11.2.Tovarlarni marketingcha tavsiflash.
Insonning turli ehtiyojlarini qondira oladigan asosiy vosita bu tovardir.50 Tovar nima? Tovar - bu oldi-sotdi uchun mo’ljallangan tayyor mahsulotdir. F.Kotlerning "Osnovi marketinga" kitobida: "Tovar - ehtiyojni qondira oladigan barcha narsalar va bozorga diqqatni tortish, sotib olish, foydalanish va iste’mol uchun taklif qilinadi", - deb ta’rif bergan.51 Tovarning marketingcha tavsifi 9.2-rasmda ko’rsatilgan:52
Tovarning iste’mol qiymati uning foydaliligi bo’lsa, qiymati uning narxida aaks topadi. Assortiment - bu tovarlarning ma’lum bir guruhlarga birlashishidir. Tovarning sifati - bu unga xos bo’lgan xususiyatlar yig’indisidir. Tovarning miqdori - tovarni o’lchash usulidir. Tovar haqidagi ma’lumotlar - tovarni tavsiflab beruvchi ma’lumotlar.
11.2-chizma. Tovarning asosiy tavsiflari
11.3.Tovarning tarkibiy qismlari
Tovarning tarkibiy qismlari 11.3-chizmada berilgan.
11.3.-chizma. Tovarning tarkibiy qismlari
Tovar (qadog’i) o’ramasi, agar mahsulotni saqlash va o’z iste’molchisiga yetkazish buni talab qilmasa, uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanmaydi. Bunday mahsulotlarga kartoshka, karam, sabzavotlar, qazilma boyliklarni misol keltirishimiz mumkin. Lekin bunday mahsulotlar ro’yxati cheklangan. Ko’pgina mahsulotlarga qadoqlanishi juda muhim. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida raqobatchilik kuchli bir paytda mahsulotning qadoqlanishi faqatgina himoya vositasi emas, balki u mahsulotning prezentasiyasi, iste’molchi bilan muloqot va raqobatchilardan ajralib turish vositasi hamdir. Tovar o’ramasining ikkita asosiy funksiyasi mavjuddir:
1) Iste’molchi va taqsimot kanalidagi vositachilarga manfaat keltirishi, ya’ni mahsulotni sinish yoki buzilishdan himoya qilish, tashish va saqlash, yuklash uchun qulay bo’lishi va oson qayta ishlanishi kerak.
2) Kommunikasiyani osonlashtirishi - mahsulot xususiyatlari, tarkibi va foydalanish ko’rsatmalari, upakovka rangi hamda formasi: hammasi iste’molchini mahsulotni sotib olishga undashi kerak.
Mahsulot qadoqlanishi uch darajada bo’lishi mumkin:
1. Iste’molchi o’ramasi (ichki) - ichida mahsulot saqlanadigan saqlash qobig’i, masalan, tish pastasi tyubigi.
2. Tashqi o’rama - asosiy o’ramani o’z ichiga olgan himoya qobig’i, masalan, tyubik saqlanadigan quti.
3. Transport o’ramasi - tashish uchun mo’ljallangan sig’imlar, ulgurji qutilar.
Barcha turdagi qadoqlash usullari ijtimoiy ehtiyojlarni, iste’molchi o’ramasi esa estetik ehtiyojlarni qondiradi. O’rama quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Saqlovchi
Axborot beruvchi
ekologik
Ajratib ko’rsatuvchi
estetik.
Bozorda turli davrlarda muvaffaqqiyatga erishgan qadoqlash usullariga misollarni ko’rib chiqish mumkindir:
"Vaytl" mineral suv ishlab chiqaruvchi firma plastik butilkalari formasini aylanadan to’rt burchakka aylantirdi. Reklama esa butilka yiqilib ketganda dumalab ketmasligini ustunlik sifatida baholadi.
"Procter & Gamble" ning "Pringls" kartoshka chipslari xaltacha o’rnida silindrik qadoqlanish usulida ishlab chiqariladi.
Motor moyi ishlab chiqaradigan firmalar moyni almashtirishni osonlashtiradigan qulay qadoqlanishda ishlab chiqara boshlaganlar.
Dekorativ va o’zgacha qadoqlash usullaridan foydalanish mahsulot qiymatini oshirib yuborishi và mavjud mahsulotni yangi mahsulotga aylantirishi mumkin. Masalan istalgan supermarketda 5 kg kartoshka $2 tursada, "Aydaxo" firmasi "12 tanlangan kartoshka" mahsulotini go’zal upakovkada $19 ga muvaffaqiyat bilan pullamoqda.53
Do'stlaringiz bilan baham: |