292
berdi. Moliyaviy vaziyat o‗nglanib, inflyasiyani 1994-yilga nisbatan uch barobar
kamaytirishga erishildi. Narxning o‗sishi yil boshida 16,9 foizni tashkil etgan bo‗lsa,
yil oxirida 2,2 foizni tashkil qildi. Valyuta bozorida joriy yilda o‗tgan yilga nisbatan
11 marta ko‗p, ya‘ni 1,3 mlrd dollar sotildi.
Ichki yalpi mahsulot 1995-yilda 1994-yilning darajasiga nisbatan 96 foiz o‗rniga
98,8 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad 98,5 foizga yetdi. Sanoat
ishlab chiqarish hajmi shu yili o‗tgan yilga nisbatan 100,2 foizga teng bo‗ldi.
Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni
ta‘minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratilgan. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida,
Respublika
Prezidentining farmonlarida, xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga
moliyaviy yordam ko‗rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish,
moddiy-texnika va xom ashyo resurslari bilan ta‘minlash borasida ko‗maklashish
nazarda tutilgan.
Ana shu sa‘yi harakatlar natijasida1995-yil o‗rtasida Respublika xalq xo‗jaligida
30770 kichik korxona va kooperativ, 20115 xususiy korxona ishlab turdi. 15600
fermer xo‗jaligi tashkil etildi, ularga 200 ming gektarga yaqin er biriktirib berilgan
bo‗lib, 67,5 ming kishi mehnat qilmoqda edi. Fermer xo‗jaliklarining tasarrufida 190
mingga yaqin qoramol va boshqa hayvonlar mavjud. 1995-yilning
faqat birinchi
choragidagina fermer xo‗jaliklari tomonidan o‗tgan yilning tegishli davridagiga
nisbatan ikki barobar ko‗p go‗sht va sut mahsulotlari tayyorlandi.
Kichik va o‗rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‗maklashuvchi jamg‗arma
tomonidan respublikaning 187 tuman va shaharida bank bo‗limlari ochildi. 1994- yili
va 1995-yilni olti oyida kichik va ijara korxonalariga, shuningdek shirkatlarga va
tadbirkorlarga jami 1.222.3 million so‗m miqdorda kredit berildi.
Ikkinchi bosqichda I.A. Karimovning ―O‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo‗lida‖ (1995-yil) asarida qo‗yilgan choralarni, xususan,
xususiylashtirish
va
raqobatchilik
muhitini
shakllantirish
jarayonlarini
chuqurlashtirish, makroiqtisodiy
barqarorlikka
erishish,
milliy
valyutani
mustahkamlash, iqtisodiy tarkibiy-strukturasini tubdan o‗zgartirish
chora-tadbirlari
amalgaoshirildi. 2000- yilda xususiylashtirish davlat dasturi bo‗yicha ko‗zda tutilgan
167 ob‘yekt o‗rniga 374 ob‘yekt xususiylashtirildi. Ularning negizida 152 ta
xissadorlik jamiyati, 103 xususiy korxona tashkil etildi. Shu yili davlat tasarrufidan
chiqarish vaxususiylashtirishdan 14,3 milliard so‗m mablag‗ tushdi. Bu 1999-yilgi
ko‗rsatishdan 1,6 barobar ko‗pdir.
Iqtisodiy islohotlarning borishida o‗rta va kichik biznesni rivojlantirishga
alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda 180 mingdan ortiq kichik va o‗rta
biznes sub‘yektlari va 200 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat
ko‗rsatmoqda.
Yangi parlamentning qo‗shma Majlisida (2005-yil 28.01.) I.Karimov 2005-
yilning iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo‗nalishlaridan biri kichik biznes
va fermerlikni rivojlantirishni chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat deb
ta‘kidladi. 2007-yil yarmida kichik biznesni 45%ga etkazish, hozir 36%ni tashkil
qiladi, bu ko‗rsatkich ilg‗or mamlakatlarda 60-65% ni tashkil etadi. Fermer xo‗jalikni
rivojlantirish uchun shirkat xo‗jalikning 2005-2007 yillarda 1100 tasini, 2005-yilda
293
esa 406 tasini qayta tashkil etish kerak. Fermerlarga yer ajratishda mahalliychilik,
urug‗-aymoqchilikka, poraxo‗rlikka yo‗l qo‗ymaslik vazifasini qo‗ydi.
2004-yilda qishloq xo‗jaligida yalpi o‗sish 10%ni tashkil qildi.
Shu jumladan
boshoqli don ekinlari besh million tonnaga yaqin, paxta 3,5 mln tonani tashkil qildi.
Kichik va o‗rta biznes iste‘mol mollar manbayi daromad va foyda manbayi
bo‗lib, yangi ish o‗rnini yaratadi. Kichik va o‗rta biznes Yaponiyada 80%, Evropa
Ittifoqida 67%, Germaniyada 65%, AQShda 52% ni tashkil qiladi.
1995-yil 5-yanvarda Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‗rsatish va uni
rag‗batlantirish to‗g‗risida Prezident farmoni, 1995-yil 21-fevralda «Kichik va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‗g‗risida» qonunlar qabul qilindi.
1995-yil Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi
tuzilib, bu tadbirkorlarga 10 mlrd.so‗m. yordam ko‗rsatdi.
Kichik va o‗rta biznesga chet ellik investitsiyalar jalb etildi. 2003-yili 450 mln.
dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi. 1992-yilda 1996-yil 85 mln dollarga yaqin
2001-yil boshlarida 190 mln. dollardan oshdi. 2003-yil 1-iyulga kichik va o‗rta biznes
korxonalari 200 mingdan oshdi.
Yuqoridagi tahliliy ma‘lumotlar, fikr-mulohazalar asosida xulosa qilish
mumkinki, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan
har tomonlama puxta
asoslangan holda ishlab chiqilgan taraqqiyotning―o‗zbek modeli‖ning mustabid
tuzumning og‗ir, asoratli oqibatlarini engib o‗tib, qisqa muddatda barqaror rivojlanish
holatiga erishish, aholi turmush farovonligini oshirish, jahondagi ro‗y berayotgan
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yuqori o‗sish sur‘atlarini saqlab qolishni
ta‘minlashi, uning bugungi kunda xalqaro maydonda keng e‘tirof etilishi haqli
ravishda mazkur modelni amalda o‗zini oqlagan, yorug‗
istiqbolimizni belgilab
bergan taraqqiyot yo‗li deyishga asos bo‗ladi.
Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
tomonidan ishlab chiqilgan Uzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha
«Harakatlar strategiyasi» mamlakatda isloxotlar samaradorligini tubdan oshirish
davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishini taminlash uchun shart –
sharoitlar yaratish mamlakatni madernizatsiyalash va xayotning barcha soxalarini
erkinlashtirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: