O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TAЪLIM VAZIRLIGI
O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“IQTISODIYoT NAZARIYaSI ” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASh ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O'zbekistonda milliy hisoblar tizimi: holati va istiqbollari
Bajardi: Davlatov Akbarali Xaydarali o’g’li
fakulteti, Iktisodiyot (tarmoklar va soxalar)
yo’nalishi 4 – kurs (sirtqi) A guruhi talabasi _____________________________________________
Tekshirdi: ______________________________________
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2022 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2022 y.
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a'zolari:
__________________
_________________
|
Toshkent 2022
Mavzu: O'zbekistonda milliy hisoblar tizimi: holati va istiqbollari
Mundarija
|
Kirish
|
3
|
|
Milliy hisoblar tizimitushunchasi, paydo bo'lishtarixi va rivojlanish bosqichlari.
|
4
|
|
2. MHT va Xalq xo'jaligi balansi, ular o'rtasidagi o'xshashliklar va tub farqlar.
|
14
|
|
MHT - bozor iqtisodiyotining modeliekanligi va uni qo'llash zaruriyati.
|
16
|
|
MHTfanini predmeti va uslubiyati.
|
18
|
|
O'zbekiston statistika amaliyotida MHTni joriy qilish muammolari.
|
20
|
|
Xulosalar........................................................................................
|
23
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..............................................
|
24
|
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab, iqtisodiyotni boshqarish bozor iqtisodiyoti prinsiplari asosida olib borilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, bu iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi yangi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish va uni amaliyotga tatbiq etishni talab etadi.
Bu xususida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga javob beradigan, milliy hisoblar tuzishni ta’minlaydigan hamda xalqaro statistika
andozalariga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasi
va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqib, tatbiq etish asosiy vazifalardan biri”.
Bozor munosabatlari iqtisodiyotni yuritish tizimi sifatida o‘z
qonunlariga ega.
Bu qonunlardan samarali foydalanish, ularni hayotga tatbiq etish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirishda, uning asosiy quroli bo‘lgan milliy hisobchilik tizimi asosiy va zaruriy ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va rivojlanayotgan 198 mamlakatda iqtisodchilar makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirishda milliy hisoblar tizimi uslublaridan u yoki bu darajada foydalanishmoqda.
Milliy hisoblar tizimi – bu aynan bozor iqtisodiyotiga asoslangan tizim bo‘lib, milliy iqtisodiyot bo‘yicha chambarchas bog‘langan statistik ko‘rsatkichlarni makroiqtisodiy tuzilmada baholash, hisob-kitoblar to‘plami va balans jadvallar tuzish, iqtisodiy faoliyat natijalarini xarakterlash hamda iqtisod
tuzilmasini va boshqa muhim zaruriy bog‘lanishlarni ifodalashga
xizmat qiladigan tizimdir.
Shu jihatdan ham xalqaro andozalar talablariga muvofiq
respublikada milliy hisoblar tizimini joriy etish maqsadida 1994- yil 24-avgustda “O‘zbekistonda xalqaro amaliyotda qabul Oxirgi yillarda va o'tgan yili mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo'lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda. Xalqaro valyuta jamg'armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida, jumladan, bunday deyiladi:
“O'zbekiston jadal o'sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko'rdi. Keyingi besh yilda O'zbekistonda o'sish sur'atlari o'rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o'rtacha o'sish ko'rsatkichidan yuqoridir.
Qator yillar davomida kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi... Missiya 2011 yilda yalpi ichki mahsulot 8,3 foiz ko'payishini kutmoqda va o'rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'atlari saqlanib qolishini bashorat qilmoqda”.
Ta'kidlash joizki, o'tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati, kutilganidek, amalda 8,3 foizni tashkil etdi, 2000 — 2011 yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi. Mazkur ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi.
O'tgan yili sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foiz, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 16,4 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko'rsatish 16,1 foizga barqaror yuqori sur'atlar bilan o'sdi. qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi” ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Hozirgi davrda iqtisodiyotning rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishda milliy tizim imkoniyatidan to‘liq foydalanib bo‘lmaydi. Bunga bir tomondan, ushbu mavzulardagi o‘quv adabiyotlarining kamligi sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyoti mazmunini yorituvchi va ifodalovchi tushunchalar, klassifikatsiyalar, schyotlarini tuzish; ularning hisoblash usullarini amaliy misollar yordamida o‘rganish, tahlil va talqin qilishga imkoniyat beradigan ilmiy manbalarning yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.
Mazkur darslik iqtisodchi mutaxassislar tayyorlaydigan va qayta tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlarida bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotida kechayotgan iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar tizimi, ularni hisoblash va tahlil qilish usullari bilan tanishtirish, bu ko‘rsatkichlarni xalqaro amaliyotda qabul qilingan andozalar asosida hisoblash usul va uslublarini o‘rgatish, ular yordamida iqtisodiyotda kechayotgan jarayonlarni mushohada etish, makroiqtisodiy muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash usullari bilan tanishtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi, deb o‘ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |