O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Diplomatik munosabatlarni o‗rganish tartibi‖, 
―O‗zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish
‖ haqida 
aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan 
tamoyillari o‗z aksini topdi.
O‗zbekiston Respublikisi o‗zining tashqi siyosatdagi yo‗nalishlarini demokratik 
prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul 
oyigacha bo‗lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa 
O‗zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‗i 
bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‗rnatildi. 
Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, 
Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. 
Shuningdek, O‗zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 
ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat 
ko‗rsatmoqda. O‗z navbatida O‗zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik 
davlatlarda faoliyat ko‗rsatib turibdi.
Mustaqil O‗zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, 
demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‗lash, respublika 
ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta‘sir qilish kabilar tashkil etadi va 
Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e‘tirof etgan 
ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O‗zbekiston xalqaro 
munosabatlarning to‗la huquqli sub‘ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 
a‘zo bo‗lib dunyo miqyosida tan olindi. 1993-yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT 
vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‗zbekistondagi vakili etib saylandi.
1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-
sessiyasidagi ma‘ruzasida O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O‗zbekistonning xalqaro 
miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi. O‗zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu ma‘ruzasida bir qator aniq takliflarni tashladi. 
Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‗yicha BMTning 
doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga 
kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo‗yicha maxsus guruh 
tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e‘lon qilish, bu mintaqada kimyoviy 


323 
modda hamda bakteriologik qurolni ta‘qiqlash bo‗yicha xalqaro nazorat o‗rnatish, 
Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning 
mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo‗yicha 
BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov1995-yil 
BMTning ellik yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan Bosh Assambleyaning maxsus 
tantanali yig‗ilishida so‗zlagan nutqida ham asosiy e‘tiborni bu tashkilotning 
faoliyatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va 
barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. 
Prezidentimiz muayyan ―olovli nuqtalar‖ deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib 
harakat qilib, tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni 
kiritdi va O‗zbekiston ―ommaviy qirg‗in qurollarini tarqatmaslikni ta‘minlash 
bo‗yicha kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay 
to‗xtatish haqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori‖ ekanligini ham ko‗rsatib 
o‗tdi.
Ushbu yig‗ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Orol dengizi qurishi bilan 
bog‗liq bo‗lgan global muammoni ko‗tarib chiqqani ham muhim ahamiyat kasb etdi. 
O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ―Orol dengizining 
qurishi bilan bog‗liq ekologik fojea, butun er yuzini qamrab oladigan biosfera, o‗nlab 
million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta‘sir ko‗rsatuvchi 
global muammo‖ ekanligini ko‗rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik 
faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi. Bunday 
muammolar Prezidentimizning fundamental asari ―O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ kitobida batafsil 
nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi. Asarda dunyoda barqarorlik va jo‗g‗rofiy-
siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina har qanday mintaqada rivojlanish 
kuchli bo‗lishi asoslab o‗tildi.
O‗zbekiston rahbarining yuksak minbardan turib kiritgan xalqaro miqyosda 
manfaatli bo‗lgan takliflari jahon hamjamiyati tomonidan qo‗llab-quvvatlandi va 
shunga asoslanib 1995-yil 16-sentabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda 
xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‗ishlangan seminar-kengashi ish boshladi. 
Dunyoning ko‗p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O‗zbekiston rahbarining 
so‗zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi. I.A.Karimov bu uchrashuvning 
―Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik‖ shiori ostida o‗tayotganini mamnuniyat bilan 
izhor qilib, bu uchrashuv mintaqaviy barqarorlikni ta‘minlashda muhim o‗l bo‗lib 
xizmat qilishini ko‗rsatib berdi.
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, 
aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‗ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir 
emas. Shu bois ham O‗zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy 
barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko‗pgina davlatlar 
va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining 
sessiyalarida, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi 
yig‗ilishlarda O‗zbekiston prezidentining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa 
xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan taklifi BMT boshchiligidagi ―6+2‖ guruhining 
tuzilishiga asos bo‗lgan edi. (O‗zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, 


324 
kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va ―Tolibon‖ harakati) Ushbu guruhning 
1999-yil iyul oyida Toshkentda o‗tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo‗ldiki, 
bu uchrashuv mintaqaning o‗zida bo‗lib o‗tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul 
kuni ―Afg‗onistondagi mojorolarni tinch o‗l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari 
to‗g‗risidagi‖ tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida 
tarqatildi. 2001 yil 28 sentyabrda BMT Havfsizlik Kengashi doirasida terrorchilikga 
qarshi kurash qomitasining tashkiln etilisi xalqaro terrorizmga qarshi kurashda barcha 
davlatlarning birlashishiga olib keldi.Birinchi president Afgoniston mintaqa va 
xalqaro xavfsizligiga eng katta xavflardan biri ekanligini takidlab , uzoq yillardan 
buyon ushbu masala yuzasidan ilgari surilib kelayotgan 6+2 dasturini 6+3 ga 
aylantirish tasabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusi I.Karimovning 2008 yil 3-4 
aprel kunlari NATOning Buharestdagi sammitida ilgari surildi.Bularning barchasi 
dunyo hamjamiyati oldida O‗zbekistonning tinchlik yo‗lidagi real harakatlarining 
asosi sifatida yaqqol ko‗zga tashlanib qoldi.
Bizga ma‘lumki, O‗zbekiston tashqi siyosatinining asosiy yo‗nalishlaridan biri 
Markaziy osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik, barqarorlikni ta‘minlashdir. Ayniqsa 
qo‗shni Afg‗oniston Respublikasida siyosiy barqarorlikka erishish uchun sa‘y harakat 
olib borish, asosiy o‗rinda turadi. Biz xalqaro hamjamiyatni Afg‗oniston hukumati 
rahbarligida tinchlik muzokaralarini boshlash zaruratini qo‗llab-quvvatlashga da‘vat 
etdik, dedi Prezidentimiz. Shu munosabat bilan 2018 yilning mart oyida Afg‗oniston 
bo‗yicha o‗tkazilgan yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi zamonaviy 
Afg‗oniston tarixida xalqaro miqyosdagi eng qamrovli anjuman bo‗lganini ta‘kidlash 
lozim. konferensiya yakuni bo‗yicha qabul qilingan, uning barcha qatnashchilarining 
yakdil pozitsiyasi ifoda etilgan «Toshkent deklaratsiyasi» Afg‗onistonda tinchlik 
o‗rnatish bo‗yicha o‗ziga xos dastur bo‗ldi. Aynan ushbu konferensiyadan so‗ng 
Afg‗onistondagi barcha siyosiy kuchlar, jumladan, «Tolibon» harakati ishtirokida 
muzokaralar jarayonini boshlashga qaratilgan xalqaro harakatlar yanada faollashdi. 
O‗zbekiston Afg‗oniston rahbariyati va mamlakatning etakchi siyosiy kuchlari
jumladan «Tolibon» harakati vakillari bilan bir qator muhim muzokaralar o‗tkazdi. 
Ushbu siyosiy kuchlar afg‗on muammosini hal qilishda O‗zbekiston samarali 
vositachi bo‗la olishi mumkinligini e‘tirof etdi. Ma‘lumki, Afg‗onistondagi vaziyatni 
barqarorlashtirishning muhim sharti – mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklashdan 
iborat. Bu borada mamlakatimiz Afg‗onistonda transport va logistika, energetika, 
savdo va ta‘lim sohalarida yirik qo‗shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. 
O‗zbekiston tomonidan qurilayotgan Surxon – Puli Xumri elektr uzatish tarmog‗i, 
Termiz shahrida afg‗on fuqarolarini o‗qitish uchun ochilgan Ta‘lim markazi, bojxona 
terminaliga ham ega bo‗lgan «Termiz-kargo» logistika markazi, Mozori sharif – 
Hirot va Mozori sharif – kobul – Peshavor temir yo‗l tarmog‗i loyihalari ishlab 
chiqilayotgani shundan dalolat beradi. O‗zbekiston afg‗on muammosini echish uchun 
bundan buyon ham har tomonlama yordam ko‗rsatadi. Biz uchun eng muhim 
pirovard natija – Afg‗onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash va milliy 
yarashuvga erishishdan iborat. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish