О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Qo`tir buloq 
— Vobkent rayonidagi qishloq. Qishloq qo`tir kasalligiga davo bo`ladigan 
buloq yonida joylashganligidan shunday nom olgan.
G`ijduvon 
— Buxoro viloyatidagi shaxdr. Dastlab Narshaxiy asarida tilga olingan. Boshqa 
tarixiy manbalarda G`ijduvon shaklida ham qayd qilingan. Xalq og`zida Gijduvon so`zini G`uji 
devon — devlar, ins-jinslar ko`p ma`nosida deyilsa, ayrimlar G`uji dehkon — «Bir to`p qishloq» 
demakdir, deb taxmin qiladilar. To`p qishloq degani to`g`ri bo`lsa kerak. Har holda 
etimologiyasi aniq emas. Baxovuddin Naqshbandning ustozi Abdulxoliq G`ijduvoniy nomiga 
qo`yilgan degan fikrlar xam bor.
Havzak dorisozlar 
— Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi qishloq. Bu toponim 
tojikcha va o`zbekcha til qoidalari asosida yasalgan; hovuzni tojiklar havz deyishadi («ak» esa 
kichraytiruvchi affiks), dori-darmon tayyorlab kun ko`rgan kishi dorisoz deyilgan. Hdvzak 
dorisozlar «dorisozlar hovuzchasi» demakdir, ikki so`z orasidagi izafet esa tushib qolgan, 
tojikcha Havzaki dorusozon bo`lishi kerak.
O`qituvchi o`quvchilarni Buxoro viloyatining qishloq va rayonlar tarixi toponimikasi bilan 
tanishtirib chiqqach, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining qishloq, rayonlari tarixi 
etimologiyasini o`rganishga kirishsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bu o`rinda o`qituvchi Qashqadaryo viloyatidagi Gubalak, Qarshi, Kitob, YAkkabog`, 
Olaqarg`a, Varg`anza, CHimqo`rg`on kabi qishdoq, shahar nomining kelib chiqish tarixini o`sha 
joylarda yashab, ijod etgan atoqli olimlar shoirlar, mashhur kishilar, Mehnat Qahramonlari, 


83 
urush faxriylari, shuningdek tariximizda muhim rol’ o`ynagan kishilar nomlari bilan bog`lab 
o`rganishi kerak.
SHuningdek, o`qituvchining nima uchun bu viloyat Qashqadaryo deb nomlangan va bu 
so`zning ma`nosini bilasizmi? kabi savollariga o`quvchilar ilmiy ijodiy javob topishda ota-
onalari, mahalliy qariyalar, shu sohaga qiziquvchilar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur.
Masalan, Qashqadaryo so`zi qanday ma`noga ega? degan savolga quyidagicha javob olish 
mumkin;
Qashqadaryo 
— daryoning nomidan olingan. U Qarshi vohasini suv bilan ta`minlaydi. 
Daryo qadimgi vaqtda Koshkirud deb atalgan. Ayrim tadqiqotchilarning (masalan, V. V. 
Bartol’dning) fikricha, Qashqadaryo Keshkirudning fonetik o`zgargan variantidir.
Ba`zi olimlar toponimning asosini «qashqa» so`zi tashkil etadi, qashqa «qaqshamoq, qurib 
qolmoq» degan ma`noni bildirishini aytadi (A. Ishaev). H. Hasanov daryoning tabiiy 
xususiyatida ham qashqalik bor, Qarshidan keyin daryoning suvi kamayib o`zani olachalpoq 
«qashqa holiga keladi», deb yozadi. S. Qoraev «qashqa» so`zining bir necha ma`nosini keltiradi. 
etnik nom: tiniq, tez oqar, yoqasida o`simlik o`smaydigan yalang, yolg`iz tepa va hokazo.
Daryo nomidan viloyat nomi vujudga kelgan, hozir ham shu nom bilan yuritiladi.
Qarshi — shahar nomi. Qashqadaryo viloyatining ma`muriy markazi. Qarshi 
O`zbekistonning eng ko`hna shaharlaridan biri. U Grek — Baqtriya davlati davridan beri 
mavjud. SHahar XIV asrgacha Naxshab deb atalgan. Arablar bu maxdlliy nomni buzib Nasaf 
deb ishlatgan bo`lsa kerak. Hozirgi Qarshi 
XIV 
asrning birinchi yarmida voha o`rtasida 
Samarqand, Buxoro, Afg`oniston, Hindiston va SHarqdagi boshqa qo`shni mamlakatlardan 
keladigan yo`llar ustida qurilgan. CHig`atoy naslidan bo`lgan Kepakxon 
(1309 —1326) 
Qashqadaryo vodiysiga o`rnashgan eski Naxshabdan ikki farsax narida o`ziga saroy qurgan. 
Saroy Mo`g`ul tilida Qarshi deb ataladi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish