Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi


-80-yillarda Oʻzbekistonda madaniy hayot,mafkuraviy cheklanishlar



Download 201,5 Kb.
bet7/8
Sana04.10.2020
Hajmi201,5 Kb.
#49647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ASHUROV RAMAZON 303-GURUH KURS ISHI O'ZB TARIXI

2.2 50-80-yillarda Oʻzbekistonda madaniy hayot,mafkuraviy cheklanishlar



50-80 yillarda Oʻzbekistonda madaniy xayot. Mafkuraviy cheklashlar.


70 yildan ziyod davom etgan mustabid sovet tuzumi va Kommunistik partiya yakka hukmronligi davrida oʻzbek xalqining milliy urf-odatlar va anʼanalarga qattiq zarba berildi. KPSS mafkuraviy siyosatining SSSR xalqlari maʼnaviyatiga salbiy taʼsiri natijasida jamiyatda madaniy-ahloqiy muhit zaiflashdi, maʼnaviy qashshoqlik sovet jamiyatini inqirozga yetaklovchi kuchga aylandi. Bu holat oxir-oqibatda milliy tillarning jamiyat hayotidagi mavqeini pasayishiga, uzoq yillar davomida shakllanib kelgan qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalarni “oʻtmishning zararli sarqiti” sifatida taʼriflashga, maʼnaviyatning uzviy qismi boʻlgan dinni “xurofot va bidʼat” deb talqin qilinishiga va shu asosda millatlarni qaramlik holatida saqlab turishga asos boʻldi. Bu oʻz navbatida “yagona madaniyat” barpo etishga qaratalgan davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan edi.

Tabiiyki, SSSRda istiqomat qilgan turli xalq va elatlarning madaniyati shakli jihatidan har hil edi. Shubhasiz, har bir xalqning zabardast madaniyat arboblari - atoqli olimlari, yozuvchilari, rassomlari, bastakorlari kabi oʻziga xos jihatlari koʻpdir. Ular oʻz navbatida jahon fani va madaniyatiga munosib hissa koʻshib kelganlar. Garchi, bu yutuqlarning aksariyati sotsialistik ruh berib turuvchi baynalmilal madaniyat boʻlsa-da, uning koʻp jihatlari yuqori saviyaga mutlaq javob berar edi.

Taʼkidlash joizki, sovet turmush tarzining ajralmas qismi boʻlgan sovet qonunlari oʻz andozasiga mos anʼana va urf-odatlarni faol targib etishi oqibatida umumsovet marosimlari va bayramlari anʼana tusiga aylana bora boshladi. Oʻzbekiston aholisining 60 foizdai koʻpi asosan qishloq joylarida istiqomat qilganligi bois, qishloq aholisi uchun oʻylab topilgan mafkuraviy xarakterga ega bayramlar tashkil etildi. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956 yilgi qaroriga binoan paxta terimini boshlashdan avval, yaʼni, avgust oyining ohirgi yakshanba kunlari “Qurultoy”, “Urugqadash marosimi”, “Yoshlarni paxtakorlar safiga tantanali qabul qilish”, “Birinchi gul bayrami”, “Ilk maosh”, “Qizil karvon” (“Birinchi oq oltin karvoni”), “Paxta bayrami” (“Hosil bayrami”) nishonlandi.

Qishloqlarga “Komsomolcha toʻylar” kirib keldi. Yangicha toʻylar deb talqin qilingan toʻy marosimlari ham mahallalarda tuzilgan toʻy komissiyalari ishtirokida oʻtkazilardi. Bunday komissiyalar respublikaning bir qancha viloyatlarida tuzildi. Mazkur komissiyalar tomonidan urf-odatga aylanib ketgan “Eshik ochdi”, “Tugun qaytardi”, “Xordiq”, “Idish qaytdi”, “Fotixa toʻyi”, “Hormang” marosimlari, “Toʻy berdi”, “Kuyov chaqirdi”, “Maʼzar yedi”, “Ota koʻrdi” kabi rasm-rusumlarga barham berish chora -tadbirlar koʻrildi.

Masalan, Namangan viloyatining shahar va qishloqlarida ham yangicha toʻylarni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar tashkil etilgan boʻlib, bu komissiyalarning kengashi va seminarlari klublarda, “Baxt uylarida” muntazam oʻtkazib turilardi. Ularda “Toʻy oʻtkazish tartibi”, “Toʻy dasturxoni”, “Mehmon kutish”, “Toʻy mablagʻi”, “Toʻylarimiz-uylarimiz” kabi mavzularda maʼruzalar va suhbatlar oʻtkazilardi. Shu hol aholi orasida “komsomolcha” toʻylarni koʻpayib borishiga ham sabab boʻlayottan edi.

1970 yilda Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi MK qoshida mehnatkashlar turmushiga yangi urf-odat va marosimlarni tashviqot qilish soveti tashkil etildi. Sovet yangicha urf-odatlarni joriy qilish boʻyicha partiya, sovet, kasaba uyushmasi komsomol tashkilotlari respublikada olib borgan ishlarni nazorat qildi. Shuningdek, respublikadagi barcha ilmiy va ijodiy kuchlarni yangi urf-odatlarni ishlab chiqarishga, bayram dasturlarini, urf-odat, qoʻshiq va raqslarni yaratishga safarbar etish ham mazkur sovet vazifasiga kirgan. Odamlar turmush tarzi va ongida oʻzgarishlar olib kelishi lozim boʻlgan bayramlarning xarakterini oʻzgartirilishi umumiy qonuniyat

darajasiga koʻtarila boshladi va bunday sunʼiy bayramlar koʻpaydi. Masalan, umumxalq bayramlar: Oktyabr davlat toʻntarishi va 1 may Mehnatkashlar birdamligi kuni, SSSR Konstitutsiyasi kuni, V.I.Lenin tugʻilgan kuni, Sovet Armiyasi va Harbiy dengiz floti kuni, Gʻalaba kuni mafkuraviy xarakterga ega boʻlsa, “Kasb bayramlari”, “Ilk maosh”, “Tantanali pensiyaga kuzatish”, “Oʻroq va Bolga” kabi tantanalar oʻylab chiqarilgan bayramlar safidan oʻrin olgan edi. Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, jahon miqyosiga nishonlanadigan Yangi yil, koʻpchilik davlatlarda xaqli ravishda tan olingan 9 may - Gʻalaba bayrami hamda Xotin-qizlar xalqaro kuni 8 mart ham xamisha umuminsoniy xarakterga molik boʻlgan bayramlar sifatida nishonlanib kelindi.

1Oʻzbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. Oʻzbekistan sovet mustamlakachiligi davrida. - T: “Sharq”, 2000. - B. 533. 2Baxirev A. Oʻzbekistonning industrial taraqqiyoti // Oʻzbekiston kommunista. - Toshkent. 1973. - №8. - B. 59

Bir necha ming yillik tarixga ega boʻlgan, uzoq yillar davomida nishonlab kelingan “Navroʻz” bayrami ham aynan mana shu yillarda taʼqibga uchradi. Tarixdan maʼlumki, “Navroʻz” bayrami dehqonlar uchun yangi mehnat yili boshlanganini bildirar, bu bayram anʼanaga muvofiq bahorda kun va tun tenglashganida nishonlanar edi. “Navroʻz” bayrami asrlar davomida kishilarda ona yerga, tabiatga muhabbat tuygʻusini uygʻotgan, kishilarni bir -biriga nisbatan mehr-muruvvatli va oqibatli boʻlishiga chorlagan. Biroq, XX asrning 80-yillarning oʻrtalarida “Navroʻz” bayramini Oʻzbekistonda umumxalq bayrami sifatida nishonlash masalasida paydo boʻlgan toʻsiqlar qattiq tortishuvlarga ham sabab boʻldi. “Navroʻz” bayramiga qarshi harakatlar ham milliy madaniyatlarni qoralash va cheklashga qaratilgan tadbirlarning biri edi. Oʻzbekiston SSR Kompartiya 16-plenumi (1984)dan soʻng yuzaga kelgan vaziyat I.Usmonxoʻjayev va R.Abdullayevaning saʼyi-harakatlari natijasida 1986 yilga kelib “Noʻvruz” bayrami bekor etildi. Islom diniga aloqasi boʻlmagan bayramga “diniy” degan tamgʻa bosildi.

Dastlab bu bayram, aprel oyining oʻrtalaridan sunʼiy oʻylab topilgan “Navbahor” nomli bayram bilan almashtirildi. Biroq, bunday bayramlarning taʼqiqlab qoʻyilishi xalq noroziligiga sabab boʻla boshlaganligi uchun milliy anʼanalar, marosimlar va bayramlarni qayta tiklash jiddiy masalaga aylandi. “Navbahor” deb atalgan yangi bayram moddiy zaminga ega boʻlmaganligi sababli uzoq yashay olmadi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, “Navroʻz” bayramini taʼqiqlash haqida respublikada aniq, bir qaror qabul qilinmasada, lekin respublika rahbariyati turli yigʻinlarda bu bayram va uning “zararli” tomonlari haqida maʼruza qilib, yangi madaniyatni shakllantirishda asosiy toʻsiq deb taʼriflab keldilar.

XX asrning 80-yillari shuningdek, Oʻzbekistonda dinga va diniy qadriyatlarga qarshi yangi harakatlar boʻlganligi bilan ham xarakterlanadi. Bu yillarda mamlakatda diniy idoralarni qattiq nazorat ostiga olish, ularning sonini kamaytirish va faoliyatini doimo nazorat ostida olib turish kuchaydi.

Oʻtmish va maʼnaviyatga boʻlgan salbiy munosabat mustabid sovet tuzumining dinga boʻlgan munosabatida yaqqol oʻz aksini topdi. Bu holni jumladan, ikkinchi jahon urushidan keyin Oʻzbekiston misolida ham koʻrish mumkin. Ikkinchi jahon urushi davrida strategik maqsadlarga koʻra dinga vaqtinchalik “yon berish” siyosati, urush tugagandan keyin tez orada kommunistik mafkura asosdagi davlatning u bilan “hamjihat” boʻlishi maqsadaga muvofiq emasligi yana bir karra namoyon boʻldi.

1944 yil 20 maydagi SSSR XKSning 919 - qarorining ijrosi sifatida tashkil etilgan Oʻzkompartiya huzuridagi diniy ishlar kengashi vakilligi respublikadagi barcha diniy muassasa va tashkilotlar faoliyati ustidan nazorat oʻrnatgan edi. SSSR XKSning 1944 yil 19 noyabrdagi ʼDindorlarning ibodatxonalarini ochish tartibi toʻgʻrisida“gi qarorida ”Diniy ishlar boʻyicha kengash vakili roʻyxatga olgan ibodatxona ochilgan debhisoblanadi“, deya taʼkidlangan. Kengash ruxsatisiz ishlanayotgan yoki mahfiy boʻlgan masjidlar noqonuniy deb topilgan va yopilgan.

1950-yillardan boshlab sovet hukumatining dinga nisbatan munosabatida yanada keskinlik yuzaga keldi. 1950 yildan Moskvada partiya topshirigʻi bilan D.Bonch-Bruyevich muharrirligi ostida ”Din tarixi va ateizm masalalari“ davriy nashri chop etila boshlandi. Keyinchalik ushbu nashrning 12 jildlik toʻplami ham chop etildi. Joylarda dinning ”zararli“ tomonlarini turli jihatdan tadqiq etish, unga qarshi targʻibot - tashviqot ishlari har tomonlama avj oldirila boshlandi. Sovet davlati va kommunistik partiya oʻz mafkuraviy qarashlarini mustahkamlashda dinga qarshi ateistik targʻibot va tashviqotni muhim omil deb hisoblardi. Shu bois ham KPSS MKning 1954 yil 7 nyulda qabul qilgan ”Ilmiy ateistik targʻibot sohasidagi katta kamchiliklar va ularni yaxshilash chora -tadbirlari“ va 1954 yil 10 noyabrda qabul qilingan ”Aholi oʻrtasida ilmiy ateistik targʻibot olib borishdagi xatoliklar toʻgʻrisida“gi qaror va sovet davlatining dinga nisbatan munoabati oʻzgarmasligini koʻrsatib, amalda unga qarshi yangi kurash pallasi boshlanganini namoyon etdi.

Ushbu qarorlarda ateistik targibotpi kuchaytirish, uning amaliy vositalaridan foydalanish, ”Nauka i religiya“ jurnalini nashr etish, dinga qarshi ateistik adabiyotlar turkumini chop qilish, taʼlim muassasalarida oʻqitish jarayonini ateistik mazmun bilan boyitish, komsomol va kasaba uyushmalarini mazkur ishga keng jalb etish va boshqa masalalar keng oʻrin olgan edi. Respublika miqyosida ham shu masalalarni amalga oshirish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirila boshlandi. Tegishli diniy ibodatxona maskanlari ─ masjid, cherkov, sinagoglar ustidan kuchli nazorat oʻrnatildi. Qadamjolar soni kamaytirila boshlandi, ruhsatsiz ochilgan ibodatxona maskanlari tugatildi. Diniy muassasa mablagʻlari oʻrganib chiqila boshlandi. Barcha diniy bayram va marosimlar Oʻrta Osiyo va Qazogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi ruhsati bilangina oʻtkazilishi belgilab quyildi. Bu borada oʻzboshimchalik qatʼiy qoralanib, buning uchun tegishli diniy arboblarga soliq va ularni maʼmuriy jazoga tortish belgilab qoʻyildi.

1 Iymanova D. Oʻzbekisonda sovet tuzumining kadrlar siyosati va uning oqibatlari. – T.: “Yangi asr avlodi” 2013. -B.122-123 2Oʻsha asar, -B.123

KPSS MKning 1960 yil 13 yanvarda qabul qilingan shu asosda Oʻzkompartiya MQ tomonidan 4 fevralda qabul qilingan ”Ruhoniylar tomonidan qonunchilikning buzilishi oldini oling toʻgʻrisidagi” qarori keyingi davr sovet diniy siyosati strategiyasini belgilab berdi. Tez orala “Ilmiy ateizm asoslariʼ” kursi oliy oʻquv yurtlari dasturiga kiritildi.

Oʻsha davrda respublikada 74 ta muqaddas qadamjolar boʻlgan boʻlsa, ularning faoliyati doimo partiya tashkilotlari va maʼmuriy idoralar diqqat eʼtibornda boʻlib keldi. Hayit bayramlari yakinlashishi bilan bu muqaddas qadamjolar tegishli davlat organlari tomonidan nazorat ostiga olinardi. Mahalliy sovetlar qoshidagi komissiyalar ham bu joylardagi vaziyatni muttasil kuzatib turgan. Ular diniy bayramlar yaqinlashib kelishi bilan muqadas joylarga sigʻinishning zararli oqibatlari hususida turli maʼruzalar oʻqiganlar, tashviqot ishlari olib borganlar, bayram yaqinlashgani sari birdan ularni taʼmir uchun yopib qoʻyish hollari sodir boʻlgan. Komissiyalar ishtirokida bu joylarda turli ateistik burchaklar sovet davlati “dohiy”larining hayotini yorituvchn muzeylar ham tashkil etilgan edi.

Masalan, birgina Surxondaryo viloyatining oʻzida tadqiq etilayotgan yillari 647 ta “yosh tarixchi”, “yosh ateistʼ”, “yosh maʼruzachi” toʻgaraklari faoliyat olib bordi. Taʼmirlanib, yon- atrofi obodonlashtirilgan baʼzi yodgorliklarga turli muassasa va idoralar joylashtirildi. Mahalliy aholining madaniyati, maʼnaviyatini yuksaltirishda hizmat qilishi mumkin boʻlgan obidalarning aksariyatiga “eskilik sarqiti” sifatida qaraldi va asosan xoʻjalik ehtiyojlari maqsadlarida foydalanildi.

Mustabid maʼmuriyat siquvi ostida tarixiy obidalarning ahamiyatini pasaytirish, kamsitish uchun ulardan milliy etiqod va ruhiyatga yot boʻlgan markscha-lenincha gʻoyalarni targʻib etishda foydalanish maqsadida choyxona, doʻqon, mehmonxona sifatida ham foydalanildi. Masalan, 1978 yil Xivada oʻzbek kinosi asoschisi X.Devonov yashagan va ijod qilgan uyni muzeyga aylantirish toʻgʻrisida buyruq chiqqan boʻlib, bu buyruq toʻliq bajarilmay, uyning bir qismi xoʻjalik ombori vazifasini oʻtab kelgan. Xivadagi Muhammad Aminxon madrasasi mehmonxonaga aylangirilgan. Olloqulixon karvonsaroyida savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish uchun savdo rastalari ishga tushirilgan.

1979 yilda paxta ekiladigan maydonlarni kengaytirish bahonasi bilan Ishtixon tumanidagi Alpomish tepaning bir qismi, 1980 yilda obodonlashtirish ishlari bahonasi bilan Eski Termiz shaharchasidagi XI-XIII asrlarga oid boʻlgan meʼmoriy yodorliklar buzib tashlandi. Oʻzbekiston SSR Prokuraturasi oʻtkazgan tekshiruvlar ham bu ishlarda jiddiy hatolarga yoʻl qoʻyilganini, koʻplab tarixiy yodgorliklar harob ahvolga tushib qolgani va qarovsizlik oqibatida yoʻq boʻlib ketish arafasida ekanligini koʻrsatgan.

Shu urinda taʼkidlash lozimki, sovet hukumatida til masalasi xukmron partiya dasturlarida oʻz aksini toptan boʻlib, “yagona sovet xalqi” yuzaga kelishi xususida konsepsiya ilgari surilgan edi. Anjumanlarda belgilangan vazifalarga koʻra, rus tilini maktablarda oʻqitishni kuchaytirish, “ʼrus tili - ikkinchi ona tili” degan shiorlarni ilgari surilgandi, “millatlar va elatlarning ulugʻ tarixiy bahti, butun jahon diqqatini oʻziga tortgan rus tili umumiy fikr almashish vositasiga aylangandi“, rus tili “butunittifoq tili” sifatida SSSR xalqlarini birlashtiruvchi kuchga aylantirildi.

XX asrning 50-60-yillardan boshlab oʻzbek tili davlat idoralarida, yigʻilish va majlislarda deyarli muomaladan chiqirildi. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida esa uning roli tushib ketdi. Oʻzbek tilida chop etiladigan darsliklar, oʻzbek va sovet adabiyoti namoyondalari, hatto Navoiy asarlariniig nusʼhasi tobora kamayib bordi. Turli muassasa va korxonalarda koʻpincha yerli aholi aksariyat koʻpchilikni tashkil etgani holda turli doiradagi yigʻilish va majlislar faqat rus tilida oʻtkaziladigan boʻldi. Milliy qadrlarning maʼlum qismi esa, baʼzi sabablarga koʻra, ona tilida yozish va soʻzlashni unutmadilar.

Oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtiborsizlik shu darajaga borib yetgan ediki hatto, Madaniyat instituti va Teatr rassomchilik institutidagi oʻzbek tili kafedralari ham tugatilib, baʼzi oliy oʻquv yurtlaridagi oʻzbek tili kafedralari “Oʻzbek tili kafedrasi” deb atalmasdan “Tillar kafedrasi” deb yuritila boshlandi. Mahalliy ziyolilarni birlashtiruvchi ijod uyushmalarda ham ishni asosan rus tilida olib borishar edi. Oʻzbek tilida kitoblar chop etish mushkul ahvolga tushib koldi.Respublika fanining markazi boʻlgan Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasida ham ilmiy asarlar rus tilida chop etildi. Masalan, Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Tarix institutida tayyorlangan ilmiy asarlarning 80 foizi rus tilida, 16 foizi xorijiy tillarda, atigi 4 foizi oʻzbek tilida nashr etildi.

Bunday mafkuraviy biqiqlik aslida taʼlim muassasalarda boshlangan edi. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, rus terminologayasi mukammal ishlangan, sobiq SSSRda millatlararo fikr olmashish vositasi uchun qulay edi. Lekin yillar davomida “rivojlangan sotsializm” gʻoyasinnng oʻquvchilar ongiga singdirish hisoblangan rus tili va adabiyotiga imkoniyat keng edi. Masalan, oʻzbek tilida taʼlim beradigan maktablarning har bir sinfiga rus tili va adabiyotini oʻrganish uchun 3390 soat ajratgani holda rus tilida oʻqitiladigan maktablar uchun oʻzbek tili va adabiyotni oʻrganishga atigi 560 soat yoki qariyb 6 baravar soat kam vaqt berilgandi.

Albatta, madaniy qurilishning sovet variantidagi salbiy hodisalar oʻzanida namoyon boʻlgan 20-50─ yillarning yutuqlari orasida taʼlim darajasining sezilarli darajada koʻtarilganini, keng tarmoq otgan maktablar, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari tiziminish yaratilishini, mutaxassislarning katta avlodi shakllanganligini taʼkidlash lozim. Masalan, 1959 yildagi aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra, respublikaning 9 yoshdan 49 yoshgacha boʻlgan aholisi orasida savodhonlar 98,1 foizga yetdi.

Taʼlim infratuzilmasining ancha kengayishi mutaxassis kadrlarni tez koʻpayishiga yordam berdi. Respublikada mavjud boʻlgan bir necha oliy oʻquv yurtlari Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligi uchun hizmat qiladigan mutaxassislarni ham yetishtirib berdi.

Masalan, 1988 yilda faqat Toshkent shahrining oʻzida 19 ta oliy oʻquv yurti boʻlgan boʻlsa, unda 162,9 ming nafar talaba tahsil oldi. Lekin ”kommunizmga intilish“da sinfiylik, partiyaviylik ruhidagi tarbiya maktablardagi milliylikni siqib chiqardi, oliy taʼlim tizimida masʼuliyatsiz, tashabbussiz, loqayd, “oʻrtamiyona” mutaxassislar tayyorlash mexanizmi yuzaga keldi.

1Tursunov S. Mustabid tuzumning agrar siyosati. (1946-1965 yy.) - T: Sharq, 2001. - B. 47. 2 Iymanova D. Oʻzbekisonda sovet tuzumining kadrlar siyosati va uning oqibatlari. – T.: “Yangi asr avlodi”

Mavjud oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida har yili oʻrta hisobda yuzmingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. 1984 yilga kelib, Oʻzbekistonda1 million 300 ming nafar oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar boʻlgan holda, 5-6 yil oʻqib oliy maʼlumot olgan kadrlarning anchagina qismi oʻzlari mutaxassis boʻlgan sohalarda ishlamadi. Sirtqi oʻquv tizimida chuqur bilimga intilishdan koʻra diplom olish uchun harakatlar kuchayib ketdi. Masalan, 1982 yil Oʻzbekiston SSR Xalq Nazorat Koʻmitasi va Oʻzbekiston SSR Prokuraturasi oʻtkazgan tekshiruvlardan maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyatidagi 251 hunar-texnika bilim yurtini bitirib chiqqan 117 mutaxassis viloyatning Chiroqchi tumanidagi Moskva sovhozi va Ohunboboyev nomli kolxozlariga yuborilgan. Lekin ularning atigi 6 nafari oʻz sohasi boʻyicha ishlagan, 73 nafari boʻlsa tayinlangan joyiga kelmagan.

Bunday ahvol sanoat shaharlarida ham mavjud boʻlgan. Oʻzbekiston SSR yengil sanoatining oʻzida dastgohlar va mashinalarga hizmat koʻrsatishning tarmoqdagi normalarini oʻzlashtirish shaharlardagi yirik kombinatlarnikiga nisbatan koʻp kuch talab qilgan holda, bu sohada ham master yordamchilari, elektriklar, santexniklar yetishmagan. Kommunistik mafkura oʻz hukmronligini taʼminlab borishida madaniyat ham ayniqsa muhim edi. Hukmron mafkura mahalliy maʼnaviy-madaniy merosning tarbiyaviy ahamiyatini eʼtiborga olmas edi. Davlat tomonidan qabul qilingan qator qaror va rejalar ham vaziyatni tushunmay, real imkoniyatlarni hisobga olmagan holda qabul qilinganligi uchun oʻzbek maʼnaviy madaniyatida amalga oshirilgan ishlar ham oʻziga xos yoʻnalishdan bordi va madaniyat sohalari siyosiylashgan madaniy yoʻlga moslashdi.

Ayni paytda taʼlimda, madaniyatda kommunistik gʻoyalar ustunlik qilib, umumsovet madaniyatining meʼyor va mezonlarini keng targʻib etilgani bilan bu davrda oʻzbek madaniyati rivoji faqat tanazzullar va tushkunliklardan iborat boʻldi deb eʼtirof etish ham haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Madaniyat va sanʼat arboblari ijodidagi oʻzgarishlar jamiyatda yuz berayotgan oʻzgarishlar bilan birgalikda davom etdi. Teatr, rassomchilik qoʻshiqchilik, xususan milliy qoʻshiqchilik, ayniqsa maqom yoʻllarida ijod qilishda koʻplab isteʼdodli xonandalar yetishib chiqdi. Oʻsha yillarda adabiyot maydoniga kirib kelgan iqtidorli ijodkorlar asarlarida nisbatan erkin fikrlovchi, yutuk va kamchiliklarni koʻrsatib berishga intilish kuchaydi. Xususan, A.Muxtorning “Ildizlar”, P.Qodirovning “Olmos kamar”, Oʻ.Umarbekovning ”Boʻribosar“, Sh.Xolmirzayevning “Tabassum”, “Kimsasiz hovli”, M.Muhammad Doʻstiing “Isteʼfo”, T.Murodning “Oydinda yurgan odamlar” kabi asarlarida qisman boʻlsada, davr mafkurasidan xoli boʻlishga, jamiyatdagi baʼzi kamchiliklarni ochib tashlashga, qadriyatlar qirralarini koʻrsatishga harakat qilindi.

1Ziyomov Sh. Kolxoz kadrlarini tayyorlash va tarbiyalash toʻgʻrisida partiyaviy gʻamhoʻrlik // Uzbekistan kommunista. - Toshkent, 1970. - №7.-B. 58. 2 Iymanova D. Oʻzbekisonda sovet tuzumining kadrlar siyosati va uning oqibatlari. – T.: “Yangi asr avlodi” 2013. -B.124-126

H.Gʻulomning “Qoradaryo” romani XX asr 80-yillarining oʻrtadariga kelib jamiyatdagi yuzaga qalqib chiqqan turli salbiy holatlarni Kampirravot darasidagi ulkan suv inshooti qurilishi misolida koʻrsatib berdi. Mazkur asar oʻsha yillarda sovet mafkurasi bilan bogʻlangan, Oʻzbekiston Komnartiyasi XVI plenumidan soʻng yuzaga kelgan vaziyat bilan bogʻliq deb tahlil etilgan boʻlsada, lekin kishilar asta-sekin sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar hayotga yangicha qarash, jamiyatni inson omili degan tushunchalar bilan birinchi navbatda turishi lozimligini anglab kelayotganligidan dalolat berar edi.

Tahlil etilayotgan yillarda E.Eshmuhamedov va kinodramaturg O.Agishevning “Dahoning yoshligi” filmi SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. K.Kamalovaning “Achchiq danak” filmi xalqaro kinofestivalida sovrin bilan tahdirlandi. D.Sadimovning “Leningradliklar jigarbandlarim mening”, A.Qobulovning “Boʻysunmas” R.Botirovning “Leytenant Nekrasovning xatosi”, M.Abzalovning “Suyunchi”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, A. Hamroyevning “Vodillik kelin”, L.Fayziyevning hind kinochilari bilan hamkorlikda suratga olgan “Ali bobo va qirq qaroqchi” va “Sevgi afsonasi” kabi filmlari suratga olindi. Biroq, oshkoralik yillari (1985) ham madaniyatnirivojlantirishdagi bu erkin harakatlarni yanada kengroq olib borish oʻrniga studiyaning rejasini bajarish orqasidan quvish holatlari yuqori edi. Masalan, SSSR Kinematografiya Davlat Komitetining Oʻrta Osiyo boʻyicha muharriri I.Razdorskiy va A.Medvedevlar oʻzbek xalqining boy madaniy turmushini, qolaversa ichki dunyosini tushunmagan holda markaziy studiyalar qabul qilmagan oʻrtamiyona va boʻsh ssenariylarni “Oʻzbekfilm”ga muntazam joʻnatib turdilar. Natijada N.Rojkov, L.Makarov, B.Saakov, L.Galiyev, Ya.Filippov kabi bir qator kinodramaturglarning mahalliy xalq maʼnaviyati va qadriyatlarga yot boʻlgan joʻn ssenariylariga keng oʻrin berildi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o'sha davirdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tang ahvolga tushib qolgan endi O'rta Osiya hududida yani O'zbekistonda mahalliy rahbarlarga buyruqbozlik siyosiy taziq o'tkazilgan va rahbarlarga markaz tomonidan yani Rossiya hukumati Tomonidan berilgan buyruqlar berib borilgan va hududlarda òlkalarda ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy holatni òylamasdan rahbarlardan buyruqlarni ijrosini talab qilganligi tarixiy manbalarda kòrish mumkin misol qilib aytganda "Paxta ishi""O'zbeklar ishi" paxta planini har qanday sharoitda ham tòliq bajarilishini talab qilganligi xalqning qiynalganligi yorqin misolidir. O'zbekiston paxta yetishtirishga moslashtirilgani va boshqa turdagi mahsulotlar boshqa hududlardan olib kelinganligi Rossiya,Belarusiya.Ukraina hududlaridan keltirilgan bundan tashqari bizni yerlarimizdan qazib olingan turli xil madanlar qimmatbaho toshlar oltin,kumush,bronzamis kabi qimmatbaho madanlarni olib ketib qayta ishlashga deb tashib ketilgan mana shunday tashib ketishlar iqtisodimizni pasayib ketishiga tasir kòrsatganligi,zavod-fabrikalar urush yillaridan beri yangilanmaganligi sababli ham ish unumdorligi pasayib ketganligini kuzatish mumkin.Manaviy ma'rifiy tomondan qaraganda ziyoliylar òqimishli insonlar shoirlar,yozuvchilar O'zbekistonni sharaflab yozolmaganligi va faqa Sovet respublikasini maqtab yozishni talab qilganligi kòrish mumkin davlat ishlari hujjatlar rus tilida yuritilganligi fikrimiz dalili hosoblash mumkin.



Qishloqlarga “Komsomolcha toʻylar” kirib keldi. Yangicha toʻylar deb talqin qilingan toʻy marosimlari ham mahallalarda tuzilgan toʻy komissiyalari ishtirokida oʻtkazilardi. Bunday komissiyalar respublikaning bir qancha viloyatlarida tuzildi. Mazkur komissiyalar tomonidan urf-odatga aylanib ketgan “Eshik ochdi”, “Tugun qaytardi”, “Xordiq”, “Idish qaytdi”, “Fotixa toʻyi”, “Hormang” marosimlari, “Toʻy berdi”, “Kuyov chaqirdi”, “Maʼzar yedi”, “Ota koʻrdi” kabi rasm-rusumlarga barham berish chora -tadbirlar koʻrildi.

Masalan, Namangan viloyatining shahar va qishloqlarida ham yangicha toʻylarni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar tashkil etilgan boʻlib, bu komissiyalarning kengashi va seminarlari klublarda, “Baxt uylarida” muntazam oʻtkazib turilardi. Ularda “Toʻy oʻtkazish tartibi”, “Toʻy dasturxoni”, “Mehmon kutish”, “Toʻy mablagʻi”, “Toʻylarimiz-uylarimiz” kabi mavzularda maʼruzalar va suhbatlar oʻtkazilardi. Shu hol aholi orasida “komsomolcha” toʻylarni koʻpayib borishiga ham sabab boʻlayottan edi.

1970 yilda Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi MK qoshida mehnatkashlar turmushiga yangi urf-odat va marosimlarni tashviqot qilish soveti tashkil etildi. Sovet yangicha urf-odatlarni joriy qilish boʻyicha partiya, sovet, kasaba uyushmasi komsomol tashkilotlari respublikada olib borgan ishlarni nazorat qildi. Shuningdek, respublikadagi barcha ilmiy va ijodiy kuchlarni yangi urf-odatlarni ishlab chiqarishga, bayram dasturlarini, urf-odat, qoʻshiq va raqslarni yaratishga safarbar etish ham mazkur sovet vazifasiga kirgan. Odamlar turmush tarzi va ongida oʻzgarishlar olib kelishi lozim boʻlgan bayramlarning xarakterini oʻzgartirilishi umumiy qonuniyat

darajasiga koʻtarila boshladi va bunday sunʼiy bayramlar koʻpaydi. Masalan, umumxalq bayramlar: Oktyabr davlat toʻntarishi va 1 may Mehnatkashlar birdamligi kuni, SSSR Konstitutsiyasi kuni, V.I.Lenin tugʻilgan kuni, Sovet Armiyasi va Harbiy dengiz floti kuni, Gʻalaba kuni mafkuraviy xarakterga ega boʻlsa, “Kasb bayramlari”, “Ilk maosh”, “Tantanali pensiyaga kuzatish”, “Oʻroq va Bolga” kabi tantanalar oʻylab chiqarilgan bayramlar safidan oʻrin olgan edi. Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, jahon miqyosiga nishonlanadigan Yangi yil, koʻpchilik davlatlarda xaqli ravishda tan olingan 9 may - Gʻalaba bayrami hamda Xotin-qizlar xalqaro kuni 8 mart ham xamisha umuminsoniy xarakterga molik boʻlgan bayramlar sifatida nishonlanib kelindi.

Bir necha ming yillik tarixga ega boʻlgan, uzoq yillar davomida nishonlab kelingan “Navroʻz” bayrami ham aynan mana shu yillarda taʼqibga uchradi. Tarixdan maʼlumki, “Navroʻz” bayrami dehqonlar uchun yangi mehnat yili boshlanganini bildirar, bu bayram anʼanaga muvofiq bahorda kun va tun tenglashganida nishonlanar edi. “Navroʻz” bayrami asrlar davomida kishilarda ona yerga, tabiatga muhabbat tuygʻusini uygʻotgan, kishilarni bir -biriga nisbatan mehr-muruvvatli va oqibatli boʻlishiga chorlagan. Biroq, XX asrning 80-yillarning oʻrtalarida “Navroʻz” bayramini Oʻzbekistonda umumxalq bayrami sifatida nishonlash masalasida paydo boʻlgan toʻsiqlar qattiq tortishuvlarga ham sabab boʻldi. “Navroʻz” bayramiga qarshi harakatlar ham milliy madaniyatlarni qoralash va cheklashga qaratilgan tadbirlarning biri edi. Oʻzbekiston SSR Kompartiya 16-plenumi (1984)dan soʻng yuzaga kelgan vaziyat I.Usmonxoʻjayev va R.Abdullayevaning saʼyi-harakatlari natijasida 1986 yilga kelib “Noʻvruz” bayrami bekor etildi. Islom diniga aloqasi boʻlmagan bayramga “diniy” degan tamgʻa bosildi.

Dastlab bu bayram, aprel oyining oʻrtalaridan sunʼiy oʻylab topilgan “Navbahor” nomli bayram bilan almashtirildi. Biroq, bunday bayramlarning taʼqiqlab qoʻyilishi xalq noroziligiga sabab boʻla boshlaganligi uchun milliy anʼanalar, marosimlar va bayramlarni qayta tiklash jiddiy masalaga aylandi. “Navbahor” deb atalgan yangi bayram moddiy zaminga ega boʻlmaganligi sababli uzoq yashay olmadi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, “Navroʻz” bayramini taʼqiqlash haqida respublikada aniq, bir qaror qabul qilinmasada, lekin respublika rahbariyati turli yigʻinlarda bu bayram va uning “zararli” tomonlari haqida maʼruza qilib, yangi madaniyatni shakllantirishda asosiy toʻsiq deb taʼriflab keldilar.


Download 201,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish