Oʻzbеkiston rеspublikаsi oliy vа oʻrtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Distansion zondlash ma’lumotlari



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/115
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#791921
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
fayl 1773 20210908

Distansion zondlash ma’lumotlari
(DZM)- topografik ma‘lumotlarni 
yangilash (aktualizatsiyalash) hamda MB da tabiiy muhitning holati va o‘zgarishi 
to‘g‘risidagi informatsiyani tematik qatma-qatliklarini yaratishda muhim manba 
hisoblanadi. 
GAT texnologiyalar kartografik manbalar va suratlar birgalikda samarali 
foydalanish imkonini beradi. Suratlarni 
deshifirlash
esa GAT ma‘lumotlar 
bazasining ko‘pgina tematik xaritalar qatlamlarni yaratishda foydalaniladi. 


71 
Aerokosmik suratlar bo‘yicha MB ning qatlari ko‘pincha interaktiv usulda 
yaratiladi. 
Meteo-va ekologik kuzatuvlar, monitoring, laboratoriya tadqiqotlari tematik 
ma‘lumotlarning boshqacha manbasi sifatida xizmat qiladi. 
Tabiiy resurslar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar nisbatan turg‘un emas, shuning 
uchun ham MB tez-tez yangilanib turishi kerak. 
Iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlar tabiat va jamiyatning o‘zaro 
munosabatlari, aholi, insonlar faoliyati hamda shu faoliyatni amalga oshirish uchun 
foydalaniladigan makon va tuzilmalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Bu ma‘lumot vaqt oraliqlari yoki ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
umumlashtirilishi mumkin. 
Tematik xaritalar, davlat statistikasi ma‘lumotlari va ma‘muriyat hisobotlari 
(Bu ma‘lumotlar ishonchli, ammo ulardan foydalanishga ruxsat cheklangan yoki 
ular maxfiy hisoblanadi), ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlarning asosiy manbalari 
hisoblanadi. Fazoviy joylashishi to‘g‘risida ishonchli informatsiya bo‘lmagan 
ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlar GAT ma‘lumotlar bazasi uchun yaroqsiz 
hisoblanadi. Geografik tayantirilgan informatsiya geografik tamoyil bo‘yicha 
umumlashtirilish imkonini beradi. Masalan, alohida shaharlar bo‘yicha 
ma‘lumotlardan hududiy ma‘lumotlarga o‘tish mumkin. 
Ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlar tez-tez o‘zgarib boradi va eskiradi. 
Ma‘lumotlar bazasida bu holatni albatta inobatga olish tavsiya etiladi. Ma‘lumotlar 
ta‘minotini yaratishda xaritalar seriyasi va atlaslar majmuining roli nihoyatda katta. 
Tematikasi va vaqt hamda matematik asos va proeksiyalar bo‘yicha kelishilganlik, 
fazoviy informatsiyani taqdim etishning tizimliligi va hamnusxaligi ularning 
afzalligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham atlaslar majmuini ba‘zanda 
―qog‘ozdagi |GAT‖ deyishadi. 
Tabiiy muhitning ekologik holatini baholovchi integral (umumlashtirilgan) 
ko‘rsatgichlarni baholash, prognoz qilish va baholash tadqiqotlarining asosi 
hisoblangan muhim uchastkalar va xududlarni joylarda o‘rganish orqali keng 
qamrovli va batafsil ma‘lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Lekin, bunday 


72 
ma‘lumotlarning ko‘pgina qismi an‘anaviy tarzda qog‘ozda, matn shaklida bo‘ladi. 
Bu o‘z navbatida ular bilan ishlash uchun qator noqulayliklar tug‘diradi. Shuning 
bilan birga informatsiya yig‘ishning zamonaviy texnik vositalari paydo bo‘lishi 
bilan (raqamli fotokamera, masofani pozitsion zondlash, yer ustida lazerli 
skanerlash) joydagi tadqiqotlarning GAT-texnologiyalari-real vaqtli (on line) 
texnologiyalar imkoniyati tug‘uldi. Bugungi kunda bunday ma‘lumotlarni taqdim 
etish va saqlash yechimini toppish zarurati mavjud. 
Internet-ma‘lumotlar olish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. U 
tufayli 
xilma-xil 
ko‘rinish va vazifadagi raqamligeo tasvirlardan va 
geoinformatsiyadan iborat giper maydon hosil bo‘ldi [24,-b.48]. 
Raqamli tayantirilgan kordinatali informatsiyaning mashxur va keng 
qo‘llaniladigan manbalari DCW va Google Earth (elektron globus) qidirish tizimi 
hisoblanadi. Internetda electron xaritalar va atlaslar, skanerlangan nashrdagi 
xaritalar va suratlar, kosmik suratlar, multimediali tasvirlar, dinamik xaritalar 
tarqatilmoqda. Fazoviy ma‘lumotlarning ushbu manbalari aniq maqsadlarga javob 
beradi. Ular orasida ma‘lumotlar to‘g‘risida informatsiyani qidirish, professional 
yoki ta‘lim sohasiga qiziqishlar yotadi. Bu ma‘lumotlardan GATda foydalanish 
muammoli, chunki ularning sifati past yoki noma‘lum bo‘ladi. 
Metama‘lumotlar (ma‘lumotlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar) information 
ta‘minotning asosi sifatida ma‘lumotlarning umumiy xossasini ifoda etadi. 
Metama‘lumotlarning fayllari MB ni yaratish bilan bir vaqtda ishlab chiqilib, 
quyidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: fazoviy qurshab olish, 
proeksiyalar, masshtab, xaritaning geografik asosi va bazasi, aniqligi, tuzulishi 
vaqti yoki ma‘lumotlar jamlash ta‘biri va boshqalar. Metama‘lumotlarning 
mavjudligi foydalanuvchiga informatsiyalarning ishonchliligi to‘g‘risida taasurot 
tug‘diradi. 
Suratlar va xaritalar GATga zaruratga qarab kiritilishi mumkin. Texnik 
vositalar cheklangan taqdirda ma‘lumotlar raqamli yoki raqamsiz (xarita va surat 
sifatida) ko‘rinishda saqlanishi mumkin. 


73 
Xududning information ta‘minoti to‘g‘risida umumiy xulosani information 
qidiruv tizimi berishi kerak. Uni GAT tizimiga kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ma‘lumotlar umumiy tarkibi (geokodlangan informatsiya)ning tahlili ishlaydigan 
GAT ni yaratish uchun zarurligi uni aniqlashda quyidagicha savollarga javob 
topishni taqazo etadi: 
3.
geografik informatsiyani yig‘ish yangilash va saqlash imkoniyati 
mavjudligi; 
4.
kutilayotgan ma‘lumotlarning xajmi va formatlanganligi; 
5.
ma‘lumotlar to‘plamining qanchasini raqamli informatsiyaga aylantirish 
kerak va bunga sarflanadigan vaqt; 
6.
informatsiyaning ishonchliligi va ma‘lumotlarning sifati; 
7.
informatsiyani qayta ishlaganda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar. 
Geografik ob‘yektlar va hodisalarni aniqlash va ular to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni 
aynan o‘xshash tarzda tanlash va taqdim etish ma‘lumotlar bazasini loyihalash 
jarayonini ajralmas qismi hisoblanadi. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish