3
K I R I S H
Kurs ishim mavzusi YUNON-RIM MANBALARIDA O’ZBEK
DAVLATCHILIGI SHAKLLANISHIGA OID MA’LUMOTLARNING
AKS ETRISHI. Eng qadimgi davrda o’zbek davlatchiligi haqidagi yunon-rim
manbalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Dastlab eng qadimgi
O’zbekistondagi siyosiy vaziyat, hukmronlik qilgan sulolalar, ular haqida
manbalar to’g’risida qisqacha izoh keltirilgan. Bu davrda mavjud bo’lgan eng
qadimgi qabilalar ittifoqi va ular negizida vujudga kelgan dstlabki Qadimgi
Xorazm va Baqtriya davlatlari, qo’shni xalqlarning (Eron-ahamoniylari va
Aleksandr Makedonskiylar) bosqinchilik yurishlari haqida qisqacha to’xtalib
o’tilgan. Keyin esa, asosiy mavzu eng qadimgi yunon-rim
manbalari haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Bu mavzuni o’rganishdan maqsad, O’zbekistonda ilk davlatlarning
qachon vujudga kelganligi haqidagi bahs-muozaralarga aniqlik kiritish,
ularning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy turmush tarzi va xalqaro vaziyati haqida
tushuncha va ma’lumotlarga ega bo’lishdir. Darslikdagi manbalar bilan
cheklanib
qolmasdan, yangi ma’lumotlarni topib, ulardan foydalangan holda
mavzuni to’liqroq ochib berish ishning bosh maqsadidir.
Mavzuning o’rganilish darajasiga keladigan bo’lsak, bu davr
manbalarini o’rganishda ko’p olimlarning mehnati singan. Masalan, qadimgi
yunon manbalaridan Gerodotning "Tarix" asarini Shteyn 1869-1871-yillarda
chop ettirgan. Asarni inglizchaga Roulinson 1856-1860 yilda hamda rus tiliga
F.G. Mishchenko 1858-1860 yillarda tarjima qilgan. 1982-yilda asarning
mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur,
D.P.Kallistovhamda I.A.Shishova tornonidan yangidan nashr etilgan.
Diodorning “Tarixiy kutubxona” asari 1774—1775-yillari L.Alekseev
tomonidan, 1874— 1875-yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib
nashr etilgan.
Strabonning “Geografiya” asari 1844 va 1848-yillari Kramer va
4
Myuller
tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qo’shib nashr qilingan.
Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831 - 1834) hamda ruscha
(F.G.Mishchenko. M., 1879; G.A.Stratanovich. M., 1964) tarjimalari ham
mavjud.
Rim manbalarini ham ko’p olimlar o’rgangan. Masalan, Rim
manbalaridan Pompey Trogning “Filipp tarixi” asari Yustin (II—III asr)
tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib
kelgan va Ruxl tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi
A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan "Becтник древней истории"
jurnalining 1954-yil 2-4 va 1955-yil 1-sonlarida bosilgan.
Arrian Flaviyning "Iskandarning yurishlari" asarini nemis tiliga
Myuller 1886 yilda hamda rus olimi Korenkov Toshkentda 1912-yilda va
E.Seigeenko Moskvada 1962-yilda rus tillariga tarjima qilishgan.
Kvint Kursiy Rufning "Buyuk Iskandar tarixi" asarini 1841-yili
Myuttsel, 1867-yili T.Nyoldekeva, 1885-yili Fogel nashr ettirganlar. Ruscha
yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan 1963 yilda.
Eng qadimgi davrlar tarixini yunon-rim
va boshqa manbalar asosida
o’rganish ishlari bugungi kunda ham davom etmoqda. Umuman barcha davr
davlatchiligi tarixini xolisona yoritish bugungi tarixchilarning asosiy vazifasiga
aylangan. Ilmiy ishlar yoqlanib, himoya qilinib, noma’lum bo’lgan tariximiz
sahifalari sekin-asta bizga a’yon bo’lmoqda.
O’zbekistonning qadimiy tarixini o’rganishda Yunoniston va Rirn
tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir.
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-3 30-yillar),
Klavdiy Ellian
(taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (rnilodning II
asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont
(taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-
yillari), Polien (milodning II asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday
qimmatga egadir.
5
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zo’r ilmiy
qiymatga egadir.
O’zbek davlatchiligi tarixi haqidagi yunon-rim manbalarida boshqa
xitoy, hind, eron manbalrida uchramagan ma’lumotlar ko’plab uchraydi. Eng
qadimgi davrdagi qabilalar, ularning turmush tarsi,
davlatchilikka asos
solganlari, ularga qo’shni xalqlarning o’zaro aloqalari haqida qimmatli
ma’lumotlar uchraydi. Masalan, massaget qabilalarining dini, urf-odatlari,
malikalari To’maris haqida va Kirninng ayol malikadan sharmandalarcha
mag’lubiyatga uchragani haqida faqat Gerodot va Poliyen manbalaridagina
uchraydi.
Biz Shiroq afsonasi haqida ham faqat
Poliyenning asari orqali
bilishimiz mumkin.
Kurs ishning hajmi jami 25 bet, tarkibi: KIRISH, ASOSIY QISM,
Yunon va Rim manbalari to’g’risida umumiy tushuncha, Asosiy siyosiy-
ijtimoiy voqealar, Qadimgi Yunon manbalari,
Qadimgi Rim manbalari,
.XULOSA va FOYDALANILGAN ADABIYOTLARDAN iborat.