12-rasm. Boshqaruv darajalari.
[36-b-62].
Geografik informatsion tizimlar tasnifi xilma-xilligi uning inson faoliyatining
turli sohalarida qo‘llanilishiga sabab:
-
tematik va topografik xaritalar xilma-xil masalalarni yechishda zamon va
makon o‘lchamidagi informatsiyalarning asosiy manbai xisoblanishi.
-
geografik va to‘g‘ri burchakli kordinatalar tizimi informatsiya uchun
tayantirilgan asos bo‘lganligi;
-
kartografik tahlil – geografik qonuniyatlarni aniqlash va baholashning eng
samarali usullaridan biri ekanligi;
-
xarita, sxema (tarx), planlarni tezkor, avtomatlashtirilgan usulda tayyorlanishi
GAT ning asosiy funksiyalaridan bo‘lganligidir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, geografik informatsion tizimlarini tasniflashning
mohiyati shulardan iboratligi, ular avtomatlashtirilgan, fazoviy informatsion
tizim bo‘lib, ma‘lumotlarning katta to‘plamini dinamik tashkil etib, EHM
vositasida xilma-xil moddalarni birlashtirishini tartibga solidi va GATdan
foydalanishni qulaylashtiradi.
54
3.4. GAT ning texnik vositalari
GAT- dasturiy-hisoblash majmui bo‘lganligi sabab uning asosini shaxsiy
kompyuterlar (SHK) yoki katta kompyuterlar o‘rnatilgan ish stansiyalar tashkil
etadi. (SHK) ga asoslangan tizimlarda Core i5, i7 markali har xil modifikatsiyadagi
mikroprosessorlar qo‘llaniladi. Tezkor xotira (RAM) hajmi 256MB dan 8,0
gigobaytgacha (Gb), qattiq disk (Hard disk)ning hotirasi ham (1GB) dan ortiq
bo‘lishi kerak [34,-b.17].
Ma‘lumotlarni saqlash uchun shuningdek qo‘shimcha informatsiya
tashuvchi vositalar kompakt-disk (CD), flesh-disklari qo‘llaniladi (13-rasm).
Xarita va suratlar bilan ishlash uchun monitor displeylarning ko‘rsatgichlari ham
o‘ta muhim. Ekran o‘lchami 19 dyum va undan ortiq, operatsiyalarni yuqori
tezlikda bajaradigan adapterli va videoxotirasi 500 Mb dan ortiq bo‘lgan displeylar
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Grafika bilan ishlaydigan tashqi qurilmalar grafikaviy informatsiyani tizimga
kiritish (raqamlash) va undan xarita, diagramma va rasm sifatida chiqarishni
ta‘minlaydi.
Turli xil fazoviy ma‘lumotlarni raqamli formatga o‘tqazishni ta‘minlah uchun
maxsus texnik vositalar zarur bo‘ladi [24,-b.104]. Ular raqamli ma‘lumotlarni
tizimga kiritishlari mumkin:
-
klaviaturadan;
-
grafikaviy ma‘lumotlarni raqamili formatga o‘tkazuvchi asboblar vositasida;
-
xarita va fotosuratlardan fazoviy ma‘lumotlarni avtomatik tarzda solishtirib
o‘qiydigan asboblar (qurilmalar) vositasida;
-
raqamli manbalardan bevosita o‘tqazish yo‘li bilan.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |