘tgan edi: 1.Aniqlik mayli shaklidagi fe`llar bilan: aniq o‘tgan
zamon shakli (1- va 2-shaxs birlik, 1-, 2- va 3-shaxs ko‘plik); o‘tgan zamon hikoya
fe`li shakllari (1-shaxs birlik, 1-, 2- va 3-shaxs ko‘plik); uzoq o‘tgan zamon
shakllari, o‘tgan zamon davom fe`li shakli; hozirgi zamon shakllari; hozirgi-kelasi
zamon fe`l shakllari (1-, 2- va 3- shaxs birlik, 1-, 2- va 3-shaxs ko‘plik); kelasi
zamon fe`l shakllari (maqsad, gumon); 2.Buyruq-istak mayl shakllari bilan (1-, 2-
shaxs birlik va ko‘plik); 3.SHart-istak mayli shakllari (1-, 2-shaxs birlik va ko‘plik,
3-shaxs ko‘plik); 4. Fe`l bo‘lmagan so‘zlarning kesimlik qo‘shimchasini olib
kesim bo‘lib kelishi bilan. Masalan, kesimni ifodalaydigan birlik sifatida fe`lning
o‘tgan zamon shakli (boribman, kelibman, debman), 1-shaxs ko‘plik yoki birlik
shakli (faqat ro‘zg‘orni debmiz, bir yoqqa chiqishni ham bilmabmiz - faqat
ro‘zg‘orni debman, bir yoqqa chiqishni ham bilmabman), 2-shaxs ko‘plik shakli
(O‘zbekning palovini emabsiz, bu dunyoga kelmabsiz) va boshqa bir qator fe`l
shakllari qo‘llaniladi.
SHaxsi aniq gaplarning bu ko‘rinishlari gapning nafaqat muayyan bir
shakllari sifatida namoyon bo‘ladi, ayni paytda, ifoda usullariga ko‘ra ma`lum
stilistik ottenkalarini ham namoyon etadi.
37
Mana
shuning
uchun
ham
tilshunoslikda
ularning
grammatik
xususiyatlariniga emas, balki stilistik jihatlarini ham o‘rganish bir tarkibli gaplar
haqidagi tasavvurimizni kengaytirishga xizmat qiladi.
Buning muayyan sabalari bor, albatta. Nutqda biron bir til elementi bekorga
qo‘llanilmagani kabi, uning katta birligi sanaladigan biron bir gap ham ma`lum
ko‘rinishda shakllantirilmaydi. Bu mulohazalar bevosita sodda gaplarning bir
tarkibli va ikki tarkibli ko‘rinishlariga ham tegishlidir.
Boshqacha aytganda, sodda gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra bir, ammo
shaklan bir-biridan farq qiladigan ko‘rinishlari nutqda bekordan bekorda ikki xil
tarzda namoyon bo‘lmaydi. Sodda gaplarning bu turlarini stilistik aspektda tahlil
qilish ulardagi ifoda farqlari nimalardan iborat ekanligini aniqlashimizga yordam
beradi.
Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, shaxsning aniqligi sodda gapning har ikki
turi – bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ham tegishli. Masalan, Sen nimalar
Do'stlaringiz bilan baham: