Global muammolar - bu barcha xalqlar manfaatlariga daxldor bo'lgan sayyoraviy xarakterdagi ijtimoiy va tabiiy muammolar majmuyi bo'lib, ularni hal qilish insoniyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti va sivilizatsiyani saqlab qolishga bog'liq. Bu muammolar dinamikligi bilan ajralib turadi, jamiyat taraqqiyotining ob'ektiv omili sifatida yuzaga keladi va ularni hal etish uchun butun insoniyatning birlashgan sa'y-harakatlari talab etiladi. Global muammolar o'zaro bog'liq bo'lib, inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi va barcha mamlakatlarga ta'sir qiladi, Global muammolar paydo bo‘lishining sababi inson faoliyati bilan bugungi tabiatdagi va jamiyatdagi ahvol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘sib borishidir.
Global muammolarni 4 guruhga ajratib ham oʻrganishgan ekan :
Xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan Global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi.Ular orasida tafovut kuchaygan.Qoloq davlatlar vujudga kela boshladi va terrorizm,ekstremizm kabi botqoqlar ham koʻproq shu yerlarda vujudga kela boshladi;
2) Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n Global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Bundan iqtisodi rivojlangan davlatlar va iqtisod rivojlanmagan davlar oʻrtasidagi farq oshib ketdi va natijada, rivojlanmagan davlatlar rasman mustaqil bo’lsa-da, aslida iqtisodi rivojlangan davlatlardan qarz olish evaziga ularga qaram boʻlib qolishdi.
3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan Global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi;
4) inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan Global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |