O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,8 Mb.
bet3/10
Sana15.02.2020
Hajmi0,8 Mb.
#39841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Majmua Qadimgi turkiy til


Qadimgi turkiy tilning o`zlashgan qatlam leksikasini A.Gaben quyidagicha bo`ladi. 1.Mo`g`ulcha so`zlar. 2.Xitoycha so`zlar. 3.qadimgi forscha so`zlar. 4.qadimgi hindcha so`zlar. Gabenning ta`kidlashicha, mo`g`ulcha so`zlarni asl turkiy so`zlardan farqlash juda qiyin. Shuning uchun u o`z asarida bunga misol ko`rsatmaydi. A.N.Kononov esa shu misollarni mo`g`ulcha deydi: taluy (dengiz), echu (aka). Vaholanki bu so`zlar Gabenda birinchisi xitoycha, ikkinchisi turkcha deb krsatilgan. Boshqa misollar: altun, qunchuy, Shantung, lung kabilar xitoycha, azun, batur, qamug`, qatun, shad, tigin, tarqan kabilar eroniy tillardan olingan, to`ru (qonun), maqarach (maxaraja), arxant (aziz) kabi so`zlar sanskritcha hisoblanadi.

N.Abduraxmonov qadimgi turkiy tilning lug`aviy qatlamini mavzuiy jihatidan un ikki guruhga ajratib talqin etadi. Tadqiqotlarda berilgan ma`lumotlarni umumlashtirilgan holda, qadimgi turkiy til taraqqiyotining asosiy bosqichlarida keng iste`molda bo`lgan so`zlarni quyidagi mavzuviy guruhlarga ajratish mumkin: 1.Joy nomlari. 2.Etnik nomlar (uruqg` va qabila nomlari). Z.Kishi ismlari. 4.Gidrotoponimlar (daryo va ko`l nomlari). b.Zoonimlar (hayvon va parranda nomlari): a) uy hayvonlari. va yovvoyi hayvonlar; b) parranda nomlari v) quruqlik va suv hayvonlar nomlari.

1. Joy nomlari. qadimgi turkiy til toponimlari turkiy xalqlarining moddiy — madaniy turmush tarzi, dunyoqarashi, urf —odat va an`analarini o`zida mujassamlashtirgan. qadimgi turkiy til yodnomalarida, xususan, o’rxun — enasoy yozuvida etib kelgan Kultagin, To`nyuquq, Ungin bitiglarida quyidagi joy nomlari uchraydi: Tabg`ach, Yassi, Yugnak, Chambud, Tunut, Otukan yish, Altun yis, Tamir kapig`, Sug`dak, Buqaraq, Raboti og`uz, Chacha va boshqalar. Joy nomlari o`sha davrda ham tabiat iqlimi, narsa va buyumlarning tashqi xususiyatlariga, shuningdek, o`simliklar nisbatiga qarab qo`yilgan: qaraqum, Suvluq, Atliq, Akterak qabilar. Bir guruh joy nomlari etnik urug`, qabilalar nomi bilan bog`liq: Kirg`iz, Tabg`ach, Og`o`z, Az va boshqalar. Ba`zi joy nrmlari tomonlar va tog`lik joy atamalari bilan bog`liq atalgan: Yiraya (shimol), Beriya (janub), Ongra (sharq), Kasra (g`arb), Yish (tog`). Otukan yish, Qadirqan yish kabi.

2. Etnik nomlar VI —XIV asrlarda O`rta Osiyo, Qozog`iston, Sibir hududlarida yashagan turkiy xalqlarining etnik tarkibi xilma—xil bo`lgan. Bu hududlarda turkiy xalqlar bilan bir qatorda turkiy bo’lmagan xalqlar (eroniylar) istiqomat qilishgan. Turkiy va turkiy bo`lmagan urug`, qaxbilalar to`g`isidagi dastlabki ma`lumotlar Maxmud Qoshg`ariy lug`atida aks etgan. Bu davr yodgorliklariga oid tadqiqotlarda turkiy xalqlar va ular bilan yonma-yon yashagan etnik guruhlar haqida ilmiy asosga ega bo`lgan fikrlar bi.ldirilgan.

Turkiy qabilalardan ba`zilari o`zlarini yashab turgan hududlari nomi bilan atagan bo`lishsa (Az), ma`lum qismi bayroqdagi tamg`a nomi bilan yuritilgan (Tamg`ali, Tuyak,li).

O’rxun- enasoy va uyg`ur yozuvi bitiglarida o`sha davrda shakllangan quyidagi turkiy va turkiy bo`lmagan urug` hamda qabilalar nomi uchraydi: arg`u, basmil, turk, tatar, shuningdek, tazik (tojik), tatabi, tashug, izgil, so`g`d, qitani, avar, tabg`ach va boshqalar. Ba`zi urug` va qabila nomlari bir qator bitiglarda joylanish o`rni jihatidan turlicha bo`lsa ham, manbalarda takror qo`llangan. Masalan, nayman, qarluq, qipchaq kabi.

3, Kishi ismlari. Bitiglarda uchraydigan qishi ismlari o`sha davr an`ana, urf — odatlariga muvofiqdir. Ular shaxslarning tavsifi, qabila uchun muqaddas hisoblangan hayvonlarga nisbatni, osmon jismlarning ulug`vorligini, ifodalagan; Kultigin (kul kuchli), To`nyuquq (tung`ich javxar), Bilga xoqon (bilga, dono) Bo`ri, Bars, Kultagin, Kuntug`di, Oytuldi va boshqalar. qadimgi turkiy til lug`at tarkibida ismlar o`sha davr lug`at boyligini oshirishda muxim ahamiyat kasb etgan. Ahamiyatlisi shundaki, bitiglarda uchraydigan ismlarni leksik —semantik, geneologik jihatidan tahlil etilganda ularning sof turkiy so`zlardan iborat ekanligi ko`rinadi. Tabiat, iqlim bilan bog`liq nomlar runik yozuvli bitiglarda ko`p uchraydi: Yinju oguz (og`uz daryo), Irtish, Selenga, qarakol.

4. Daryo va ko`l atamalari. Balqashkol, Ko’zlikol. VI — XIV asrlarda darelar nomiga oguz so`zi qo`shib ishlatilgan.

5. Zoonimlar. a) uy xayvonlari nomlary:,at ot, taba-tuya; yovvoyi xayvonlar: adig` (ayik), bichin (maymun), arslon, bars, bori, kayik, arqar, soruk, soqak (kiyik), tabushqan (quyon).



b) parranda nomlari: sundulach (bulbul), turna, kozgun, toqut (tovuk), qarligach, toti, chag`rn, qaluq kabi.

v) quruqlik va suv hayvonlari nomlari: yilan, sichan, baqa.

Qadimgi bitiglar lug`at tarkibida turli sohalarga oid, shuningdek, jins, qarindoshlik atamalari faol ishlatilgan. Bunday so`zlar hozirgi turkiy leksiqaning qadimgi shakllaridir: qan (xon), og (ona), singil, opa (bobo), ini, choluq, ar, qatun, aka, ingun (karindosh), yigun (jiyan), achi (amaki), og`ul (o`g`il), eran kabi.

Qadimgi turkiy xalqlar turmush tarzining barcha sohalariga oid so`zlar asosan turkiy qatlamga xos bo`lgan.

Qadimgi turkiy til lug`at tarkibida mavjud so`zlar o`sha davrda yashagan urug` va qabilalarning barchasiga tegishlidir. Ular turkiy xalqlarining yashash tarzi, mashg`uloti, harbiy — jug`rofiy sharoiti, madaniyati qabilarnin aks ettiruvchi so`z va atamalardir.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Qadimgi turkiy til leksikasiga oid umumiy xususiyatlar haqida ma`lumot bering.

2. Qadimgi turkiy til lug`aviy qatlamlarini sanang.

3. O`zlashgan qatlam leksikasining o`rni haqida gapiring.



Tayanch iboralar.

1. Leksika. So`z—tilning lug`at boyligi.

2. Termin, Maxsus sohaga oid atamalar.

3. Toponim. Joy nomi.



4. Etnonim — urug`, qabila nomi.

5. Zoonim — xayvon va parranda nomi.



6. Qarindosh — urug`chilik nomlari.

7. O`z va o`zlashma qatlam.

5-mavzu: QADIMGI TURKIY TIL MORFOLOGIYASI.

OT VA SIFAT FORMALARINING XUSUSIYATLARI.

Reja:

1. Qadimgi turkiy tilning morfologik xususiyatlari.

2. Ot formalari.

3. Sifat formalari.

Adabiyotlar:



  1. Abdurahmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. - T., O`qituvchi. 1982.

  2. Abdurahmonov N. Qadimgi turkiy til. – T., 1989.

  3. Fozilov e. O`zbek tilining tarixiy morfologiyasi.-T., 1965.

  4. To`ychiboev B. O`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. – T., O`qituvchi. 1996.

  5. Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pis’mennosti. M.-L., 1951.

  6. Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pis’mennosti Mongolii i Kirgizii. M.-L., 1959.

  7. Kononov A.N. Grammatika yazo`ka tyurkskix runicheskix pamyatnikov VII-IX vv..-L., 1980.

  8. Nasilov V.M. Язык орхоно енисейских памятников. – M., 1960.

  9. Nasilov V.M. Drevneuyg’urskiy yazo`k. – M., 1963.

  10. Drevnetyurkskiy slovar’. – L., Nauka. 1969.


Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan hozirgi turkiy tillar singari agglyutinativdir. qadimgi turkiy tilda morfemalar hozirgi o’zbek tilidan singarmonistik variantlarining mavjudligi bilan farqlanadi. Bu hol-sof morfologik farq bo`lmay fonetik farq hisoblanadi.

Qadimgi turkiy tilda ot, otlashgan so`z yoki sifatdan, ot yasovchi quyidagi ko`shimchalar bor:

1. — chî, — chi qo`shimchasi. Qalin negizga. — chî, ingichkasiga — chi varyanti kunshladi. Bu qo`shimcha kasb. va biror yumush egasini bildiruvchi ot yasaydi:

-badiz (naksh) — badizchi(nakkosh)

yog- (aza) — yogchî (azani boshqaruvchi) an (ov) — anchî (ovchi)

2. Lîk, lik, luk; luk qo`shimchasi mavqumlik, makon va tanovar anglatadi. Lablanmagan unlili qalin negizga lîk, ingichkasiga lik varyanti qo’shiladi. Lablangan unlili qalin negizga luk, ingichkasi luk varyanti kutila di:

ach (och) achchiq (ochlik), ivmish. (meva) ivmishlik (mevazor), charuk (chorik) charukluk (chorikning tanrvari), kun (kun) kunluk (kunlik)

3. -an, - an qo`shimchasi-etuklik bildiradi va an varyanti qalin negizga, an esa ingichkasiga qo’shiladi: eran, og`lan.

4. -kan ( -xan), -kan qo`shimchasi. Bu qo`shimcha lakab, unvon, geografik va astronomik nomlar tarkibida uchraydi. qalin negizga -kan (-xan), ingichkasi -kan varianti qo`shiladi:

Tangri (tangri) tangrikan (xudojuy), yeti (etti) Yetiken (Etti karoqchi), qadir (kiyin, kattik) qadirqan (joy nomi)



5. -kak, -kak, -gak, -gak qo`shimchasi. Bu qo`shimcha otga qo’shilganda maqdudlik, chegaralanganlyk va fe`lga qo’shilganda qurol, vosita yoki, mubolaga bildiradi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga kak, ingichkasiga kak varianti qo`shiladi. Jarangli undosh yoki unli bilan tugagan qalin negizi gak, ingichkasiga gak qo’shiladi:

6. -ku, -ku, -g`u, -gu qo`shimchasi. Bu qo`shimchaning so`z negiziga qo`shilish tartibi bundan oldinga qo`shimchaniki singari bo`lib, mavhumlik ma`nosini bildiradi: og`lan (yosh kishi) og`lang`u (yoshlik, bolalik), asan (baxt), asangu (esonlik), inch (tinch) ingachku (tinchlik).

7. -tam, -tam, -dam, -dam qo`shimchasi. Bu qo`shimchaning. tsam negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi ikki qo`shimchanikiga o’xshashdir. Otdan ot yoki sifat zgsaydi:

ar (er) — ardam (odob, etuklik)

tangri (tangri) — tangrydam (iloqiy, osmoniy).

kun (kuyosh)—kundam(kuyoshly)



8. — tash, —tash, —dash, —dash qo`shimchasi. Bu qo`shimcha qozirgi o’zbek tilidagi — doshning uzidir. Negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo`shimchaniki singaridir:

ka (idish)— kadash (tutishgan)



9. — sh qo`shimchasi. Bu qo`shimcha undosh bilan tugagan so’zlarga birikkanda, oldiga tor unli qo’shiladi:

bar (bog, boylam) — baro`sh (butan) tark (tez) — tarkysh (tezlik)



10. —suk, —suk qo`shimchasi. Birinchi varyanti qalin negizga, ikkinchisi ingichka negizga qo’shiladi. Otdan ot yoki sifat yasaladi:

bago`r (jigar) — bago`rsuk (ichak) tan (zqayrat) — tansuk (ajoyib)

11. — sush, —sush qo`shimchasi. Bu qo`shimcha —suk, — suk qo`shimchasi bilan bir manbaga ega. CHunki turkiy tillarda k (k) —sh mosligi bor. Bu qo`shimchaga bitta misol bor:

suv (suv) — suvsush (ayron)



Qadimgi turkiy tilda fe`ldan ot yasovchi tubandagi qo`shimchalar bor:

1. -m qo`shimchasi. Bu qo`shimcha undosh bilan tugagan negizlarga qo`shilganda, oldida bir tor unli paydo. Bo’ladi. Bu unlining sifati negizning qalin. ingichkasiga va tarkibidagi unlining lablagan lablanmaganligiga bog`liq. Fe`ldan anglashilgan qarakat bilan bog`liq predmetni bildiradi: al (ol ) alo`m (karz karz berganga nisbatan)

bar (ber) barim (karz karzdorga nisbatan) kdd (kiy) kadim (kiyim) soq (suy) soqum (so`qim) ol (o`l) olum (o`lim).



2. -n qo`shimchasi. Negizga q'ushilish tartibi m niki singari bo’lib, fe`l bildirgan xarakat natijasida paydo bo’lgan predmetni anglatadi:

ak (ok) ako`n (sel) tar (ter) tarin (jamoa) bul (top) bulun (asir) tug (tut) tuxun (tugun)



3. -ma, -ma qo`shimchasi. Qalin negizga ma, ingichka negizga ma varianti qo’shiladi. Fe`l anglatgan xarakat natijasida paydo bo’lgan va shu xarakatni -bajaradigan-predmetni ifodalaydi:

yal (el) yalma (tez otlik otryad),kas (kes) kasma (kokil), tut (tut, saqla) tutma (sandiq)

4. -g qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning negiziga qushilishi tartibi — m, — n qo`shimchalariniki singari bo’lib, fe`l byldirgan xarakatni bajaruvchi va shu xarakat bilan bog`liq predmetni anglatadi:

Kap (yop) kapo`g (darvoza), bil (bil) bilig (ilm).

Kichraytuv, qadimgi turkiy tilda aq ak, qo`, ki, cho`q chik va ch kabi kichraytuv va erkalash affikslari uchraydi:

yol (yo’l) yolak (sukmoq)

og`lan (yigit) og`lancho`q (yigitcha)

ata (ota) ataqo` (otajon)

ata (ota) atach (otagina)



Ko’pliq Bu davrda ko`plikning asosiy va ko`p qo`llanadigan ko`rsatkich— lar qo`shimchasi bo`lib, u qalin va ingichka variantlarga ega. qalin negizga lar, ingichka negizchalar varianti qushiladi:

kunchuy (xonim) kunchuylar (xonimlar), bag (bek) baglar (beklar).

Bu affiksning hozirgi turkiy til va laxjalaridagi nar, tar singari birinchi undoshi farqli bo`lgan variantlari qadimgi turkiy tilda yo`q. Bu davrda n bilan ba`zi so`zlarning ko`pligi shu n ni t ga aylantirib yasalganini ko`rish mumkin:

tarqan (tarxon) tarqat (tarxonlar), tagin (.shaxzoda) tagit (shaxzodalar), aran (jangchi) arat (jangchilar).

egaliqqo`shimchasi Qadimgi turkiy tilda m birinchi shaxs birlikdagi egalik qo`shimchasi bo`lib, undosh bilan tugagan negizga qo`shilganda uning oldida bir tor .unli orttiriladi. Bu unlining sifati negizning qalin ishqichkaligiga, oxirgi bug`-indagi unlining lablangan lablanmaganligiga bog`liq:

apa (bobo) apam (bobom)

at (ot) ato`m (otim)

Ikkinchi shaxs birlikdagi egalik qo`shimchasi n bo`lib, buning negiziga qo`shilishi tarzi m niki kibidir:

bogda (xanjar) bogdang (xanjaring), qan (xon) kanung (xoning), og`ul (o`g`il) og`lung (o`g`ling)



Bularning ko`pligi o`z, iz, uz, uz qo`shimchalari bilan yasaladi:

apa (bobo) apamo`z (bobomiz), yarlo`k (farmon) yarlo`kungo`z (farmoningiz). -o`, -i uchinchi shaxs birlikdagi egalik qo`shimchasi bo`lib, unli bilan tugagan negizga qo`shilganda oldida s tovushi orttiriladi: bilig (ilm) — biligi (ilmi), at (ot) — ato` (oti), su (lashkar) — susi (lashkari), yag`o`(yov) — yag`o`so`.

Kelishik. qaratqich qo`shimchasining, no`ng, nung, ning nung shaklida bo`lib, n. undoshi bilan tugagan so`z va so`z formalariga qo`shilganda bir n tushib qoladi. qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin — ingichkaligiga bog`liq

tangri (falak) tangrining (falakning), Magastvo` (kishi nomi) Magastvo`no`ng, og`lan (yigit) og`lano`ng (yigitning). Tushum kelishigi -g`, -g, -n, -no`, -ni shaklariga ega. g`, g shakli undosh bilan tugagan so`z va so`z formalariga qo`shilganda oldida bir tor unli paydo bo`lib, uning sifati negizning qalin - ingichkaligi va oxirgi-

bug`indagi unlining lablangan — lablanmaganligiga

Bog`liq:

su (lashkar) sug (lashkarni)



tash (tosh) tasho`g` (toshni)

Jo`nalish qo`shimchalari quyidagi qo`rinishlarga ega:

1. qaru, g`aru, karu, garu:

yoq (yuqori) yoq (q) aru (yuqori tomonga).

og`uz (o’g’uz) og`uzg`aru (utuz tomonga)

ab (uy) abgaru (uy tomonga)



2. qa, ka:

tag` (tog`) - tag`ka (toqqa)

qag`an (xoqon) qag`anka (hoqonga)

Buning ham oldidagi undosh birinchi va ikkinchi shaxs egalik qo`shimchalaridan so`ng ng ga aylanadi.

ab (uy) abim (uyim) abima (uyimga)



bodun (xalq) bodunum (xalqim) bodunuma (xalqimga)

qadimgi turkiy tilda hozirgi chiqish, o`rin payt qo`shimchalari asosan bir ko`rinishga ega, CHiqish qo`shimchasi do`n, din, to`n, tin, dan, dan, tan, tan qadimgi turkiy tilning oxirgi davrlariga xos yodnomalarda uchraydi, O’rxun yodnomalarida o`rin— chiqish qo`shimchasi da, da, ta, ta shaklida ishlatiladi.

al (davlat) alta (davlatda)



qag`an (hoqon) qag`anta (xoqonda)

tash (tosh) tashta (toshda)



Bu davrda vosita qo`shimchasi ham bor bo`lib, uning ko`rsatkichi n undoshidan iborat. Bu qo`shimcha undosh bilan tugagan otlarga qo`shilganda oldida bir tor unli paydo bo`ladi va bu unlining sifati negizning qalin — ingichkaligi hamda oxirgi butindagi unlining lablangan lablanmaganligiga bog`liq:

yulduz (yulduz) yulduzun (yulduz bilan)



sungug (nayza) sungugun (nayza bilan)

Sifat. Sifat yasovchilar. Qadimgi turkiy tilda quyidagi sifat yasovchi qo`shimchalar bor: 1. -lo`g, -lig, -lug, -lug qo`shimchasi. Bu qo`shimcha otdan sifat yasaydi va egalik hamda nisbat bildiradi. Lablanmagan unlili qalin negizga lug-, ingichka negizga lig varianti qo’shiladi. Labdangan unlili qalin negizga lug,. ingichkasiga lug varianti orttiladi: qag’an (hoqon) akin (ekin) akinlig (ekinli), bodun- (xalq) — bodunluq (xalqli).

2. Siz,-siz, -suz, -suz qo`shimchasi. Bu qo`shimcha; otdan egasizlik va yo’qlik bildiruvchi sifat yasaydi. Negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo`shimchaniki kabidir yag’u(dushman) yag’u`siz (dushmansiz), bilig(ilm)— biligsiz(ilmsiz), yo’l (yo’l) — yolsuz (yo’lsiz),og (ona) — ogsuz (onasiz) N li lahjada bu qo`shimchaning unlisi keng bo’lishi mumkin. Masalan, igsiz (kasalsiz),

3 —saq —sak qo`shimchasi. Bu istak bildiruvchi fe`l yasovchi sa, — sa hamda fe`ldan sifat va ot yasovchi —k,—k qo`shimchasining birlashuvidan hosil bo’lgan qalin negizga: —sak, ingichkasiga —sak varianta qo’shiladi: 30-

bago`r (jigar) — bago`rsaq (ko’ngilchan) ,kak (kek) kaksak (kekchi).

4. -so`g`, -sig qo`shimchasi. Bu qo`shimcha otdan sifat yasaydi va o’xshashlik ma`nosini bildiradi. Negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo`shimchaniki singaridir: kulsimon (kulsimon), beg(bek) begsig (beksimon)..

5. -ko`, -ki ( -g`o`, -gi) qo`shimchasi. Bu qo`shimcha ot, ravish va olmoshdan nisbiy sifat yasaydi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga ko`, ingichkasiga ki, jarangli undosh bilan qalin negizga to`, ingichkasiga gi kungiladi:ay (oy) aho` (oyga oid), yay (yoz) yayko` (yozgi).

6. -z qo’shimchasi. Bu qo`shimcha fe`ldan sifat yasaydi: u (qila bil) uz (moxir). 7. -l qo`shimchasi, Bu qo’shimcha yasho`l (yashia), ko`zo`l "(kizil), tukal (tugal singari so’zlar .tarkibida uchraydi. raq formasi. Bu davr yodnomalarida hozirgi o’zbek adabiy tilidagi roq qalin ( raq) va ingichka (rak) variantlarga ega va u sifatning orttirma darajasini bildiradi: yig (yaxshi) yigrak (eng yaxshi), artuq (ortiq) artuqraq(eng ortiq).

Mustahkamlash ychun savol va topshiriqlar.

1. Qanday tillar agglyutinativ tillar deyiladi.

2. Ot yasovchi qo`shimchalarni sanab bering.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish