Baytqo`rg`on
— Qibray rayonidagi qishloq. CHirchiq daryosining o`ng qirg`og`iga
joylashgan. Keksalarning so`zlariga qaraganda, qishloq atrofi qamishzor va to`qayzorlardan
iborat bo`lib, faqat bu erda Baytiboy degan bir qozoq boyning qo`rg`oni bo`lgan. Keyinchalik
Qibray va Toshkentdan dehqonlar ko`chib kelishib, uylar solishib, u erni obod qilishgan va
Baytiboy nomi bilan Baytiqo`rg`on bo`lib qolgan deyishadi. Ayrimlari Baytiqo`rg`onga
shahardan olimlar kelib, g`azalxonlik, ya`ni baytxonlik qilishgan, shuning uchun shunday nom
berishgan deyishadi.
YUnusobod
— Toshkent shahrining yangi dahalaridan biri. Bu joy 1917 yildan keyin
tashkil topgan. Usha qishloqni barpo qilishda ishtirok etgan keksa kosib Abdulla ota Nu`monov
va o`tkir ota Hoshimovlar 1919 yilda taxtapullik kosib YUnus ismli kishi o`sha joyda chayla
qurib, atrofidagi bo`sh yotgan erlarni o`zlashtirib olgan. Keyinchalik ko`pgina taxtapullik
kishilar qatori biz ham ko`chib kelganmiz va yangi er ochib dehqonchilik qilganmiz, deydilar.
O`shalarning aytishlaricha, birinchi bo`lib qo`riq er ochgan YUnus akaning nomi bilan
YUnusobod bo`lib qolgan. B. A. Ahmedovning fikricha 1784 yili Toshkent hokimi YUnusxo`ja
bu joylarni obod qilganligi sababli, uning nomi bilan YUnus obod deb atalgan.
YAlang`och
— Toshkent shahridagi qishloqlardan biri. Hozir bu erlar Toshkent agrar
dorilfununi va bir qator zamonaviy binolar qurilgan obod joylardan biri. Bu nomning kelib
chiqishi haqida keksalar shunday deydilar: «Ilgarilari bu erda na daraxt, na bir odam yashagan,
shuning uchun bu erni yalang`och, ya`ni hech narsa yo`q» ma`nosida ishlatganlar, ba`zilari bu
erda bir odam yashagan, u kiyimsiz, yalang`och yurgan, hatto yoz oylarida ham o`t (olov) yoqib
isinib o`tirgan, uni odamlar yalang`och devona yoki yalang`och eshon ham deyishar edilar, asta-
sekin devona so`zi tushirib qoldirilib, yalang`och bo`lib qolgan deyishadi.
Qonqus
— Toshkent shaxrini oralab o`tuvchi Anhor o`z suvini hozirgi kunda ham ikkiga,
ya`ni «Qonqus» va «CHala» ariqlariga bo`lib beradi. Qonqus arig`ining nomi bilan ataluvchi
qishloq hozirgi Zangiota rayonidagi kolxozning idorasi joylashgan hududni o`z ichiga oladi.
Qishloq tarixi shunday hikoya bilan boshlanadi: «Qadim zamonlarda shu qishloqda yalang oyoq,
yozin-qishin bir xil qiyinchilikda yashaydigan bir kambag`al bi-rovlarning erida ketmon chopib,
tirikchilik qilgan. Kunlardan bir kuni qishloq oqsoqollari kel, shu bechora kambag`al h.am bir
parcha eriga ega bo`lsin, umid bilan oramizda katta bo`ldi-ku deydilarda, qishloqning bir
chetidan qo`riq er beradilar. Bundan yigitning boshi osmonga etadi. Biroq erni ishlashga hech
narsasi yo`q, hamyoni quruq bu yigit shaharga tushib ikki yil mardikorlik qiladi, choyxonada
choy tashiydi, Nihoyat, 5 — 10 tanga pul topib beliga tugib, ikki qop qattiq nonni elkasiga ortib,
qishlog`iga keladi va erga mehr bilan qaraydi, qish va yoz demay ishlaydi, ariq qaziydi, lekin
yigitning eriga suv bermaydilar, har kim kambag`alning suvini yo`ldan to`sib, o`z erlarini
sug`oraveradi. Baxor o`tib yoz keladi, hamma erlar ko`m-ko`k, lekin yigitning eri qaqrab yotadi.
Yigit eriga zo`rg`a suv olib keladi, yil bo`yi ariq qazib, bir ho`plam suv uchun yurak bag`ri
ezilgan yigitning eriga tasodifan silqindi paynak suv etib borib qoladi. Fig`oni falakka
ko`tarilgan yigit: «xudoga shukur, erimga suv keldi, mehnat suvimdan bir ho`play» deb qorni
bilan erga yotadi. Issiq kunda entikib, lablari qaqragan yigitning chanqoqligidan lablari loy
suvga tegadi-yu, yigit og`zidan laxta-laxta qon ketib, shu ondayoq jon beradi». SHu suv uchun
qon qusib, jon bergan yigitning voqeasidan so`ng bu qishloqning nomi Qonqus bo`lib qolgan
ham deyishadi. Faqat bugina emas butun Qonqus arig`idan suv ichuvchi mehnatkashlarning
1917 yilga qadar umumiy suv va sug`orish uchun tortgan azob-uqubatlari yigit tortgan azob-
uqubatlardan qolishmas edi. Qonqus qishlog`ida istiqomat qiluvchi 1903 yilda tug`ilgan Xolmat
ota Rahimovning hikoyasi ham diqqatga sazovor. «Rahmatli otam vafot etganda men 12 yoshli
bola edim. Bu voqea 1915 yilning ko`klamida sodir bo`ldi. Otam Rahim CHO`ng`aev degan
boyning erida korandachilik qilib, tirikchilik o`tkazar edi. Otam ekin ekadigan boyning eri ham
shu Qonqus arig`idan suv ichar edi. Erni sug`orish maqsadida otam uydan ertalab chiqib
ketadilar. U endigina Qonqus arig`idan o`z ekiniga suv ochadigan ariq boshiga borib, suvga
tushib ariqqa suv ochayotganida Zangi ota volostining mingboshisi Burxonboy kelib qolib, ha
nega so`roqsiz suv ochding yalangoyoq, deb haqorat qila boshlaydi. Otam indamaydi. Nega
indamaysan, karquloq, deb otdan tushib, otamni qamchi bilan qattiq savalaydi. Mingboshi
68
qo`lidan otamni ajratib ololmaydilar, mingboshi ketgach, otam kaltak zarbidan bir necha kun
o`tgach vafot etadi» deydi. Xulosa qilib aytganda, bu ariqdan erlarni sug`orish shunchalik qiyin
bo`lganki, undan suv olib kelib mehnatkash dehqonlar o`z ekinlarini sug`orguncha qon qusib
yuborganlar. SHu boisdan ham mehnat ahli bu ariqqa Qonqus deb nom berganlar. Aslida qonqus
so`zi qishloq arig`i degan ma`noni bildiradi. Masalan: Ugom, CHotqol, Pskom so`zlaridagi gom,
qol, kom — qo`shimchasi suv degan ma`noni ifodalaydi. Demak, Qonqusdagi qon so`zi — suv,
qus — so`zi esa qishloq degan ma`noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |