O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


III.2. Vatanimiz hududida ilk davlatlarning vujudga kelishi, ularning ijtimoiy



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

 III.2. Vatanimiz hududida ilk davlatlarning vujudga kelishi, ularning ijtimoiy, 
iqtisodiy va madaniy hayoti 
Yangi ma‘lumotlarga ko‗ra, O‗rta Osiyo hududlaridan topilgan piktografik belgi-
yozuvlar bronza davriga oid bo‗lsa-da, ular hozirgacha kam sonliy bo‗lib, qadimgi 
jamiyat haqida to‗liq ma‘lumotlar beraolmaydi. Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid 
ayrim kam sonli topilmalar ham (Xorazm, sak yozuvlari) to‗liq emas. O‗rta Osiyo 
hududlaridan milloddan avval III-II asrlarga oid ko‗plab tanga pullar topilganki, ular 
qadimgi tarixni o‗rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari to o‗rta 
asrlarga qadar etib kelgan ko‗p sonli yozma manbalar ma‘lumotlari ham muximdir. 
O‗rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar 
- zardo‗shtiylarning muqaddas diniy kitobi ―Avesto‖, ahamoniylar davri mixxat 
yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisoblanib, ularning barchasi 
yurtimizdan chetda bitilgan. Shuning uchun ham ularda ba‘zi hollarda chalkashliklar 
va noaniqliklar, bir-birini inkor etish hollari uchrab turadiki, bu o‗rinda mavjud 
yozma manbalarni arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish va tahlil etish 
nihoyatda muhimdir. Arxeologik ma‘lumotlar yozma manbalar ma‘lumotlarini 
kengaytiradi, ularga aniqlik kiritadi, tarixiy taraqqiyotning aniq yo‗nalishlarini 
ko‗rsatib, ma‘lum davr haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi. 
Vatanimiz tarixini o‗rganishidagi dastlabki yozma manba sifatida ―Avesto‖ katta 
ahamiyat kasb etadi. ―Avesto‖ qachon va qaerda paydo bo‗lganligi tadqiotchilar 
orasida hamon bahslarga sabab bo‗lmoqda. ―Avesto‖ kitobi va zardo‗shtiylik 
dinining asoschisi Zaratushtra (Zardusht, yunoncha Zoroastr) paydo bo‗lgan va 
faoliyat ko‗rsatgan hudud haqida ―Avesto‖da keltirilgan geografik hududlarni 
o‗rganib xulosa chihargan ko‗pchilik hozirgi tadqiqotchilar O‗rta Osiyo yoki hech 
bo‗lmaganda bu hududga qo‗shni bo‗lgan shimoli-sharqiy Eron degan fikr 
bildiradilar. Umuman olganda, ―Avesto‖ning vatani Xorazm yoki Baqtriya – Boxtar 
deb hisoblovchi olimlar ko‗pchilikni tashkil etadi. 
―Avesto‖ni fransuz olimi Anketil dyu Perron birinchi bo‗lib tadqiq etgan. 
1755-1761 yillarda dyu Perron Hindistonning Gujarat viloyatida eron 
zardo‗shtiylarining avlodlari-parslarning urf-odatlari va diniy marosimlari bilan 
tanishib chiqadi hamda 1771-yilda ―Avesto‖ni fransuz tiliga tarjima qiladi. Dastlabki 
―Avesto‖ 21ta kitobdan iborat bo‗lgan. Bizgacha ―Avesto‖ning Yasna - ―qurbonlik 
keltirish‖, Visparat - ―hamma hukmronlar‖, Yasht - ―qadrlash‖, Videvdat - ―devlarga 
qarshi qonun‖ qismlari saqlanib qolgan. Bu qismlar Sosoniylar davrida (III-VI asrlar) 
tahrir qilingan. 
―Avesto‖da ahmoniylargacha bo‗lgan geografik, hududiy nomlar, atamalar, 
ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlar, siyosiy tarix, diniy falsafa va turli ma‘lumotlar 
saqlangan. Unda jumladan shunday deyiladi: ―O, Spitama Zaratushtra, yashaydigan 
joylarga, bu erlarga baxtlik qancha kam bo‗lsada, tinchlik tortiq qildim. Birinchidan, 


34 
odamlar yashashi uchun eng yaxshi mamlakatni, Vanxvi Datyo daryosidagi Aryonam 
Vayjo‗ga (Eron tekisligi yoki ariylar o‗lkasi) asos soldim. 
Ikkinchidan, men, Ahuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o‗lkalardan bo‗lgan 
Gava Sug‗da (Sug‗diyona) makoniga asos soldim. 
Uchinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o‗lkalardan bo‗lgan 
qudratli Mouruga (Marg‗iyona) asos soldim. 
To‗rtinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o‗lkalardan 
bo‗lgan, baland bayroqlari bo‗lgan go‗zal Bahdi (Baktriya) ga asos soldim‖.
―Avesto‖da tilga olingan juda ko‗plab mamlakatlar - O‗rta Osiyo va O‗rta 
Sharq, Afg‗oniston, Eronning shimoliy-sharqiy hududlari bilan bog‗liqdir. Yasht 
qismlari ariylarning yerlari haqida quyidagicha e‘lon qiladi: ―U mamlakatning jasur 
sardorlari ko‗pdan ko‗p harbiy yurishlar qiladi, uning keng yaylovlarga ega, suvga 
serob tog‗larida chorva tinch o‗tlov va emish bilan ta‘minlangan, bu yerdagi sersuv 
chuqur ko‗llar to‗lqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolarning oqimi 
Pourutadagi Iskata, Xaravaydagi Mouru, Sug‗ddagi Gava va Xvarizam tomoniga 
toshib intiladi‖. 
―Avesto‖ ma‘lumotlariga ko‗ra, eroniy sulolalaridan bo‗lgan Kayoniylar 
sulolasining so‗nggi vakillaridan biri Kavi Vishtasp 
payg‗ambar Zaratushtraga homiylik qiladi. Zaratushtra 
yashab faoliyat ko‗rsatgan davr haqida aniq fikr yo‗q. 
Tadqiqotchilar bu davrni mil.avv. II ming yillik 
o‗rtalaridan milodiy I ming yillik o‗rtalarigacha 
belgilaydilar. Ko‗pchilik tadqiqotchilar fikrlaridan xulosa 
chiqaradigan bo‗lsak, Zaratushtra mil.avv. I ming 
yillikning birinchi choragida yashab faoliyat ko‗rsatgan 
bo‗lishi mumkin. 
Ko‗pchilik tadqiqotchilar Kavi Vishtaspni Baqtriyada 
hukmronlik qilganini e‘tirof etadilar. Payg‗ambar Zaratushtra va shox Vishtasp 
fikrimizcha, bu birlashuvning tashabbuskorlari edilar. 
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‗ra, mil.avv. II ming yillikka kelib, O‗rta 
Osiyoning janubida qadimgi Baqtriya va Marg‗iyona hamda unga qo‗shni bo‗lgan 
hududlarda Baqtriya - Marg‗iyona arxeologik majmuiga kiruvchi yuqori darajada 
rivojlangan madaniy yodgorliklar guruhi mavjud edi. To‗g‗aloq, Gonur, Dashli, 
Oltintepa, Sopolli, Jarqo‗ton, Tillatepa kabilar shular jumlasidandir. Ushbu 
ma‘lumotlar mil.avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlari qadimgi Baqtriya 
hududlarida davlatchilik ko‗rinishlari paydo bo‗la boshlaganidan dalolat beradi. 
Ktesiy bergan ma‘lumotlarga ko‗ra, mil.avv. II ming yillikning dastlabki asrlarida 
Baqtriya kuchli podsholik bo‗lib, mintaqada hukmronlik mavqeini qo‗lga kiritish 
maqsadida Midiya va Ossuriya o‗rtasidagi urushlarda ishtirok etadi.
Davlatchilik paydo bo‗lishining muxim belgilaridan biri jamiyatning ijtimoiy 
tabaqalarga bo‗linishi hisoblanadi. Ko‗pchilik manbalardan bizga ma‘lumki, Avesto 
jamiyati quyidagi to‗rtta tabaqaga bo‗linadi: 1) kohinlar (atarvanlar); 2) harbiylar 
(ratayistralar); 3) dehqon-chorvadorlar (vastrya-fshuyant); 4) hunarmandlar (xutlar). 
Jamiyatning bunday tabaqalashuvi qadimgi, ya‘ni zardushtiylikkacha bo‗lgan 


35 
an‘analarni o‗zida aks ettiradi. Bu an‘analar ayrim o‗zgarishlar bilan ko‗p asrlar, 
Avestodan keyingi davrlarda ham saqlanib qoladi.
Dastlabki ikkita tabaqa ancha imtiyozlarga ega bo‗lib, jamiyatni boshqargan. 
Ayniqsa, kohinlar juda yuqori mavqeda turganlar. Zaratushtra o‗z g‗oyalarini targ‗ib 
etish jarayonida podsho Vishtaspning eng yaqin odami va maslahtchisiga aylanadi. 
O‗sha davrdagi jamiyatning har bir bo‗lagi (yacheykasi) – uy, qishloq, voha va 
viloyat – o‗lka ma‘lum unvoni bo‗lgan o‗z diniy yo‗lboshchisiga ega bo‗lgan. 
Manbalarga ko‗ra, davlatning bosh kohini «zaratushtrotem» unvoniga ega bo‗lgan. 
Undan tashhari «zautara» (diniy qo‗shiqlar ijrochisi), «aturpat» (olov bosh kohini), 
«xirpat» (ibodatxona va diniy tadbirlar boshlig‗i) kabi diniy uvonlar ham mavjud 
bo‗lgan. 
Podsho va uning yaqinlari kelib chiqqan harbiylar tabaqasining ham mavqei 
baland bo‗lgan. Jamiyatning asosiy ishlab chiharuvchilari va moddiy yaratuvchilari 
dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlar edilar. Avestoda ullar ham bir necha bor 
eslatib o‗tiladi. Ular tabaqalarga kirmagan va aftidan, jamiyat hayotida unchalik katta 
ro‘l o‗ynamagan.
Jamiyatning boshqaruv tartibi haqida Avestoda ma‘lumotlar saqlangan. Manbada 
keltirilishicha, oriylar o‗lkasi quyidagi to‗rtta ma‘muriy hududiy birlikka bo‗linadi: 1 
- patriarxal oilaga tegishli bo‗lgan turar-joylar (nmana); 2 - qishloqlar (vis); 3 - 
tumanlar (zantu); 4 -viloyat – o‗lka (daxyu). Ushbu birliklarning har biri o‗z 
yo‗lboshchisiga ega bo‗lgan: 1 - nmanopati (uy boshlig‗i); 2 - vispati (qishloq 
boshlig‗i); 3 - zantupati (tuman oqsoqoli); 4 - daxyupati (viloyat – o‗lka 
yo‗lboshchisi). 
Eng yirik uyushma «daxyusasti» (viloyatlar ustidan hukmronlik yoki viloyatlar 
uyushmasi) edi. Bunday uyushmaning hukmdori «butun daxyular daxyupatisi» deb 
atalgan. Siyosiy tahlillar asosida ahmoniylar davridagi «sho‗lar sho‗i» unvoni ushbu 
Avesto unvoniga borib taqalashini taxmin qilish mumkin. Avestoda shuningdek, 
«kavi», «sastar» va «xatra» kabi boshharuv bilan bog‗liq bo‗lgan unvonlar ham 
uchraydi. «Kavi» (forschada «kay») unvoni Avestoda ko‗p uchraydi. Bu unvon 
nafaqat katta o‗lkalar podsholari, balki kichik mulklar hukmdorlariga ham berilgan.
Qal‘alar, tumanlar va viloyatlar hukmdorlari «Sastar» unvoni bilan atalgan. 
«hokimiyat», «qudrat» ma‘nolarini beruvchi «xshatra» unvoni tumandan tortib 
o‗lkalar hukmdorlarigacha berilgan. Misol uchun, Bexistun yozuvlarida podsho Doro 
I ushbu unvon bilan tilga olinadi.
Mil avv. VI asrning o‗rtalariga kelib Erondagi Ahmoniylar sulolasi hukmdorlari 
qadimgi Sharqdagi ko‗pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, O‗rta Osiyodagi Parfiya, 
Marg‗iyona, Baqtriya, Sug‗diyona, Xorazm, ―Saklar o‗lkasi‖ ustidan o‗z 
hokimiyatini o‗rnatdilar. Ahmoniylar davrida bitilgan mixxat manbalarda O‗rta Osiyo 
xalqlari va viloyatlari haqida turli ma‘lumotlarni uchratishimiz mumkin. 
Bu yozuvlar mil avv. VI -IV asrlarga oid bo‗lib, Eron hududlarida, xususan, 
Beqistun va Naqshi Rustam qoyalarida, Suza, Persepol va Hamadon shaharlaridan 
topib o‗rganilgan. Bular orasida eng muhimi Beqistun yozuvlari bo‗lib, u Doro I 
davrida yozilgan. Bu yozuvlarda Doro I bosib olgan o‗lkalar sanab o‗tiladi. 
Shuningdek, bosib olingan hududlarda forslarga qarshi qo‗zg‗olonlar haqida 
ma‘lumotlar beriladi. 


36 
Ahmoniylar davri yozuvlarida o‗lkamiz xalqlarining qadimgi tarixiga oid 
quyidagi ma‘lumotlar saqlangan: viloyatlar va xalqlarning nomlari, ayrim siyosiy 
jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat 
ma‘lumotlari. 
Yunon-rim tarixchilaridan birinchi bo‗lib ―tarixning otasi‖ Gerodot (mil.avv. V 
asr) O‗rta Osiyo xalqlari haqida ma‘lumotlar beradi. Gerodot o‗zining mashhur 
―Tarix‖ kitobini mil. avv. 455-445 yillarda yozgan. Bu o‗rinda shuni ta‘kidlash joizki, 
Gerodot O‗rta Osiyo viloyatlarining birortasida ham bo‗lmagan. Shuning uchun ham 
O‗rta Osiyodagi xalqlar, viloyatlar joylashuvidagi nafaqat aniq, balki umumiy 
chegaralaridan ham bexabar bo‗lgan. O‗rta Osiyo viloyatlari haqida esa, o‗zi eshitgan 
hikoyalari, surishtirib bilganlari asosida yozgan. 
Tadqiqotchilarning hisobiga qaraganda, Gerodot ―Tarix‖ kitobida Baqtriya, 
Baqtra, baqtriyaliklarni 13 marta, Sug‗dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, 
saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib ularning moddiy madaniyati, urf-
odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan. 
Gerodotning O‗rta Osiyo to‗g‗risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-
massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To‗maris o‗rtasidagi siyosiy munosabatlar, 
ahamoniylar harbiy qo‗shinlari safida yurtimiz xalqlari jangchilarining ishtiroki, 
ularning yarog‗- aslahalari, yo‗lboshchilari, fors-yunon urushlarida ularning jasorat 
ko‗rsatganligi, xalqlarning ahmoniylar davlatiga bo‗ysunishi va soliq tartibi, sak-
massagetlarning turmush tarzi va diniy e‘tiqodi va boshqa ayrim ma‘lumotlardan 
iborat.
Yunon tarixchisi Ktesiy ahmoniylar podshosi Artakserks (mil.avv. 404-359 yy.) 
saroyida tabiblik qilgan. Ktesiy qalamiga mansub ―Persika‖ asarining katta bir qismi 
baqtriyaliklar tarixiga bag‗ishlangan. 
Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan yurishlari, Baqtriyaning
poytaxti va ko‗p sonli mustahkam istehkom va shaharlar haqida ma‘lumotlar berib 
jumladan shunday yozadi: ―Baqtriyadagi ko‗pdan ko‗p shaharlar orasida Baqtra 
(Boxtar – axtarli, quyoshli) nomli mashhur bir shahar bo‗lgan. Bu shahar 
mamlakatning markazi bo‗lib, ko‗p shaharlar o‗rtasida, baland va mustahkam 
mudofaa devorlari bilan o‗ralgan, unda podsho qal‘asi joylashgan‖. 
Yana bir yunon muallifi Ksenofont ―Kiropediya‖ nomli asarida Ktesiy 
xabarlariga o‗xshash, Baqtra shaharlarining ossuriyaliklar tomonidan qamal qilinishi 
to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Shuningdek, Ksenofont Kir II va Baqtriya urushlari 
haqida ham yozadi. 
Mil. avv. IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandarning Sharqqa 
qilgan yurishlari natijasida O‗rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar haqida ko‗plab yangi 
tarixiy-geografik ma‘lumotlar paydo bo‗ldi. Keyingi antik davr mualliflari (Arrian, 
Kurtsiy Ruf, Strabon va b.) asarlaridagi ma‘lumotlar ilk antik davr mualliflarinikiga 
nisbatan kengroq berilgan. Makedoniyalik Iskadar yurishlari haqida yozgan 
tarixchilar asarlarida qadimgi O‗zbekiston viloyatlari, shaharlar, qal‘alar, 
manzilgohlar, himoya devorlari, xo‗jalik va madaniy hayot haqida kengroq va 
batafsilroq ma‘lumotlar olish mumkin.
Olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijalari qiyosiy tahlil etilar 
ekan, qadimgi davrdagi O‗rta Osiyo hududida yashagan qadimgi aholi tarixini tadqiq 


37 
etish bir necha sabablarga ko‗ra katta ahamiyat kasb etishi kuzatiladi. Ushbu 
ahamiyatli holatni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, bu davrda aholining 
tabiiy hududlar bo‗yicha xo‗jalik jihatdan tabaqalanishi sodir bo‗ladiki, olib borilgan 
arxeologik tadqiqotlar natijalari O‗rta Osiyo va Qozo‗istonning asosan dehqonchilik 
bilan shug‗ullangan janubiy hamda asosan chorvachilik bilan shug‗ullangan shimoliy 
hududlarini ajratish va o‗zaro taqqoslash imkonini beradi. Ikkinchidan, 
dehqonchilikka va ishlab chiharuvchi iqtisodga erta o‗tish dehqonchilik jamoalari 
sonining ortishini hamda ilk shaharlarning rivojlanishini belgilab berdi va demografik 
jihatdan ta‘sir ko‗rsatib ortiqcha aholining turli arxeologik madaniyatlarga va xo‗jalik 
yuritish tartibiga mansub bo‗lgan tabaqalarning ko‗chib ketishiga turtki berdi. 
Uchinchidan, O‗rta Osiyo hududida murakkab etno-madaniy jarayonlarning sodir 
bo‗lishi, hozirgi zamon o‗lkamiz xalqlarining shakllanishida uzoq qadimga borib 
taqaluvchi mahalliy unsurlarning ustunligi qadimgi davrlar bilan bevosita bog‗liqdir. 
To‗rtinchidan, aynan mana shu aholi ilk shaharlar madaniyatini rivojlantirish 
jarayonida o‗lkamiz hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning boshqaruvchilari 
bo‗lib, ularning ilk dehqonchilik manzilgohlari va dastlabki shaharsozlik 
madaniyatining yaratuvchanligi xususiyatini ham alohida ta‘kidlash maqsadga 
muvofiqdir. 
Turli arxeologik madaniyatlar keng tarqalgan O‗rta Osiyo hududida so‗nggi 
bronza va ilk temir davrida kuzatiluvchi manzara muayyan tarixiy-madaniy 
jarayonlar o‗ta murakkab kechganligini ko‗rsatadi. Shimol chorvadorlari madaniyati - 
bu bronza davrining Andronov- madaniyati bo‗lib, Qozog‗iston hududlarini to‗la 
hamrab olib g‗arbda Volga orti cho‗llarigacha, sharqda Minusinsk havzasigacha 
cho‗ziladi. Chorvadorlar madaniyatining izlari o‗sha davrning ko‗pgina 
qo‗rqonlaridan aniqlangan bo‗lib, ulardan ko‗p sonli bronza va sopol buyumlar, 
mehnat va jangovar qurollar hamda san‘at asarlari topilgan. Ular qadimiyligi jihatdan 
Old Osiyodan keyinda turadi. 
Qadimda O‗rta Osiyoning shimoliy va janubiy viloyatlari aholisi bilan markaziy 
hududlar aholisining murakkab etnomadaniy aloqalari qizg‗in rivojlanib bu aloqalar 
mahalliy aholi hayotida katta ahamiyatga ega bo‗lgan boshqa o‗xshash madaniyatlar 
taraqqiyotiga ham ta‘sir o‗tkazgan. 
Ma‘lumki, O‗zbekiston qadimgi tarixining juda katta davri yozma manbalarsiz, 
arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan holda o‗rganiladi. Qadimgi 
Sharq yozma manbalaridan (Hind, Ossuriya va Eron manbalari) ma‘lumki, mil. avv. 
II ming yillikning o‗rtalari va oxirlari (bronza davri) - O‗rta Osiyo, Afg‗oniston, 
Hindiston va Eron tarixi - hind-eron qabilalari yoyilishi bilan bog‗liq bo‗lgan. Hind-
eron qabilalari dastlab juda keng hududlarda - Volga, Ural va Janubiy Sibir 
oralig‗idagi yerlarda yashaganlar. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‗rta Osiyoda aholi joylashuvi etnik 
hududlarining ajrala boshlashi mil. avv. IX-VIII asrlarga oid bo‗lishi mumkin. Mil. 
avv. VI asrda Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholari yurtimizda yurish qilganda bu 
xalqlarning ajralib borish jarayoni butunlay tugagan va turli xalqlarning hududiy 
joylashuv chegaralari, viloyatlarning ma‘muriy chegaralari ahmoniylardan ancha 
oldingi davrda paydo bo‗lgan. 


38 
Ming yillar davomida O‗zbekiston hududlarida yashab o‗tgan qabilalar va 
elatlarning tarixi hamda madaniyati izsiz yo‗qolib ketmagan. Ushbu elatlarning 
ayrimlari ajdodlarimizning yirik guruhlarini tashkil etib, eng qadimgi yozma 
manbalarda tilga olingan. Ushbu manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI 
asrlarda O‗zbekistonning dehqonchilik vohalarida sug‗diylar, baqtriyaliklar va 
xorazmiylar yashaganlar. O‗rta Osiyo va Qozog‗istoning tog‗lari, dashtlari va 
cho‗llarida yashagan saklar va massagetlar chorvador qabilalardir.
Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida yurtimiz hududlarida joylashgan turli 
xalqlar qadimgi sharq-eroniy tillar shevalarida gaplashganlar. Ularning etnik qiyofasi 
va tillari bir-biriga yaqin bo‗lgan. Shuning uchun ham sog‗dlar, baqtriylar, 
xorazmiylar, sak-massagetlar qarindosh xalqlar bo‗lib, bir-birlarini tushunganlar. 
Ayniqsa, dehqonchilik bilan shug‗ullanib o‗troq xo‗jalik yuritgan aholining moddiy 
va ma‘naviy madaniyat bir-biriga ancha o‗xshash bo‗lgan. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish