32
Baktriy podsholigining qulashi). Bir vaqtning o‘zida mahalliy davlatchilikning
tiklanishi jarayoni yiz bergan: miloddan avvalgi 329 yilda Maroqandda Iskandar
ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatish uchun kelgan Horazm shohi Farasmanni qabul
qiladi.
Miloddan avvalgi III asr ohirida-miloddan avvalgi II asrda Buhoroda,
Dovon(Fargonada)da,Sog‘dda alohida mulklar shakllanadi.
Ehtimolki ,aynan shu
davrda keyinchalik tarkibiga deyarli butun O‘rta Osiyodagi ikki daryo oraligi kirgan
Qang davlati bunyod bo‘lishiga olib kelgan.
Iskandar vafotidan keyin Diodorning shiddatli urushlaridan song O‘rta
Osiyo janubida Salavkiylar saltanati (miloddan avvalgi 310-250 yillar) tarkibiga
kirgan.Biroq miloddan avvalgi 3 asrning o‘rtalaridayoq Salavkiylarning Baqtriyadagi
satrapi Diodot tomonidan tuzilgan davlat fanda Yunon-Bagtriya deb nom olgan
markazi Balh) poytaxtga asos solib, butun Baqtriyani bosib oladilar. Ular alohida
mustaqil mulklardan iborat bo‘lgan o‘ziga hos konfederativ davlat barpo etishgan.
Miloddan avvalgi 2 asrda O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘idagi hududda
shunga o‘hshash Qang davlati shakllanadi.Ushbu davlat, beshta mulkdan iborat
bo‘lgan. Bu ularning mustaqillgidan dalolat berardi.
5.Miloddan avvalgi 2 asrning ikkinchi yarmi-yangi eraning 1 asri boshi –
mahalliy davlatlar: Qang, Xorazm podsholigi, Buhoro, So‘g‘d,
Davan
mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi,Yuechji davlatining qaror topishi va bu
hokimiyatning Gandaharga qadar yoyilishi.Ushbu mulklarning deyarli har birida
kumush yoki missdan yasalgan tanga zarb qilingan.Mahalliy so‘g‘d, Xorazm
yozuvlarining paydo bo‘lishi tanga zarb qilish bilan birgalikda rivojlangan
davlatchilikning asosiy belgisi hisoblangan.
6.Yangi eraning 1 asri boshi- yangi eraning 3 asri birinchi yarmi –antik
davrda mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi.O‘zbekiston janubida Yuedji davlati
asosida paydo bo‘lgan qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kirgan.Ikki daryo
oralig‘ida davlat tuzilmalarining mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi.Xorazmda
Afrigiylar sulolasining davlat tepasiga kelishi.Miloddan avvalgi 2
asr oxiridan
boshlab esa O‘rta Osiyo bilan Xitoy o‘rtasida muntazam diplomatik va savdo
munosabatlari amalga oshirildi. Sivilizatsiya tarixida birinchi marta G‘arb va Sharq
mamlakatlarini birlashtirgan qitalararo Buyuk ipak yo‘lining qaror topishi ushbu
munosabatlarning buyuk yakuni bo‘ldi. O‘rganilayotgan davrda Shimoliy Bagtriya
yuedji qabilasi hukmdori Kudjula Kadfiz tomonidan asos solingan Kushon imperiysi
tarkibiga kirgan. So‘g‘d (O‘zbekistonning Qashqadaryo va Samarqand hududlariga
kirgan) mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatgan.Buxoro va Dovon davlati ham
mustaqil faoliyat olib borgan, shuningdek Choch ham. Bu davlatlar Qang‘uy davlati
tarkibida ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 3-4 asrlarda O‘rta Osiyoda qudratli
imperiyalar Kushon va Parfiya davlati ko‘chmahchi
qabilalarning bosib kelishi
hamda iqtisodiyotining va madaniyatining inqirozga uchrashi natijasida kichkina
kichkina mustaqil davlatchalarga bo‘linib ketdi.
O‘zbekistonda davlatchilik uch yarim ming yillik tarixga ega. Umuman hozirgi
dunyoda 250 ga yaqin davlatlar bo‘lib, ular tarix sahnasiga bir vaqtda chiqmaganlar.
Ayrim xalqlar-xetlar,shumerlar,skiflar bir vaqtda tarix maydoniga o‘zlarining
rivojlangan davlatchiligi, yuksak madaniyati bilan chiqdilar. Ammo vaqt o‘tishi bilan
33
tarix taqozosi ila ular bizgacha etib kelmadilar.Ular tillari,davlatlari va o‘zlari jisman
yoq bo‘lib ketdilar yoki boshqa etnik birlashmalarga ajralib ketdilar.
Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, davlatchilik jamiyatning ichida o‘z ichki
qonuniyatlari asosida paydo bo‘ladi,rivojlanadi. Y‘ani davlat tuzilmasi tashqaridan
tayyor holda ko‘chirilmaydi, ma‘lum jamiyat bag‘rida tug‘iladi. O‘zbek davlatchiligi
taraqqiyoti ham bundan mustasno emas.
Do'stlaringiz bilan baham: