Oqqo`yli
— Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. Oqqo`yli — urug`
nomi. Qoraqo`yli nomlar ham mavjud.
Og`aliq
— Samarqand viloyati Samarqand rayonidagi qishloq va tog` nomlari. To`g`risi,
Ohaklik bo`lgan. CHunki, bu tog`dan XIV — XV asrlarda Samarqandda jome` masjidi qurish
uchun ohaktosh qazib olingan. SHu bilan birga og`alik degan ijtimoiy atama bo`lgan. Farg`ona
vodiysida esa og`alik degan urug` (etnonim) qayd qilingan.
Mavlush
— Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi qishloq nomi. Qo`ng`irot
qabilasining bir urug`i mavlish deb atalgan (I. Magidovich). Qishloq nomi mana shu so`zdan
kelib chiqqan.
Mojor
— Samarqand viloyati Narpay va Paxtachi rayonlaridagi qishloqlarning nomlari
mojor (mojar) — o`zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular XIX asr boshlarida
Samarqand atrofida tog` yonbag`irlarida, Narpay arig`i bo`ylarida, SHahrisabz vohasida
yashaganlar. Ba`zi bir olimlar mojorlar Vengriyaning asosiy aholisi mad’yarlar bilan qon-
qarindosh deb hisoblaydilar.
Minglar
— Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi Kattaming, Kattaqo`rg`on rayonidagi
Mingqishloq, Sirdaryo viloyati G`allaorol rayonidagi ming urug`i yashaydigan qishloq nomlari.
Ming (mingli) o`zbek xalq tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biridir. 1917 yilgacha minglarning
ko`pchilik qismi Farg`ona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyati
Boysun, SHerobod rayonlarida, Xorazmda va Tojikistonning Xisor rayonida yashagan.
Minglarni ba`zan tumon yoki tumonming deb ham ataganlar.
Misr
— Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq nomi. Amir Temur Samarqand
atrofida bir necha shaharlar qurib, ularni chet mamlakatlarning bosh shaharlari nomi bilan
Bag`dod, Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), SHeroz va Sultoniya deb atagan.
Kamongaron
— Samarqand viloyati Urgut rayonidag`i qishloq nomi. «Kamon ustalari»
demakdir. Ohangaron — «temirchilar», «So`zangaron» — «nina ustalari» ana shu turdagi
toponimlardir. (3. Dusimov kamongaron toponimlarni kom (katta ariq) — ango (angiz)
so`zlaridan va-on affiksidan iborat deb izohlaydi).
Kasovli
— Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi qishloq nomi. Qo`ng`irot qabilasining
bir shoxobchasi kesavli deb atalgan (tamg`asy kosov shaklida bo`lgan), qishloq nomi shu
so`zdan olingan.
Kovon
— Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. etimologiyasi
noma`lum. Zarafshon vodiysida yashaydigan qoraqipchoqlarning bir urug`i kovon deb atalgan.
Koreys
— Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on rayonidagi qishloq. Koreys qishloq Poyariq
rayonida ham bor. O`zbekistonga koreyslar 1920 yildan ko`chib kela boshlagan. Ular yashagan
joylarni koreys qishlog`i deb ataganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |