O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“KELISHILDI” “TASDIQLAYMAN”
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,
Tibbiy profilaktikaprofessor professor Teshaev O.R._________
F.I. Salomova _______________ «____» _______________2014 yil
«______»___________2014 y
Kafedra: XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA
Fan: FIZIOTERAPIYA
DAVOLASH VA TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETLARI
4 KURS TALABALARI UCHUN
MUNDARIJASI'>O‘QUV- USLUBIY MAJMUA
TOSHKENT-2014
O‘QUV USLUBIY- MAJMUA MUNDARIJASI
№
|
MUNDARIJA
|
BETLAR
|
1
|
Namunaviy o‘quv dasturi
|
3-17
|
2
|
Ishchi o‘quv dasturi
|
18-35
|
3
|
Ta'lim texnologiyasi
|
36-118
|
4
|
Masalalar va mashqlar to‘plami
|
119-125
|
5
|
Test savollari
|
125-136
|
6
|
Nazorat uchun savollar (JN, YaN)
|
136-139
|
7
|
Umumiy savollar
|
139-140
|
8
|
Tarqatma materiallar
|
141-150
|
9
|
Glossariy
|
151-153
|
10
|
Referat mavzulari
|
153-154
|
11
|
Adabiyotlar ro‘yxati
|
154-156
|
12
|
Tayanch konspekt
|
-
|
13
|
O‘quv materiallari
|
157-210
|
14
|
Xorijiy manbalar
|
210
|
15
|
Kurs ishi mavzulari
|
-
|
16
|
Annotatsiyalar
|
210-212
|
17
|
Mualliflar to‘g‘risida
|
212
|
18
|
Foydali maslahatlar
|
-
|
19
|
Normativ hujjatlar
|
213-221
|
20
|
Baholash mezonlari
|
221-225
|
Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201_ yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.
Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Usmanxojayeva A.A.
|
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedra mudiri, dotsent, t.f.n.
|
Visogorseva O.N.
|
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.
|
Taqrizchilar :
Fedorova M.V.
|
TTA ichki kasalliklar propedevtikasi XDT, gematologiya va kasb kasalliklar kafedrasi dotsenti. t.f.n.
|
Xamrabaeva F.I.
|
ToshVMOI gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi mudiri t.f.d, professor
|
Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201_ yil ________dagi «_____» «____»-sonli bayonnoma)
Kirish
Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya bo‘yicha dastur. Davlat o‘qitish standarti asosida tuzilgan va tibbiy oliygohlarning tibbiy-pedagogika, davolash, stomatologiya fakultetlari uchun mo‘ljallangan. Dastur umumiy fizioterapiya, jismoniy reabilitatsiya va shifokor nazorati sohasida tibbiy ta'limni va ma'lumot saviyasini oshirishga qaratilgan.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanlarni o‘qitishdan maqsad – aholini salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, tibbiyot sifatini oshirishda davolash-profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish. Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator (poliklinika) sharoitida turli kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolashda, asoratlarini oldini olishda va profilaktika maqsadida fizikaviy va davolovchi jismoniy tarbiya usullarni qo‘llanishiga o‘rgatish.Aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash. Shifokor nazoratida -jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini, organizmning funksional holatini, asosiy tizimlarning holatini, jismoniy yuklamalarning organizmga ta'sirini, organizm tomonidan berilayotgan javob reaksiyalarini baholashni o‘rgatish.
Faninng vazifalari:
fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;
turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida to‘laqonli kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatish;
jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;
davolash va reabilitatsiya davrida davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatish;
aholining turli kontingentlari orasida, ularning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ko‘nikishlari uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish;
aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash uchun jismoniy yuklamaning organizmga ta'sirini baholash usullarini o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |