Barqaror taraqqiyot (rivojlanish) — hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlansh mazmun boʻyicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda yaqindir. Barqaror rivojlanish uchta asosiy ustun o'rtasidagi muvozanatni qidirib ishlaydi: ekologiya, iqtisodiyot va jamiyat. Vaqt o'tishi bilan barqaror bo'lgan rivojlanish atrof-muhit va tirik mavjudotlarni muhofaza qilish o'rtasida muvozanatga ega bo'lishi kerak, u mamlakatlar iqtisodiyotini yaxshilashga yordam berishi va shu bilan birga zamonaviy jamiyat rivojiga hissa qo'shishi kerak. tengsizlik, irqchilik, gender zo'ravonligi va boshqalar kabi muammolar.
Butun dunyo insoniyati qashshoqlik, tengsizlik va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning yechimini talab qilgan bir davrda 2015-yil 25-sentabr kuni barcha mamlakatlarning yetakchilari 2030-yilgacha bo‘lgan davrga bo‘ljallangan barqaror taraqqiyot dasturini qabul qilib, talablardan aniq harakatlarga o‘tish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida yig‘ilishadi.Undan oldin esa 2000-yilda 15yilga moʻljallangan Mingyillik Taraqqiyot Maqsadlari(MTM) ishlab chiqilgan edi.
Mamlakat barqaror rivojlanib, jamiyat taraqqiyoti va gullab-yashnashi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ish kabi asosiy ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish zarur, chunki agar ijtimoiy qashshoqlik tarqalayotgan bo'lsa yoki odatiy narsa bo'lsa, qolgan ikki yo'nalish harakatni rivojlantirish mumkin emas.
Xulosa qilib aytsak, Global jarayonlar, Globallashuv, Globalistika, Barqaror taraqqiyot tushunchalari bir-biriga aloqador bo’lgan, bir-birini taqozo etuvchi bugungi kundagi faol tushunchalardir. Tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan biz yashayotgan davrda biz har birimiz globallashuvning salbiy va ijobiy tomonlari to’g’ri talqin qila olishimiz va kelajak avlodgayam buni yetkaza olishimiz lozim. Yana shuni aytish lozimki, Yer yuzida sodir bo’layotgan Global muammolarga befarq boʻlmasligimiz kerak. Shu sababli yurtboshimiz bu Global muammolarga qarshi kurashish uchun barqaror taraqqiyot va rivojlanish yo’lidagi hamkorlikka alohida ahamiyat bermoqda. Shunday ekan, biz ham qadriyatlarimizni unutmagan holda zamon bilan hamnafas boʻlib, shu texnika, taraqqiyot asrida hamma sharoitlardan oqilona foydalanib, har sohadagi bilimlarni puxta o’rganib, biz ham Global muammolarni yechishga, yurtimizni har tomonlama rivojlantirishga oʻz hissamizni qoʻshishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |