Anketalash nima mumkin va nima mumkin emas:48
Savollar xolisligini ta’minlash kerak.
Savollar oddiy bo’lishi zarur.
Savollar aniq bo’lishi darkor.
Qisqartirishlar va ko’chabop so’zlardan foydalanmaslik kerak.
Murakkab va kam ishlatiladigan so’zlarni ko’llamaslik zarur.
Ikki ma’noli so’zlarni qo’llamaslik ma’qul.
Inkor qilish bilan boshlanadigan gaplar tuzmaslik kerak.
Hayotiy savollar berish ma’qulroq.
Noto’g’ri eshitilishi mumkin bo’lgan so’zlar ishlatmaslik kerak.
Murakkab savollarga javoblarni engillashtirish zarur.
Javob variantlarini bir-birini inkor etmasligi kerak.
Aniq javob beriladigan savollarga “boshqa variant” degan imkoniyat bo’lishi darkor.
Bundan tashqari, anketa varaqalarini tez tarqatish va tezroq to’ldirilishini ta’minlash kerak. Buning uchun safarbar qilinadigan ish guruhi vakili bir kunda ko’pi bilan 30-50 respondent bilan muloqotda bo’lishi kerak. Bu chegara kamroq yoki ko’proq bo’lishi ham mumkin. Savollar ko’p-ozligi, murakkabligi, so’rov o’tkazish muddatlari, manzillarini nazarda tutgan holda ish guruhining mehnat faoliyati tartibga solinadi.
Anketa ma’lumotlarini qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etish bosqichlari dastlab rejalashtirilgan muddatlar bo’yicha amalga oshiriladi. Tahlil etish chog’ida ma’lumotlarni umumlashtirish, tasviriy jihatdan tushunarli, sodda tarzda taqdim qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Endi bevosita anketa savollari, javoblari, ularni tuzish to’g’risida batafsilroq to’xtalamiz.
So’rov uchun tavsiya etilayotgan anketa uch qismdan tashkil topadi: kirish, asosiy qism (muammo bo’yicha anketa savollari), respondent (so’raluvchi) haqida ma’lumot.
Anketaning kirish qismida o’tkazilayotgan tadqiqotning maqsadi, vazifalari ifodalanadi. Anketa savollariga javob berish tartibi, yo’riqlar, ko’rsatmalar kirish qismining asosini tashkil etadi. Kirish qismida bayon etilayotgan fikrlar respondent (so’raluvchi)ni qiziqtira olishi hamda amalga oshirilayotgan tadqiqot yalpi iste’molchi manfaatlarini ko’zlab o’tkazilayotganini ifodalashi lozim. Agar respondent o’tkazilayotgan tadqiqot faqat ishlab chiqaruvchi manfaatlarini ko’zlab uyushtirilayotgan bo’lsa, u holda so’rov natijalarining haqiqiy va real bo’lishiga kafolat berish qiyin. Bundan tashqari, kirish qismi sodda, ravon gaplardan tuzilgan bo’lishiga e’tiborni qaratmoq lozim.
Odatda anketalarda respondent to’g’risidagi ma’lumotlar oxirgi savollarda so’raladi. CHunki respondent anketa savollariga qiziqishi, chuqurlashishini ta’minlash aynan shunday tartibda savollar qo’yilishini talab qiladi. Respondentning sha’niga teguvchi ayrim tovarlarni iste’mol qilishga oid savollarni imkon boricha uchinchi shaxs vositasisiz bergan ma’qul. Masalan, «Bir kunda siz qancha go’sht iste’mol qilasiz?», «Siz uchun qancha ichki kiyim komplekti kerak?». Bunday tarzdagi savollar berish o’rniga: «Sizning fikringizcha, inson bir kunda qancha go’sht iste’mol qilishi rasional hisoblanadi?», «Fikringizcha insonlar (erkak va ayollar) o’z uy sharoitlarida bir xaftada necha komplekt ichki kiyimdan foydalanadi?» - mazmunda savol qo’yish o’rinli. CHunki respondent busavolga javob berishda ixtiyorsiz o’z tajribasi, ko’nikmasiga ko’ra jaovb berishga harakat qiladi.
Anketa uslubida so’rov o’tkazish murakkab va serqirra tadqiqot bo’lishi bilan birga, u qiziqarli va o’ta muhim xulosalar va takliflar ishlab chiqishga imkon beradi. Anketa savollarini tuzishda nayfaqat tayinli firma ishtiyoqi, izlanish yo’nalishi, balki respondentning qiziqishi, muloqot odobi qoidalari albatta inobatga olinishi zarur. Samimiylik va o’zaro ishonch ruhida anketa so’rovini tashkil etish esa bunday tadqiqotning ishonchlilik darajasini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |