Eh, kelinlar 2022-yil 13-aprel soat 10: 30 atrofida Samarqandda bo’lgan voqea asosida…



Download 152,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana25.04.2022
Hajmi152,48 Kb.
#580574
  1   2   3   4
Bog'liq
BUGUN 13-APRELDA BO\'LGAN VOQEA (Alloh shohid)



Eh, kelinlar 
2022-yil 13-aprel soat 10:30 atrofida Samarqandda bo’lgan voqea asosida… 
Ismim Aziz. Men o’zim doktoranturada o’qiyman. Bugun 13-aprel 
kuni o’zim tahsil olayotgan kafedradan iltimos qilganligi bois, erta tongdan 
mehribon ukamni, bag‘rikeng ukamni Yandex-taxi chaqira olmaganligi 
uchun koyiy-koyiy Fakultetga kechikib 08:20 da yetib bordim. Dars 
o’tayotgan paytim gripp bo’layotganimni payqadim. Darsdan chiqqach, 
borlig’im, yagona mehribonim, hayotda biz uchun ne-ne zaxmatlar bo’lsa, 
barchasini ko’rgan onajonim telefon qildilar. Onajonimning dardi o’ziga 
yetarli bo’lsa-da, o’zimdagi gripp alomatidan shikoyat qildim. Onajonim 
esa o’z jismida kechayotgan minglab og’riqlarni unutib, mening oddiygina 
dimog’im achishishining davosini izlay ketdi. «Azizjon, bu nimadan ekan-
a?», «kelinlar tovuqning hamma go’shtini oshga solishmagan bo’lishsa, 
uning qanotidan qaynatma sho’rva qilib ich» «grippga qarshi dori ich» … 
Qisqasi, meni tuzatish uchun jonini berishga ham tayyor edi onam 
boyaqish… 
Men onamning aytganini qilib dori olib ichishga qaror qildim. 
Bulvardan bitta dorixona topib oldim va u yerdan grippga qarshi dori 
so’radim. Ular menga Amoksatselin va «Gripp-xitt + Nimesel» parashok 
berishdi. Paroshokni imkoni bo’lsa, yaqin oradagi oshxonadan ichib 
olishimni aytishdi. Tabiatan bir vazifani oxiriga yetkazmaguncha tinib-
tinchimasligim bois bu payt men uchun asosiy vazifa – dorixonachi aytgan 
muolojalarni bajarish bo’ldi. Dorixonadan chiqishim bilan og’izga bitta 
amoksatselindan tashlab oldim. Endi paroshokchalarni ichib olishim kerak 
edi. Bilsangiz, fizika fakulteti oldidagi piyodalar yo’lagidan eski geografiya 
fakultetiga o’tgan joyda magazinning ichidan kirib oshxonaga kiradigan 
joy bor. O’sha yerga kirdim. Oshxonachi menga dori eritishga stakan 
Tushgan uyga mehribon qizmisiz? 
Tushgan uyingiz qo’ynidagi ilonmisiz? 


berishidan g’ijinadi degan o’y bilan o’sha magazindan ikki dona bir marta 
ishlatiladigan (odnorazoviy) stakan oldim. Magazindan oshxonaga kirish 
joyda perashki va hotdog sotishadi, undan oshxonaga kiriladi. 
Oshxonadan yana oshxonaga kiriladi, u yerda osh va shunga o’xshash 
nisabatan qimmat taomlar sotiladi. Men o’sha kirish joyidagi hotdogchidan 
ikkita stakanimga yarim-yarim qilib qaynoq suv quydirib oldim va 
aytganimdek, oshxonaning birinchi kirish xonasidagi burchakda 
joylashgan stolga o’tirdim. Ikkala stakanga dorilarni bo’lib soldim. Ancha 
ko’p aralashma tayyor bo’ldi. Men bu yerda nafaqat mening sog’lig’imda, 
balki jamiyatmiz sog’lig’ida ham ancha katta xastalik borligini angladim… 
Men stakandagi dori solingan suvlarni bir-biriga qo’shib yana 
suvlarni biridan ikkinchisiga solib aralashtirib dori miqdorini ikki 
stakandagi suvga bir xil taqsimlashga urinib turgan edim. Shu payt qorni 
katta, adashmasam homilador bir kelinchak kelib mendan bitta stol 
naridagi stolga o’tirdi. Men bu yerga birinchi para darsdan chiqib 
kirganligim bois, soat 10 dan biroz o’tib qolgandi. Shu payt uning yoniga 
qoramag’izdan kelgan, chiroyli kiyingan yana bitta kelinchak perashki va 
kofe bilan kelib o’tirdi. Adashmasam, ikkalasi shu yerga o’tirishni oldindan 
kelishgan perashki va kofe ikkalasi uchun ham edi. Qoramag’iz qiz bundan 
avval oshning qachon tayyor bo’lishini ham so’ragan edi. Keyin hammasi 
boshlandi. To'g'ri, kimningdir gapini tinglash - gunoh. Lekin ular shu 
gaplarni meni eshitadi ham demay, barilla hangoma qilib o’tirishi uyat, 
shu gaplarni aytish esa mentalitetimizga qarshi og’ir jinoyatdir. 
Qorni katta oqsariqdan kelgan kelinchak gap boshladi: 
-
kecha uxlamadim ham, borib kir yuvdim. Ovqat qildim. Bu dunyoning 
tashvishi shunaqangi jonimga tegdiki. 
-
«Qayinonangiz bormi?» - so’radi dugonasi. 
-
Ha, bor. 


-
Nima ish qiladi? 
-
Uyda. 
-
Siz borguncha kirlarni yuvib qo’ysa, bo’ladiku. 
-
Bilmasam. Kirni yuvmasa ham, boshimni og’ritmasa bo’ldi. 
-
Ha, qayinonangiz nomard ekan, sizni shu holda kir yuvdirsa. 
-
E, bitta qayinonam bo’lsa mayliydiya. Bizning uyda qayinog’am ham 
bolalari bilan turadi. 
-
Ularni chiqarib yuborsalaring bo’lmaydimi? 
-
Ha, shular chiqib ketishsa, qanday yaxshi ish bo’lar edi. 
-
Ha, boshingizga urasizmi, bir uy odamni. 
-
Ha, hozir ularga ham shahardan uy gaplashganmiz. Hal bo’lib qolishi 
kerak. Ovsunim «oyijon, oyijon» deb qayinonamning pinjiga kirib 
olgan. Qayinonam menga bola tug’ib beradigan mashinaga qaragandek 
qaraydi. 1 oy gripp bo’ldim, aqali hech kim «holing qaley» demadi.
-
E, o’lsin. Hali hammasini tiz cho’ktirasiz. 
-
Bir oy qattiq gripp bo’lib yotdim. Juda qattiq gripp bo’ldim lekin. O’sha 
paytda homilamning suvi kamayib ketibdi. 
-
Voy sho’rim… 
-
Vrachlar tug’iladigan bolani «giperton» bo’ladi deyishdi. Endi shunga 
kapli olib yotibman. 
-
Eringiz ham loxmi deymanda, qaramaydimi bir mundoq… Erkak kishi 
xotinini himoya qilish kerak. Ona o’z yo’liga, Xotinning ham alohida 
o’z o’rni bor. Unga qaraydigani endi xotin-ku. 
-
Bir kun bolintsaga boraman desam, og’riyotgan bo’lsa, ko’rsating 
deydi. 
-
Qayinonani ham urib ketgan ekan (kuladi). 
-
Qayinonammas, ovusunim. 


-
(Jiddiylashib) Ovusuningiz shunday dedimi, tur yo’qol, pashshol deng 
unga. Umuman unga past ketmang. Bir mindirsangiz, keyin toza minib 
oladi. Haddingni bil, o’zingni uyingda qilasan unaqa politikangni deng. 
E, o’lsiney. Men qayinonangiz shunaqa debtimi debman-a. Yo’qol deng, 
unga. Vapshi yo’qol deng. Joyi kelsa, qayinonaga ham pashol deng.
-
Ha, men ham yengillashib olay, qayinonamga ham, ovusunimga ham 
qanday bo’lishni ko’rsatib qo’yaman. Azborayi, qo’y deb turibman-da 
(ufff). 
-
Hozirdan boshlamasangiz keyin kech bo’ladi. Mana meni qarang 
aytganim aytgan, deganim degan. Xo’jayinimni bir amallab qayinona, 
qayinuka, qayinsingil degandek isqirtlarning qo’lidan ajratib oldim. 
Hozir mana uyimiz, mashinamiz bor. Mazza qilib yuribmiz. 
Aylanishlarga chiqamiz. Ovusinimga to’y kuni pashol deganman. 
-
Qayinonangiznikiga ham borib turasizlarmi?
-
Ha 8-mart, yana unday-bunday bayramlarda yiliga 3-4 borib turamiz. 
Ko’nglini olib qo’yish uchun. Orqamdan g’iybat olovini yoqmasligi 
uchun. 
-
Hozir nechta farzandingiz bor? 
-
3 ta. 
-
Qizingiz rosa sizga o’xshaydiya. 
-
Ikkinchim qiz. Ha, kopiyam. 
-
Men ham shu ovusinlarim chiqib ketsa, ikki ro’zg’orni ishlarini 
qilishdan qutilar edim.
-
Umuman, ularning ishini ham aytganini ham qilmang. Kerak bo’lsa, qil 
deng ovusuningizga.
-
Janjal bo’lmasin deymanda. Qayinonamni davleniya va saxiri bor o’lib-
po’lib qolmasin deyman. 


-
E tentak bo’libsiz. O’lsa, qayinonadan ham, qayinog’adan ham 
qutulasiz (kuladi). 
-
Ha, shunday (kuladi). Ulardan o’lib ham qutulolmayman. 
-
Qancha ko’p janjal chiqsa, qayinonangiz bo’lak qilishni xohlab qoladi. 
Mana biz bo’lak bo’lishdan oldin haftasiga har kuni janjal edi. Oxiri 
bo’lak qilib yubordi. Mana mazza malikalardek yashayapman. 
-
Ha, uyi shu oy chiqadi-ku endi.
-
Agar sizlar tinchgina, ayniqsa, siz hammasini ichingizga yutib 
yashayversangiz, yangi olgan uyiga ham ona-bola ishbilarmonlar 
kvartirant qo’yib yana birga yashayverasizlar… (

Download 152,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish