Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi


Oʻzbekistonda 1946-1985-yillarda manaviy-madaniy qaramlik va uning oqibatlari



Download 201,5 Kb.
bet5/8
Sana04.10.2020
Hajmi201,5 Kb.
#49647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ASHUROV RAMAZON 303-GURUH KURS ISHI O'ZB TARIXI

1.2 Oʻzbekistonda 1946-1985-yillarda manaviy-madaniy qaramlik va uning oqibatlari


Respublikada 1946-1985 yillardagi maʼnaviy –madaniy qaramlik va uning oqibatlari.

Totalitar tizim sharoitida madaniy-maʼrifiy muassasalardan ommaga gʻoyaviy taʼsir oʻtkazish maqsadida keng foydalanildi. 1960 yillar respublikada 2.977 klub boʻlsa, 1970 yilda ularning soni 3.441 taga yetdi. Shu yillari kutubxonalar soni tegishli ravishda 3.418 tadan 5.822 taga; muzeylar soni 14 tadan 26 taga; kinoqurilmalar soni 2.178 tadan 3.988 taga oshdi. Lekin, bularning koʻpchiligi statistik hisobotlarda oshirib koʻrsatilgan boʻlib, aslida oʻzlarining bevosita vazifalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega boʻlmadi. Ularning moddiy texnika bazasi past darajada boʻlib, moliya bilan yetarli taʼminlanmadi. Bu jihatdan Oʻzbekiston sobiq sovet respublikalari oʻrtasida eng quyi pogʻonada turdi.

1969 yilda Rossiyada aholining 10 ming nafariga 14 klub muassasasi toʻgʻri kelsa, Belorussiyada 11 ta, Oʻzbekistonda esa atigi 4 ta edi. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablagʻ aholini jon boshiga Yestoniyada 21,3 soʻmni, Armanistonda-17,9 RSFSRda-9,7 soʻmni tashkil qilsa, Oʻzbekistonda 4,5 soʻmni tashkil qilardi. Respublika kutubxonalarining kitob fondi 1950-1970 yillarda oʻn barobarga koʻpaygan boʻlsa, lekin ularning koʻpchiligini mafkuraviy targʻibot uchun zarur boʻlgan marksizm-leninizmga oid asarlar tashkil qilar edi. Olingan kitoblarning 8-10 foizgina respublikada nashr etilgan boʻlib, qolganlari chetdan keltirilib, ularning aksariyati rus tilida edi. Madaniy-maʼrifiy muassasalar moliyaviy jihatdan davlat nazorati chetda qolganligi uchun bunday muassasalar koʻpincha jamoatchilik asosida qurildi. Masalan: 1961 yili Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan jamoatchilik asosida 45ta madaniyat va texnika universitetlari, 5 ta xalq teatrlari, 1.258 jismoniy tarbiya jamoalari ish olib bordi.

M.Sodiqov ‘’O’zbekiston tarixi” “ Sharq” Tosh 2010 217-bet

Oʻzbekistonda taʼlim tizimini yaxshilash uchun oʻnlab qarorlar qabul qilinardi. Biroq, bu qarorlar milliy maktablarda toʻliq bajarilmasdi. Maktablar urushdan keyin ham darsliklar bilan toʻliq taʼminlamadi. Moddiy oʻquv bazasi rusiyzabon maktablarnikidan ancha past edi.

Oʻrta maktabni bitiruvchilari orasida erta turmushga berilishi tufayli qizlar kamchilikni tashkil qilar edi. Maorifni rivojlantirishda mahalliy millatlarga past nazar bilan qarash sovet tuzumi siyosatining pinhona faoliyatiga yashiringan edi. Keyingi yillarda ochilgan arxiv maʼlumotlarida sobiq ittifoqdagi respublikalarda ongli, madaniyatli, hurfikrli kishilarni boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik haqidagi mahfiy koʻrsatmalar bejiz emas edi. 1985 yilda oliy oʻquv yurtlari soni 42 taga yetdi.

1946-47 oʻquv yilida respublikada 4483 maktab boʻlib, 212.000 oʻquvchi oʻqigan boʻlsa, 1965-66 oʻquv yilida 9716 ga undagi oʻquvchilar soni 2.476.000 kishiga yetdi. Oliy oʻquv yurtlarida talabalar soni 21.190 dan 168.800 taga yetdi. Bu miqdor “mahalliy millat yigit qizlari bilim uchun emas, diplom uchun qiziqsin” degan aqidaga asoslanganligini koʻrsatadi. Shunday boʻlishiga qaramay Oʻzbekistonliklarni, xususan oʻzbeklarni ilmga chanqoqligi har qanday sunʼiy toʻsiqlarni yenga boshladi.

Oʻzbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishtirilib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash boʻyicha sobiq SSSRda oldingi qatorlarga chiqdi.

1950 yil Oʻzbekistonda 1760 fan nomzodi 180 fan doktorlari ilmiy ish olib bordi. 1965 yilda esa, fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324 ga yetdi. 50-60 yillari Respublika Fanlar Akademiyasining olimlari ayniqsa matematika-mexanika, tibbiyot, energetika, qishloq xoʻjaligi sohalarida ishlar olib bordi. Bir qancha ilmiy-tekshirish institutlari travmatologiya va ortopediya, energetika, matematika, onkologiya va radiologiya, Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha institutlar shu yillarda ishga tushirildi. Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va Huquq instituti tashkil etilib, Sharqshunoslik instituti faoliyati kengaytirildi.

50-yillardan boshlab respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarida atom quvvatidan foydalana boshladi. Dastlabki paytda atom quvvati Toshkent va Samarqand Davlat Universitetlari laboratoryalaridan Fanlar akademiyasining fizika-texnika institutida, Politexnika va meditsina institutlarida ishlatildi. Lekin texnika bazasi yetarli boʻlmaganlikdan atom quvvatidan foydalanish doirasi tor boʻldi. 1956 yil boshlarida Toshkentdan 30 km yiroqda, 750 shtat birligida moʻljallangan ilmiy-tadqiqot yadro insituti va barcha qulayliklarga ega boʻlgan shaharcha qurilib, 1958 yili ishga tushirildi. Uning birinchi direktori etib yirik fizik olim, akademik Ubay Orifov tayinlandi.

1951-1954 yillari respublikada yana bir yirik ilmiy markaz bunyod etildi. 80 gektar maydonda, ittifoqda yagona tibbiy sharoitda oʻsadigan, Toshkent botanika bogʻi yaratildi. 1956 yili 5 noyabrda Oʻrta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi ishga tushirildi. Keyinchalik 1962 yil Urganchda, 1964 yil Nukusda ham televizon markazlar ish boshladi.

M.Sodiqov ‘’O’zbekiston tarixi” “ Sharq” Tosh 2010 220-bet

Oʻzbekistonlik olimlarning bir qanchasi, ayniqsa tabiiy fanlar sohasida, oʻzlarining ilmiy yutuqlari bilan nafaqat sobiq Ittifoq doirasida, balki jahon miqyosida tan olindi va yuqori darajadagi davlat mukofotlariga sazovor boʻldilar. Oʻzbek olimlaridan matematiklar-T.N.Qori-Niyoziy, T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov, fiziklar-U.O.Orifov,S.A.Azimov, ximiklar-O.S.Sodiqov, S.Yu. Yunusov, M.I.Nabiyev, geologlar-X.M.Abdullayev, I.X.Xamraboyev, G.A.Mavlonov, biologlar- A.M.Muzaffarov, K.Z. Zokirov, T.Z.Zohidov, texnika sohasida M.T.Oʻrazboyev, X.A.Rahmatullin, X.Fayziyev, jamiyatshunoslik fani sohasida I.M.Moʻminov, H.Sulaymonova, Ya.Gʻ.Gʻulomovlar shular jumlasidandir.

Respublika ziyolilari qatorida 125 mingdan ortiq oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga ega mutaxassislar boʻlib, shulardan 25 mingdan koʻprogʻi muhandis va texniklar, 10 ming qishloq xoʻjalik mutaxassislari, 24 ming vrachlar va 60 mingdan ortiq oʻqituvchilar, yuzdan ortiq yozuvchi, shoir, dramaturglar, rassomlar uyushmasida 105 kishi, kompozitorlar uyushmasida 26 nafar aʼzolari bor edi. 1956 yilning oxirlarida respublika ziyolilarini birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi.

Partiyaviy gʻoyaviy tizginga qaramasdan adabiyot va sanʼat sohasida koʻzga koʻrinarli asarlar yaratildi. Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, Zulfiya, Mirtemir, Turob Toʻla, M. Boboyev, Mirmuxsin va boshqalarning tinchlik mavzusiga bagʻishlangan sheʼrlari yuzaga keldi. Oybekning “Oltin vodiydan shabadalar”, Parda Tursunning “Oʻqituvchi”, Asqad Muxtorning “Opa-singillar” romanlari, Abdulla Qahhorning “Shohi soʻzana”, “Ogʻriq tishlar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari” dramalari katta shuhrat qozondi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab siyosiy qatagʻonlikdan ozod boʻlgan ijodkorlarning asarlari yuzaga chiqa boshladi. Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani, Mirtemirning “Surat” dostoni, Shayxzodaning “Toshkentnoma”si nashrdan chiqdi.

60-yillardan adabiyotda yangi avlod paydo boʻldi. Odil Yoʻqubov, Pirimqul Qodirov, Oʻlmas Umarbekov, Husniddin Sharipov, Ozod Sharafutdinovlar bilan izma-iz yangi ijodiy tafakkurga ega boʻlgan isteʼdodli Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, Oʻtkir Xoshimov, Muhammad Ali, Jamol Kamol, Omon Matjon, Rauf Parpi kabi yosh adabiyotchilar maydonga chiqdi. Oʻzbek adabiyotining rivojlanishida adabiyotga mafkuraviy taʼsir oʻtkazishning quroli sifatida qarab, ijod erkinligi boʻgʻildi va partiyaviy sinfiy aqidalar tiqishtirildi. 50-80 yillarda ahyon-ahyonda boʻlsa ham ozodlikka intiluvchi fikrlar koʻzga chalinardi. Biroq bunga darhol tanqidlar, maʼmuriy jazolar toʻsigʻi qoʻyilardi.

80-yillarning oʻrtalaridan adabiyot xalq hayotini haqqoniy aks ettirish yoʻlida yangicha qadamlar qoʻya boshladi. Badiiy asarlarning mavzui doirasiga Orol fojeasi, oʻzbek dehqonining mashaqqatli taqdiri, tabiat, til, madaniyat va tariximizga oid muammolar shiddatliroq kirib keldi. Yangi mazmun ijodda yangicha zamonaviy shakl, xalqona ohanglarda keng yoʻl ocha boshladi.

50-60 yillarda Respublika sanʼatida, xususan teatr va raqs sanʼatida ilgari siljishlar yuz berdi: 1947 yili Toshkentda xoreografiya bilim yurti ochildi. 1957 yili mashhur raqqosa M.Turgʻunboyeva tomonidan “Bahor” oʻzbek xalq raqs ansambli, 1958 yili G.Rahimova rahbarligida-Xorazm ashula va raqs ansambllari tuzildi. Bu jamoalar oʻzbek sahna raqslarini boyitdi. Respublikada teatr saʼnatining rivojlanishida Samarqand Davlat ashula va balet teatrining (1964 yil) Toshkentda “Yosh gvardiya” (1990 yildan Abror Xidoyatov nomidagi) oʻzbek drama teatrining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi.

Musiqa va teatr sohasidagi bu oʻzgarishlar bir tomonlama boʻlib jahon sanʼati darajasiga tezroq yetib olish uchun oʻzbek milliy madaniyatidan uzoq boʻlgan opera, balet, simfonik musiqaga asosiy eʼtibor berilib, milliy drama teatrlarimiz eʼtibordan chetda qoldi. “Shaklan milliy mazmunan sotsialistik” shiori ostida rivojlangan sovet adabiyoti va saʼnatining asl maqsadi “baynalmilallashtirish” boʻlib badiiy asarlarda milliylik yoʻqola bordi.

Urushdan keyingi chorak asr mobaynida Oʻzbekiston sanoati va qishloq xoʻjaligi, madaniyati va fani rivojlanishida maʼlum natijalarga erishdi. Lekin bu rivojlanish ziddiyatlar bilan toʻla boʻldi, demokratiyalashtirish yoʻlida olib borilgan tadbirlar yetarli natijalarni bermadi.

Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi kuchayib borayotgan Oʻzbekistonda xalqning turmushi, aholiga koʻrsatiladigan mayishiy xizmat jihatidan Respublika sobiq Ittifoqda oxirgi oʻrinlarda edi. Taʼlim tarbiya va sogʻliqni saqlash sohasidagi balanparvoz koʻrsatkichlar sotsialistik tizimning tashviqot-targʻiboti uchun foydalanildi. Umuman olganda, jamiyatning inqiroz tomon yoʻl tutishi kuchaya bordi.

Urushdan keyingi yillarda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tizimida partiyaning yakka hukumronligi kuchayib bordi. Siyosiy qatagʻonlikning yangi bosqichi boshlandi. Agar 30-yillarda qatagʻonlikni ichki ishlar xalq komissarlari (NKVD) olib borgan boʻlsa, endilikda bu mudhish ishlarni kommunistik partiyaning markaziy komiteti va uning quyi tashkilotlari bajardi. 1949 yilning martida chaqirilgan Oʻzbekiston kommunistlarining X syezdi respublika mehnatkashlarini kommunistik ruhda zaharlash, milliy qadriyatlarga, “diniy xurofot”ga qarshi kurashni kuchaytirish vazifalarini qoʻydi. Bu bilan jamiyatda sotsialistik mafkurani vayronkorlik roli yana ham kuchaytirildi.

1Sotsiologicheskiye issledovaniya. 1989. - №1. - S, 14.

1949-1952 yillarda koʻpgina mashhur oʻzbek ijodiy ziyolilari asossiz ravishda ayblanib, qatagʻon qilindi. Oʻzkompartiyaning 1949 yil 25 iyundagi byuro majlisida bir guruh yozuvchilar millatchilikda, eski feodal madaniyati oldida bosh egish, oʻtmishni ideallashtirishda ayblandi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda kabi oʻzbek yozuvchilari badnom qilindi. 1951 yili avgustda bir guruh atoqli ijodkor ziyolilar “millatchilar” deb matbuotda nohaq tanqid qilindi, “buzgʻunchilikda” ayblandi. Keyinchalik yozuvchilardan Shayxzoda, Shukrullo, Shuhrat, Sayid Ahmad vaboshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Xurshid, Chustiy, Gʻayratiy va boshqalar yozuvchilar uyushmasidan haydaldi. Buni eshitgan Gʻ.Gʻulom kuyinib “Tokaygacha oʻzbekning aqli kirganda boshini chopib tashlaydilar” degan edi.

1951 yil aprelida Oʻzkompartiya byuro majlisi “Musiqa sanʼatining ahvoli va uni yanada yaxshilashning choralari toʻgʻrisidagi” masalani muhokama qildi.

Majlisda sanʼat ishlari boʻyicha boshqarma koʻp yillar davomida “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra” kabi afsonaviy mazmunda opera, balet va musiqali dramatik spektakllarni yaratib, zararli ishlarni amalga oshiryapti deb qayd etildi. Majlis qarorida janr repertuarlari va radio eshittirish programmalarini qayta koʻrib chiqish tavsiya etildi. Mazkur spektakllar sahnadan olib tashlandi. Qatagʻonliklar toʻlqini bu bilan toʻxtab qolmadi. 1983 yildan boshlab sobiq KPSS Markaziy qoʻmitasi rahbarligida Oʻzbekistonda navbatdagi oshkora qatagʻonga yoʻl ochildi. “Paxta ishi”, “Oʻzbeklar ishi”, “Sharqiy front” deb atalgan mashʼum siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Moskva yuborgan generallar, prokurorlar, tergovchilar istagan odamlarni hibsga olishardi.

Maʼshum nomlar bilan atalgan kompaniyavozlik davrida yoʻl qoʻyilgan xatolar, poraxoʻrlik qoʻshib yozish, mansabni suisteʼmol qilish kabi illatlar ochib tashlandi. Biroq bu nuqsonlar sobiq Ittifoqqa, mavjud chirigan tuzumga qolaversa Markazga ham tegishli edi.

Markaziy matbuotning baʼzi bir mualliflari Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xalqlarining yuziga qora chaplashga harakat qila boshladilar. Bu hududlarda yashagan millatlar oʻz vaqtida mavjud jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi kurashganlar. Ular sotsialistik qonunchilikni buzilayotgani haqida Moskvaga arz qilishgan, biroq ularning oʻzlari, yaʼni “suvni loyqalatuvchilar” quvgʻinga uchraganlar!

1983 yilning oxirida respublikada juda ogʻir vaziyat vujudga kelgan edi. Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-ket turli tergov guruhlari tashlandi. Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga sobiq Ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari Ogarok, Oliy Kengash Prezidiumi raisining oʻrinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi.

Respublika prokurori etib Buturlin, uning oʻrinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenko tayinlandi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday boʻlib, ular respublikadagi hukmronlikni toʻla qoʻlga olgan edilar.


Download 201,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish