О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Varg`anza
— Kitob rayonidagi qishloq nomi. Maxalliy aholining ko`pchiligi anorchilik 
bilan shug`ullanadi. Aytishlaricha, bu erga boshqa erlardan kelishib anor o`g`irlab ketishgan. Bu 
voqea muntazam takrorlanib turgan. SHuning uchun bu qishloqqa «varg`anza», ya`ni anor 
o`g`irlanadigan joy, deb nom bergan ekanlar. B. Ahmedov ta`rificha «var» so`zi so`g`diycha 
bo`lib, «shamol», «g`anza» — koni, ya`ni shamol koni degan ma`noni bildiradi. Hozir hdm bu 
qishloq shu nom bilan ataladi.
SHahrisabz 
— Qashqadaryo viloyatiga qarashli shahar. Bu nom XVI asrda tilga olinadi. 
SHaharning qadimgi nomi Kesh. XV — XVI asrlardagi tarixiy manbalarda, chunonchi, xoja 
Axrorning vaqf hujjatlarida va «Boburnoma» da Kesh va SHahrisabz nomlari parallel’ 
ishlatiladi. SHahrisabz — «Ko`kalamzor shaxdr», ya`ni «YAshil shahar» demakdir. XIV — XV 
asrlarda Amir Temur va Ulug`bek davrlarida SHahrisabzda qator monumental binolar — sarof, 
masjidlar, maqbara va boshqalar qurildi. Bu inshootlarning xarobalari hozirgi vaqtda noyob 
me`morchilik yodgorligi sifatida saqlanib qolgan.
YAkkabog` 
— Qashqadaryo viloyati YAkkabog` rayonidagi shu nomdagi aholi 
yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi YAkkabog` rayoni o`rnida 
axoli kam bo`lgan. Bularning ham ko`pchiligi ko`chmanchi xalq bo`lib, chorvachilik bilan 
shug`ullangan. YAkkabog` hududi ekin ekishga qulay bo`lgan. U Hisor tog`iga yaqin bo`lib, 
chashma va mayda soy suvlari YAkkabog`dan o`tadi. Suvning bu jixdtdan qulayligi bog`-rog` 
barpo etishga olib kelgan. Bu joyda oldyn yakka bog` barpo qilingan. YAkkabog` rayoni
hududida bir necha qishloq mavjud.
Bulardan biri No`g`aylidir. No`g`aylar haqida aytilgan ayrim gaplar hozir ham xalq 
o`rtasida mavjud. Ikkinchi qishloq — Qatag`on (quvilganlar), uchinchi qishloq — Uchtepa.
CHimqo`rg`on 
— Qashqadaryo viloyatidagi qishloq. CHimqo`rg`on — chim devor bilan 
o`rab olingan joy demakdir. Bu qishloq aholisi talonchilardan saqlanish maqsadida o`z 
qishloqlarini atrofini devor bilan o`rab olishgan. Bu devor atrofida chuqur xdndaqlar qazib, suv 
bilan to`latib qo`yishgan. Qo`rg`onga kirib chiqadigan to`rtta darvoza bo`lib, ularga ko`tarma 
ko`priklar orqaligina kirilgan. Aholisi qo`rg`on tashqarisida dehqonchilik qilgan. Ular o`zlariga 
to`q va mard kishilar bo`lgan. Qo`rg`onni yov olish mushkul bo`lgan. Qishloq aholisi qo`rg`onga 
suvni tog`dan sopoldan yasalgan quvurlar orqali keltirishgan. Bunaqa quvur yot kishilar uchun 
sir saqlangan, Quvur erga ko`milib, bir uchi tog`dagi buloqlarga bog`langan. Rivoyatda 
aytilishicha, bu qishloqqa yov bostirib keladi, lekin qo`rg`onga bostirib kirish imkoniyatini 
topolmay to`xtab qolishadi. SHu vaqtda CHimqo`rg`on hokimining chiroyli qizi 
bosqinchilarning lashkarboshisiga xufiyona oshiq bo`lib qoladi. U muhabbat deb dushman 
tomonga qochib o`tadi va sir saqlangan suv yo`lini aytib beradi. Bu yovga qo`l kelib, buloq 
og`zini bekitishadi. Suvsiz qolgan xalq sotqinlik natijasida engiladi. CHimqo`rg`on bosib olinib, 


85 
devorlari buzib tashlanadi. Sopol quvurlar esa er tagida qolaveradi. Ularning qoldiqlari hozir 
ham o`sha ko`milgan erdan topilmoqda. CHimqo`rg`on qishlog`i devorlari buzilib ketsa ham o`z 
nomini saqlab qolgan.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish