Ma’lumotlarni kiritish-
ma‘lumotlarni olib qo‘yuvchi va tarqatuvchi
(flesh), klaviatura va boshqalar orqali ta‘minlanadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash-
masalan taxeometrik tasvirga olish
natijalarini qayta ishlab joy relyefini xaritada tasvirlash. Ma‘lumotlarni saqlash-
ma‘lumot saqlovchi vositalardan birida saqlanadi.
Ijrochi:
GAT texnologiyalarni keng qo‘llashdani muayyan masalalarni
yechishda, GATdan foydalanish rejalarini ishlab chiquvchi va dasturiy
mahsulotlar bilan ishlaydiganlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. GATdan
foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin tizimni ishlab chiquvchi va qo‘llab-
quvvatlovchi texnik mutaxassislar hamda joriy kundalik ishlari va muammolarini
yechish uchun GATni qo‘llaydigan oddiy xodimlar (eng so‘nngi foydalanuvchi).
Uslublar:
GATni qo‘llashni samaradorligi va muvofaqiyati yechiladigan
masalaning mohiyatidan kelib chiqib, to‘g‘ri tuzilgan reja va ishlash qoidalariga
bog‘liq bo‘ladi va bu uslub yoki usul deb ataladi.
47
Ma’lumotlarni hosil qilish va
saqlash
Dasturiy materiallar bilan ishlash
Ma’lumotlarni rejalashtirish
Takomillashgan tayyor ma’lumotlar
Ma’lumotlarni qayta
ishlash
Ma’lumotlarni
integrallashtirish
7- rasm. Geoaxborot tizimlarda ma’lumotlar harakati.
Geoaxborot fanini paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bevosita kompyuter
texnologiyalar (KT) va raqamli kartografiya (RK) usullarning amaliyotga tadbig‘i
sabab bo‘lsada, GAT va RK o‘xshash degani emas. GAT ning funksiyasi va
qo‘llanish ko‘lami kengroq (8-rasm). Lekin, GAT va raqamli kartografiya
imkoniyatlarini birlashtirish o‘zaro foydali.
GAT kartografik informatsiyaga tayanib avtomatlashtirilgan kartografiya
asosini yaratadi. GAT ning funksiyalariga ta‘rifu-tavsiflash, o‘lchash (masalan,
yuza va perimetrlarni), eng qisqa optimal masofalarni, yo‘llarni tanlash,
modellashtirish, izohlash va prognoz qilish masalalar kiradi.
GAT asosida ekspert tizimlar qurush mumkin. Ekspert tizimlar bu- ekspert
mutaxasislar tomonidan qaror va yechimlar qabul qilish uchun asos bo‘ladigan
holda, mezon, eksprimental ma‘lumotlarning matematik modellari majmuidir.
GAT- geografiya nuqtai nazaridan geografik ma‘lumotlar bilan ishlashni
avtomatlashtirish bo‘lsa, informatsiya nuqtai nazaridan borliqni ta‘rifu-tavsiflashda
izohlovchi va atributiv tavsifga ega bo‘lgan ma‘lumotlar to‘plami, ularni tartibga
keltirish, saqlash va boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq va nihoyat tizim nuqtai
nazaridan ma‘lumotlarning fazoviy tahlili, modellashtirish va prognozlashni
ta‘minlab beradi (8-rasm).
48
Do'stlaringiz bilan baham: |