O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 1,21 Mb.
bet61/102
Sana26.03.2022
Hajmi1,21 Mb.
#511359
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi (1)

Narx omillari iste’molchining mahsulotni sotib olish va ishlatish muddati davomida foydalanish xarajatlarining to’liq strukturasi bilan tavsiflanadi va mahsulotning xususiyatlari, uni sotib olish va ishlatish sharoitlari bilan belgilanadi. Iste’molchining jami xarajatlari umumiy holda bir vaqtli va joriy xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Bir vaqtli xarajatlar - bu mahsulotni sotib olish (mahsulot narxi); soliq yig’imlari; transportlash, yig’ish, o’rnatish, sinab ishga tushirish xarajatlari (agar ular mahsulot narxiga kiritilmagan bo’lsa).
Joriy xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning mehnatiga haq to’lash; yoqilg’i va energiya xarajatlari; asosiy va yordamchi materiallar; texnik va boshqa hujjatlarni olish va xodimlarni o’qitish xarajatlari.
Narxsiz omillar ancha murakkab va mexnatni ko’proq talab qiladi. Ularni baholashdagi eng keng tarqalgan yondoshuv - foydali iste’mol samarasini aniqlash usuli. Har bir tovarning foydali samarasi sifat omilining kengaytirilgan tushunchasi bo’lgan ko’pgina sifat ko’rsatkichlarining to’plami bilan tasviflanadi. Foydali samaraga ta’sir etuvchi barcha ko’rsatkichlarning umumiy strukturasini 10.2.-chizmadagiday qilib tasvirlash mumkin. Foydali samara, raqobatbardoshlikning asosiy xususiyatlari sifatida ikki turga bo’linadi: moddiy va nomoddiy omillar.
Moddiy omillar tovarning eng muhim funksiyalarini va ular bilan bog’liq asosiy tavsiflarni tasvirlaydi. SHuning uchun ham ularni almashtirish faqatgina mahsulotning konstruktiv tamoyillari bilan belgilangan muayyan chegaralar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bu omillar guruhiga quyidagilar kiradi: ergonomik ko’rsatkichlari; ekologik ko’rsatkichlari; maqsadli ko’rsatkichlari; ishonchlilik ko’rsatkichlari.



12.4-chizma. Raqobatbardoshlik omillari

Tovarning nomoddiy xususiyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: estetik, malakaviy, obro’-e’tiborli, innovasion, axborotni himoyalash ko’rsatkichlari.


Bozor xilma-xil tovarlar, jumladan, moddiy omillari jihatidan o’xshash bo’lgan tovarlar bilan to’lgan bo’lsa, tovarlarga o’ziga xos jozibani beruvchi nomoddiy omillarning ahamiyati oshadi. Tovarning nomoddiy omillari to’plamini aniqlash - uning raqobatbardoshligi tahlilining boshlang’ich nuqtasidir. So’ngra bu omillarni tasniflash va miqdoran o’lchash kerak.
Har biri muayyan ahamiyatga ega bo’lgan moddiy omillar uchun buni amalga oshirish ancha oson. Ushbu ahamiyat u yoki bu birliklarda ifodalangan bo’ladi (quvvati, o’lchami, aniqligi va hokazo). Nomoddiy omillar bilan ishlash ancha murakkabroq. Ularni, odatda, tabiiy fizik o’lchovga ega bo’lmaganligi sababli, bevosita miqdoriy baholash qiyin va shuning uchun ham ular yagona uslubiy asos tanlanishini talab qiladi.
Tovarning raqobatbardoshligi ko’p jihatdan korxonaning raqobatbardoshligini belgilaydi. Biroq ushbu ko’rsatkichlar orasida ma’lum tafovutlar ham bor. Masalan, korxonaning raqobatbardoshligi raqib firmalardan farqlarini aks ettirib, ancha uzoq muddat davomida qo’llanilishi mumkin. Tovarning raqobatbardoshligi ixtiyoriy, iqtisodiyot nuqtai nazaridan kichik vaqt oralig’ida aniqlanadi.




    1. Download 1,21 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish