Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus ta’lim vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 205-guruh (kunduzgi) talabasi
Komilova Madinabonu Baxtiyor qizi ning
Falsafa fanidan yozgan Mustaqil ishi
Toshkent - 2021
Esse
Global jarayonlar dialektikasi. Globallashuv. Globalistika. Barqaror taraqqiyot.
XXI asr – bizning asrimiz. Yangi texnologiyalar zamoni, tafakkur asri. Biz bugun tez rivojlanib borayotgan, insoniyat bundan oldin ko’rmagan zamonda yashayapmiz. XXI asr globallashuv asri hisoblanadi. Xayolimizga shu payt bitta savol kelishi mumkin: Globallashuv oʻzi nima?
Globallashuv – hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvidir.
Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha – “globe” so’zidan olingan bo’lib, aynan unining dumaloqlashuvi, kurralashuvi deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Yer yuzida, ya’ni barcha davlatlarda katta oʻzgarishlar boʻla boshladi. Shu oʻzgarishlar va ular tufayli kelib chiqqan muammolar ham 1990-yillarda “Globallashuv” deb nomlandi. Bir soʻz bilan aytganda unga shunday ta’rif berishimiz mumkin : Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir. Bu obyektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. A.Ochildievning ta`kidlashicha, “...eng umumiy ma`noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”.
Globallashuv oʻzi qachon paydo boʻlgan? degan savol hammani qiziqtirishi mumkin. Oʻzi globallashuvning ildizlari XV asr oxirlariga borib taqaladi. XV asrlarda bilamizki, bizning bobokalonlarimizdan Mirzo Ulug’bek, dunyo olimlaridan Jardono Bruno, Nikolay Kopernik, Galileo Galiley va boshqalar yashab oʻtgan. Ular koʻpincha astronomiya oid qarashlari bilan hech kim hali aniqlay olmagan muhim ma’lumotlarni aniqlab, tadqiqotlarni osonlashtiruvchi har xil buyumlarni (jumladan, teleskop) yaratib, Globallashuvga tamal toshini qoʻyishgan. XIX asr boshiga kelib esa Globallashuv oʻz shakl- shamoyilini kasb eta boshladi. Aynan shu davrda Buyuk geografik kashfiyotlar yuz berdi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari oraligʻidagi davrda globallashuv jarayonlari yanada boʻrtibroq namoyon boʻla boshladi. Yaʻni u davrda “ommaviy madaniyat”, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlandi, televizor ixtiro etilidi. Vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylandi, havo kemalari(samolyotlar)da vaqtni ancha tejab qit’alar aro qoʻnmay toʻgʻri uchib oʻta boshladi.
Globallashuv tufayli hayotimizda koʻp narsa osonlashdi.Ayniqsa, 1991-yil Internet paydo boʻlgandan keyin dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil birlashdi.Ya’ni butun dunyo haqidagi ma’lumotlarni biz dunyoning istalgan chekkasidan turib osongina topishimiz mumkin. Internet uzoqimizni yaqin qildi. Lekin har bir narsaning ijobiy tomoni bilan birga salbiy tomoni ham boʻlganidek, globallashuv sababli ba’zi muammolar kelib chiqqan. Masalan, “Ommaviy madaniyat” zararlari Globallashuv tufayli kirib kela boshladi. Bu orqali yosh avlodning oʻz qadriyatlari, dinian chetlashish, yuzaki va ahamiyatsiz boʻlgan narsalarga qiziqishh holatlari yuzaga kela boshladi. XX asr oʻrtalaridan boshlab “ommaviy madaniyat”ga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.
Globallashuvning salbiy tomonlaridan yana biri shundaki, Globallashuv tufayli bugungu kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar juda tigʻiz va har qanday turdagi maʻlumotlarni topishimiz mumkin (xoh u yaxshi boʻlsin, xoh yomon). Internetning bizga foydali tomonidan yoki zararli tomonidan foydalanish har bir insonning o’z qoʻlida. Lekin agarda oʻsib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy olamida ozgina boʻshliq boʻlsa, u uchun Internetdagi zararli ma’lumotlar, keraksiz har xil saytlar uning ma’naviy dunyosi qashshoqlashishiga olib keladi. Shuning uchun shunday rivojlanayotgan davrda yosh avlodning yetuk inson boʻlib yetishishiga alohida eʻtibor berilmoqda.
Globalistika - bu xalqaro munosabatlar va jahon siyosati sohasidagi bilimlarning fanlararo shakli bo'lib, u gumanitar fanlar inqirozini engib o'tishga intilib, zamonaviy dunyoda sodir bo'layotgan jarayonlar ta'siri ostida tadqiqot ob'ektlarining tez-tez chidab bo'lmas ixtisoslashuvi va o'zgarishi bilan ajralib turadi.
"Globalistika" atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarning ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlari yig'indisini, shu jumladan, bunday tadqiqotlar natijalarini va ularni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda amalga oshirish bo'yicha amaliy tadbirlarni bildirish uchun ishlatiladi. So'nggi paytlarda ekologik globalistika ham alohida soha sifatida rivojlanmoqda. Globalistika zamonaviy ilm-fanga xos bo'lgan integratsiya jarayonlari natijasida tug'ilgan va tadqiqot va bilish sohasi bo'lib, unda turli xil ilmiy fanlar va falsafa o'z predmeti va uslubi nuqtai nazaridan bir-biri bilan o'zaro ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |