Mag`oki Attori masjidi (XII
—
XVI
asrlar). Bu masjid shahar markazida joylashgan
bo`lib, ilgarigi attorlar rastasi o`rniga qurilganligi tufayli Mag`oki Attori deb atalgan. Masjid
qariyb 6 metr erga kirib turadi, aslida ko`p asrlar davomida asta-sekin tuproq qatlamlari uyulib, u
ko`milib qolgan. Mag`oki Attori masjidi yopiq tipdagi masjidlardan bo`lib, tomini 6 tosh ustun
ko`tarib turadi.
Masjidning xiyobon tomondagi janubiy peshtoqi arxitekturaning noyob asari xisoblanadi.
Peshtoq va uning ravog`i har xil, chunonchi, o`ymakor ganch, sayqal berilgan g`isht, koshin
o`yib naqshlangan sopol g`ishtchalar bilan bezatilgan. Binoning sharqiy tomonidan
ko`tariladigan qismida keng tosh zina bor. Zina janubiy peshtoq, qurilgandan keyin qurilgan. Bu
zina uchungina emas, balki namoz o`qiladigan joy, ham bo`lgan.
Namozgoh masjidi (XII, XIV,
XVI
asrlar). Buxoroning janub tomonida, shahar
tashqarisidadir. Bunday masjidlar hayit kunlari shahar masjidlari namoz o`quvchilarni sig`dira
olmaganligidan shaxar tashqarisiga qurilgan. Namozgoh masjidi ana shunday masjidlardan
hisoblanadi.
Namozgohning peshayvon, galereya shaklida gumbazli binosi bo`lgan (XVI asr), unga
nafis qoplama bezakli pevdtoq qurilgan. G`arb tomondan binoning monumental qismi mehrobli
qadimiy devorga taqalgan. Masjid nozik o`yma gulli sopol g`ishtlar va mayda g`isht parchalar
bilan bezatilgan. Hozirgi namozgoh masjidi o`rnida bir vaqtlar ajoyib bog` va hayvonotxona
bo`lgan. Bu er SHamsiobod deb atalgan. Bu joyni tarixchi Narshaxiy o`z asarida to`la tasvirlab
o`tgan.
Poi kalon ansambli
— Minorai kalon (1127) yoki Katta Buxoro minorasi.
Qoraxoniylardan Arslonxon hukmronlik qilgan davrda qurilgan. Bu minora shahardagi eng
baland inshootdir. Uning balandligi 46,5 metr, uning qurilgan vaqtini (1127 yil) ko`rsatadigan
yozuv korpusning o`rta belidagi koshinlardan birida qisman saqlanib qolgan. Minora baland,
dumaloq ustunsimon bo`lib, tepasida ravoqli «fonusiy» tomi bor. Uning ichida 104 pillapoyali
aylanma zinasi bor. Minoraning yuqori tomoni bir oz ingichkaroq bo`lib, tsilindr shaklli
gumbazida 16 ta darcha bor.
Minoradan azon aytilgan. Minorada dushman paydo bo`lishini kuzatadigan maxsus punkt
ham bo`lgan. Minoraning qorovulxonasi xali ham bor, uning sirti jimjimador qilib terilgan pishiq
g`isht bilan qoplangan. Buxoro shahrining tashqi ko`rinishida bu minora badiiy jixatdan katta
ahamiyatga ega. Gumbazning zangori belbog`i XVI asrda ishlangan koshinlardan iborat. Naqsh
bilan yozilgan eeki qismi
XII
asrda yasalgan och moviy tusdagi koshinlardan iborat bo`lib,
Buxoro muzeyining Sitorai — Mohi xosa filialida saqlanmoqda. Minora korpusining pastki
qismi ta`mirlandi. U o`nburchak shaklida bo`lib, ustiga minora qurilgan.
Masjidi kalon
(Katta masjid) — juma namozi o`qiladigan bu masjid 1514 yilda qurilgan
bo`lib, kattaligi jihatdan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o`rinda turadi. U
XII
asrdagi eski masjid o`rniga qurilgan. Masjid XV asrda qurila boshlanib, XVI asr boshlarida
(1514 yilda) bitgan. Masjid to`g`ri to`rtburchak shaklida hovlisi bo`lgan ochiq masjidlar
turkumiga kiradi. Masjidi kalonning ettita eshigi bor. Asosiy sharqiy eshigi oldida va ichida keng
ayvonlar bor.
Masjidning umumiy maydoni bir gektar keladi (127X78). Hovli galereyasi 288
qubba bilan qoplangan, ularni 200 ta ustun ko`tarib turadi. Bu ham noyob me`morchilik
yodgorliklaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |