47
O`zbek xalqining ma`naviy turmushini tadqiq qilishda etnograflardan tashqari
fol’klorchilar va san`atshunoslarning ham xizmatlari bor. O`zbek xalq teatri,
ayniqsa drama teatri
hamda origyogaal janrlardan biri bo`lgan qo`g`irchoq teatri haqida asarlar yaratildi.
o`zbek xalq musiqasi xalq o`yinlari ko`p tadqiqotchilar diqqatini o`ziga jalb qildi.
O`zbek xalqining juda boy va rang-barang og`zaki ijodini o`rganish uning etnografiyasi
bilan bevosita bog`liq bo`lgani tufayli fol’klor materiallarida ham muhim etnografiyaga oid
lavhalar to`plandi. O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti fol’klor bo`limi
hujjatxonasida ko`p yillik ilmiy safarlar natijasida to`plangan xalq ijodining boy merosi
etnografiyaga oid muhim manba bula oladi.
O`zbek etnograflari so`nggi yillarda respublikamizda yashovchi kolxozchi dehqonlar va
ishchilarning hozirgi turmushi va madaniyatini jamoa ravishda o`rganishga katta e`tibor berdilar.
1950 — 1953 yillar davomida O`zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti
tomonidan Namangan viloyati YAngiqo`rg`on (CHortoq) rayoni kolxozlarida o`tkazilgan
etnografiyaga oid ilmiy safarlarda muhim ma`lumotlar to`plandi. Bu ma`lumotlar
asosida
yozilgan O.A.Suxareva va M.A.Bekjonovaning «Oyqiron qishlog`ining o`tmishi va hozirgi
turmushi» degan asarida Oyqiron qishlog`ining qisqacha tarixi, aholisining o`tmishidagi etnik
tavsifi, kasb-hunari, er egaligi va tavsifi munosabatlari, 1917 yildan keyingi tarixiy o`zgarishlar,
kolxozchilarning madaniy-maishiy turmushi aks ettirilgan. Kitobda jamoa xo`jaligidagi
oilalarning shakllanishi, oilaviy munosabatlar va turmushiga alohida e`tibor berilgan. Bunday
ilmiy safarlar respublikaning ko`pgina viloyatlarida o`tkazildi. O`zbekiston etnograflari qishloq
xo`jaligi mashinasozligi sanoatida band bo`lgan o`zbek ishchilari
turmushini bir necha yil
davomida kuzatib qimmatli ma`lumotlar to`pladilar. Bu ma`lumotlar asosida yozilgan
etnografiyaga oid maqola va sanoat ishchilarining shakllanishi tarixiga bag`ishlangan muhim
ilmiy ishlar diqqatga sazovordir.
So`nggi yillarda o`zbek ishchilar sinfining maishiy va madaniy hayotini aks ettiruvchi bir
qator ilmiy ishlar maydonga keldi. O`zbekistonda yashayotgan boshqa qardosh xadqlar
etnografiyasini o`rganishga ham katta ahamiyat berilmoqda.
O`zbekiston taryxiga oid ko`p jildlik yirik ilmiy asarning etnografiyaga bag`ishlangan
bo`limlari fanning so`nggi yutuqlari asosida mutaxassis tadqiqotchilar tomonidan yozilgan
«Jahon xalqlari» turkumida bosilib chiqqan ikki jildlik «O`rta Osiyo va Qozog`iston halqlari»
nomli mukammal ilmiy asar deyarli butun etnografiyaga oid tadqiqotlarning yutuqlarini o`zida
mujassamlashtirgan. etnografiya sohasida bunday yirik tarixiy asarlarni yaratishda mahalliy
tadqiqotchilar faol ishtirok qilgan edilar. Asarning «O`zbeklar» nomli
bobini yozish va tahrir
qilishda mahalliy etnograflardan O.A.Suxareva, M.A.Bekjonova, I. Jabborov va boshqalar
qatnashganlar.
O`zbek xalqi etnografiyasini o`rganish sohasida erishilgan yutuqlar — mahalliy
tadqiqotchilarni yangi, umumiylashtirilgan yirik ilmiy asar yozishga undadi. Mahalliy mualliflar
tomonidan tayyorlangan ma`lumotlar 1972 yildan boshlab O`zbekiston etnograflarining ilmiy
to`plamida yoritila boshlandi. 1917 yildan ilgari va undan keyin o`tkazilgan ko`p sonli
ma`lumotlar ilmiy safarlar etnografiyalarga oid har xil buyumlarning to`planishiga imkon
tug`dirdi. Hozirgi kungacha to`plangan bu boy ashyolar
respublikaning muzeylarida, ayniqsa,
Toshkent, Samarqand, Xiva, shuningdek, Moskva va Sankt-Peterburg muzeylarida saqlanib
kelinmoqda.
SHunday qilib o`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish yuqori bosqichga ko`tarildi va
ajoyib yutuqlarni qo`lga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: