so‘rasak! Gapning oxiridagi o‘zlaridan so‘rasak jumlasi tarkibida egani qo‘llab
bo‘lmasligi undagi ifoda ottenkasining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Jumladan,
33
SHayx akaning salom bergan kishidan yoshi kattaligi yoki mavqei balandligi
bilinib turadi. O‘zidan kichikka yoki past mavqedagi odamga qarata aytilgan bu
gapdan mensimaslik, o‘zini undan baland olish mazmuni angalishiladi. eganing
grammatik jihatdan ifodalanishi esa bu stilistik ottenkalarni yo‘qqa chiqaradi. Ana
shuning uchun ham bu o‘rinda eganing qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas.
Buning sababini I.Rasulov «YUqorida keltirilgan gaplarning barchasida — ega —
harakatni bajaruvchi shaxs tushunchasi — logik sub`ektga mos kelgan», deb
izohlaydi.
Ilmiy adabiyotlarda shaxsi noaniqlik bir tarkibli gaplarga ham, ikki tarkibli
gaplarga ham tegishli bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Masalan, I.Rasulov shu fikrni
aytib, Kimdir keldi gapini keltiradi. Darhaqiqat, bu gapda harakatning bajaruvchisi
noma`lum. Uning ikki tarkibli ekanligi, so‘zlarning birinchisi ega, ikkinchisi kesim
ekanligi ham rost. Gapning grammatik egasi mavjud. Lekin bu erda grammatika
qoidalari bilan mantiq qoidalari bir-biriga aralashtirib yuborilayotgani tufayli
chalkashlik sodir bo‘lmoqda. Biz gaplarni bir tarkibli va ikki tarkibli guruhlarga
ajratishda gapning strukturasini inobatga oldikmi, unga mantiqiy tamoyillarni
aralashtirishimiz kerak emas. YUqoridagi kimdir keldi tipidagi gaplardan stilistik
ma`no axtarish ham to‘g‘ri emas.
Tilimizdagi ayrim so‘zlar, masalan birov ham kimdir kabi ish-harakatni
bajaruvchi shaxsga nisbatan gumon, noaniqlik ma`nolarining ifodalanishiga xizmat
qiladi. Kimdir keldi deyilgani kabi birov keldi deyish ham mumkin. Birinchi
gapdagi gumon, ikkinchi gapda esa noaniqlik ottenkasi bo‘rtib turadi. Ammo
ikkinchi gapdan ham stilistika ma`no axtarib bo‘lmaydi. Agar axtariladigan bo‘lsa,
gaplarning tarkibidan emas, balki kimdir-birov elementlari sinonimiyasidan
axtarish kerak.
Endi mana bu gapga e`tiborimizni qaratamiz: Birov senga gapirayapti, ey
odam! deyilganda birov so‘zida noaniqlik ottenkasi yo‘q. U men o‘rnida qo‘llanilib
(Men senga gapirayapman), to‘liq ma`noda stilistik vazifani ado etayapti. SHuning
uchun bu gapni shaxsi noaniq gap deb aytish to‘g‘ri emas. Birov so‘zining ishtiroki
gapni shaxsi noaniq deyishga asos bo‘lolmaydi. SHuning «Urgut sadosi»
34
gazetasidan olingan mana bu: Birovdan o‘tganini birov bilmaydi. Qarz olib
va`dasini ustidan chiqmaydigan, birovning jonini molini omonatga olib unga
xiyonat qilib, odamfurushlik bilan shug‘ullanadigan kimsalar paydo bo‘layapti.
SHu ma`noda ham janob payg‘ambarimiz «Sizlardan birortangiz haqiqiy mo‘min
bo‘lolmaydi, toki o‘ziga ravo ko‘rgan narsani birovlarga ravo ko‘rmaguncha»,-
deya marhamat qilganlar gaplari ham birov shaxsi noaniqlikni ifodalashga xizmat
qilayotgan emas.
CHoy ichildi, ovqat eyildi gaplari esa shaxsi noaniq gap, ammo ular bir
tarkibli. Aslida bu erda gap CHoy odamlar tomonidan ichildi, ovqat odamlar
tomonidan eyildi tarzida tuzilishi kerak edi. Ammo o‘zbek tilida hech kim bunday
deb gapirmaydi. Bu nutqiy madaniyat me`yorining buzilishi sifatida qaraladi. Bu
erda nutqiy madaniyat talab qiladigan fikrni ixcham ifoda etish zarurati gapning
qisqaruviga sabab bo‘lgan. CHoy odamlar tomonidan ichildi – choy ichildi ga,
ovqat odamlar tomonidan eyildi esa ovqat eyildi ga aylangan.
I.Rasulov harakatni bajaruvchi shaxsning noaniq bo‘lishi sodda gaplarning
har ikki turi – bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ham taalluqli ekanligi hamda gap
mazmunidagi shaxs noaniqligi egasiz gaplar tasnifiga o‘lchov bo‘lolmasligini
aytadi.
SHaxsning aniq-noaniq hamda umumlashgan bo‘lishi faqat bir sostavli
gaplar uchun xarakterli bo‘lmay, ikki sostavli gaplar uchun ham xarakterli
ekanligi, bajaruvchi shaxs-sub`ektning logik kategoriya ekanligi hisobga olinsa, bir
sostavli gaplarning struktura asosi ega yoki kesim ekanligi tan olinsa, struktura
asosi kesim bo‘lgan bir sostavli gaplarda kesimlik tabiati, ya`ni unda egani topish
mumkin yoki mumkin emasligi bu tip gaplarning xarakterli belgisi deb qayd
qilinsa, umuman, shaxs termini o‘rnida ega terminini qo‘llash o‘zbek tili sintaktik
qurilishining tabiatiga xos keladi deb hisoblanadi.
Bir sostavli gaplarning klassifikatsiyasi uchun asos bo‘lgan aniqlik,
noaniqlik, shaxs umumiyligi kabi belgilar ikki sostavli gaplar uchun ham, bir
sostavli gaplar uchun ham umumiy ekanligi, shaxs terminining ko‘p ma`noda
qo‘llanayotganligi, sub`ekt bilan ega tushunchasining teng emasligi, turkiy tillar
35
uchun, jumladan o‘zbek tili uchun rus tilidagidek shaxssiz fe`l, shaxssiz gap xos
emasligi hisobga olinsa, o‘zbek tilida shaxs tasavvuri bu tip gaplar uchun asosiy
belgi bo‘lmay, qo‘shimcha belgilardan bo‘lib qoladi.
33
(98)
Masalan, shaxssiz deb nomlanayotgan gaplarda ifoda qilingan harakatning
bajaruvchisi haqida gap borganda, umuman, inson ko‘zda tutiladi. Nominativ
gaplarda esa predmet yoki belgining mavjudligi qayd qilinadi. Predmet
mavjudligining
mana
shu
maksimal
umumlashgan
xarakteri
ikkinchi
komponentining ifodalanmasligi uchun sharoit tug‘diradi. Bunda ifoda qilingan
fikr komponentlarining aniq ajralmaganligi bir tarkibli gaplarning boshqa tiplariga
qaraganda kuchli bo‘ladi.
O‘zida ifoda qilingan fikrning xarakteri bilan shaxsi aniq, shaxsi noaniq,
shaxsi umumlashgan deb ataluvchi gaplar ikki tarkibli gaplarning boshqa tiplariga
qaraganda yaqinroq turadi. Bularda hukm predmetining ifodalanmay qolishi ularda
ifoda qilingan fikrning o‘ziga xos tomonini tashkil qiladi.
«Bir sostavli gaplar nutqda qo‘llanish jihatidan ham o‘ziga xos belgilarga
ega. Bu ko‘proq bir sostavli gaplarning shaxsi aniq tipining kesimi buyruq
maylining ikkinchi shaxs formasi bilan ifodalangan turi uchun aloqadordir. Bunda
ega qonuniy qo‘llanmaydi. SHaxsi aniq gaplarning bu tipida sub`ekt konkret
situatsiya bilan bog‘liq holda doimo mavjud bo‘ladi. Buni, ayniqsa, undalmali
gaplarda tez payqash mumkin. Nominativ gaplarning bir sostavliligi ham
kontekstga xos maxsus sharoit bilan bog‘liq».
34
Do'stlaringiz bilan baham: |