208
4.6.
Ijrochi o‘zgarmas tok motorlari
Ijrochi O‗TM lari (4.13-rasm) elektr signallarni mexanik harakatga aylantirish
uchun mo‗ljallangan. Bunday motorlar kam inertsiyali, ya‘ni boshqarish O‗TMni
tezkorlik bilan mexanik harakatga oshiradigan bo‗lishi lozim.
Odatdagi
konstruksiyali O‗TMlarida yakor o‗zagining mavjudligi yakorning inersiya
momentini ancha orttiradi. SHu sababli ijrochi O‗TMlar pazsiz yakorli va yakori
bosma chulg‗amli qilib tayyorlanadi.
Umumiy maqsadli O‗TMlariga qo‗yiladigan talablardan
tashqari ijrochi
O‗TMlariga boshqarish signalining uzilishi bilan o‗z harakatini darhol to‗xtatishi
va inersiyasining kamligi kabi maxsus talablar qo‗yiladi.
Elektromagnit qo‗zg‗atishli ijrochi O‗TM larining ikkita chulg‗ami bo‗lib,
ulardan bittasi elektr tarmog‗iga doimiy ulanib, uni
qo‘zg‘atish chulg‘ami
deyiladi.
Valning aylanishi zarur bo‗lgan holda ikkinchi chulg‗amga, ya‘ni
boshqarish
chulg‘amiga
elektr signali beriladi.
Ijrochi O‗TMlarining konstruksiyasi umumiy maqsadli O‗TM larinikidan
quyidagilar bilan farq qiladi
, ya‘ni
ularning yakori, staninasi va qutblari yupqa
elektrotexnik po‗lat tunukalaridan yig‗ilgan bo‗ladi, chunki bunday motorlarning
ishi ko‗pchilik hollarda o‗tish jarayonlar bilan bog‗liq bo‗ladi. Ijrochi motorlarning
magnit zanjiri to‗yinmagan bo‗ladi, shu sababli uning ish xarakteristikalariga yakor
reaksiyasi deyarli ta‘sir qilmaydi.
Mustaqil qo‗zg‗atishli ijrochi
motorlarning ikkita usul bilan, ya‘ni yakordan
va qutbdan boshqarish mumkin. Xarakteristikalari chiziqli bo‗lganligi va elektr
signali uzilganda yakor tezkorlik bilan to‗xtash qobiliyatiga egaligi kabi afzalliklari
mavjudligidan
yakordan boshqariladigan
ijrochi O‗TM lari (4.13, b-rasm) amalda
keng qo‗llaniladi.
Bularda qo‗zg‗atish chulg‗ami motorning
butun ish jarayonida elektr
tarmog‗iga ulangan bo‗ladi. Yakor chulg‗ami esa
boshqarish chulg‘ami
deyiladi.
Bu chulg‗amga boshqarish signalini berganda yakor chulg‗amidan o‗tadigan tok
209
qo‗zg‗atish chulg‗ami magnit maydoni bilan ta‘sirlashib, aylantiruvchi moment
hosil qilishi natijasida yakor aylanadi.
Ijrochi motor inersiyasini kamaytirish maqsadida quyma ferromagnit o‗zak
ichki stator
deb nomlanadigan qo‗zg‗almas qismda joylashgan bo‗lib, yakor
chulg‗ami esa silindrik karkasga plastmassa bilan quyib mahkamlanadi. Demak,
yakor chulg‗ami o‗tkazgichlari plastmassa bilan
mahkamlangan silindrsimon
kavak idishdan iborat bo‗lar ekan.
Ichi kavak yakorning inersiya momenti odatdagi yakornikidan ancha kamligi
tufayli motorning
yaxshi tezkorlikka egaligi uning afzalligi
bo‗lsa, qo‗zg‗atish
chulg‗ami joylashgan o‗zak (tashqi stator) va qo‗zg‗almas ferromagnit o‗zak (ichki
stator)
orasida
katta nomagnit oraliqqa egaligi
magnit qarshilikni oshirib zaruriy
maydon hosil qilish uchun qo‗zg‗atish MYK ni ancha
oshirish talab etilishi
(demak, motor gabaritining nisbatan oshishi) esa
ularning kamchiligidir
.
Do'stlaringiz bilan baham: