Guruh ishtirokidagi intervyu esa bir necha (odatda 8-12 kishidan iborat guruh) shaxslar ishtirokida, ular fikrini aniqlash, umumlashtirish, bir qarorga kelishni ta’minlash maqsadida uyushtiriladi. Guruh ishtirokidagi intervyu olib boruvchi muloqotga usta, notiq va fikrlarni mantiqan umumlashtirishda yuksak qobiliyat sohibi bo’lishi nazarda tutiladi. Bunday suhbat videolentaga yozilishi va keyinchalik to’g’ridan- to’g’ri rahbariyatga topshirilishi mumkin. Bunda so’ralayotgan ob’ektning o’zi, o’z fikrlarining asoslashlari yaqqol ko’rinib turadi. Masalan, yangi avtomobilning ichki jihozlari, uning qulay dizaynda yasalishi bo’yicha so’rovda ko’p yillik haydovchilar bilan guruhli intervyu o’tkazish mumkin.
Guruhli intervyulash fokus guruhlarda ham qo’llanilishi mumkin. Bu keng qo’llaniladigan tadqiqot usuli bo’lib, maqsadli bozorning bir guruh namoyondalarini tovar, xizmat yoki bozor holatini muhokama qilish maqsadida taklif etish orqali uyushtiriladi. Fokus guruh 8-12 kishidan iborat bo’lishi mumkin. Moderator 1,5-2 soat davomida aniq sxema (topic guide) asosida erkin suhbat olib boradi. Muhokama va bahs biror maxsus joyda tashkil etiladi hamda audio-video plyonkaga yozib olinadi.45
Telefon orqali so’rov ma’lumot yig’ishning eng oson va qulay usulidir. Bu usulda tadqiqotchi respondentdan qisqa vaqt ichida, kam xarajat qilib katta miqdorda ma’lumot olishi mumkin. Telefon vositasida intervyu- so’raluvchi (respondent) bilan telefondagi qisqa suhbatni o’z ichiga oladi. Odatda u telefon aloqasi yaxshi uyushtirilgan holatdagina qo’llaniladi. Lekin, so’raluvchi bilan atroflicha suhbatlashish, uning fikrini mukammalroq bilish doirasi bir muncha cheklangan bo’ladi.
Bu usulning kamchiliklari: birinchidan, bunday so’rovni faqat telefoni bor kishilar bilan o’tkazish mumkin; ikkinchidan, so’rovda qatnashish istagini har kim ham beravermaydi.
Pochta orqali so’rov ko’pincha anketa savollariga javob olishdan iborat. Bunda tadqiqotchi respondent bilan bilvosita bog’lanadi hamda uning javoblariga ta’sir ko’rsata olmaydi. Tarqatilgan anketalardagi savollar aniq va tushunarli berilishi, javob variantlari esa barcha holatlarni inobatga olishi kerak. Bu usulning kamchiligi - respondentlarning anketalarni hamma vaqt ham qaytarib bermasliklari hisoblanadi.
So’rov uslubi tadqiqot uchun tanlov birligi, hajmi, belgisi va o’tkazish tartibini dastavval aniqlanishni taqozo etadi. Masalan, o’rganilayotgan majmua ob’ektlarning barchasini to’liq o’rganish imkoni bo’lmaganda, tanlanma uslub qo’llaniladi. YUqoridagi misolda keltirilgan soch quritish va soch turmaklash qurilmasini sotib olib foydanalayotgan ayollarning ushbu predmetga munosabati, mamnunligi, xarid vaqtida va xariddan 1 oy keyin so’roq tarzida amalga oshirilishi mumkin. Muloqot yo’nalishida esa telefon, pochta, shaxsiy yoki guruhli suhbat qo’llaniladi. Muloqotdagi auditoriya bilan aloqa o’rnatish uslublari ichida telefon orqali intervyu, shaxsiy, guruhlar vositasida intervyu, pochta orqali anketa yuborish ko’p qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |