Frazeologik birliklar va ularning boshqa birliklardan farqi
Zuhra To’rebayevna Makhsetova
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqola frazeologik birliklar va ularning tilga hos boshqa
birliklardan farqi haqida bo’lib, rus olimi Kunin nazariyasi bilan yoritilgan.
Kalit so’zlar:
klassifikatsiya, alliteratsiya, tazod, etimologiya,
Phraseological units and their difference from other units
Zuhra Torebayevna Makhsetova
Tashkent State Technical University Almalyk branch
Abstract:
This article is about phraseological units and their difference from other
linguistic units, and is covered by the theory of the Russian scientist Kunin.
Keywords:
classification, alliteration, contrast, etymology,
XX asr tilshunoslarining eng bahsli mavzularidan biri - bu frazeologik
birikmalarning lug`atdagi o`rni va bu tilning chegaralari haqida munozaralar
yuritishdan iborat edi. Britaniya va amerikalik olimlar frazeologik birikmalarni asosan
tilshunoslikning bir muammosi sifatida qarashgan. Ular o`z e`tiborlarini frazeologik
birikmalar va iboralar lug`atlarini tuzishga qaratishgan. Bunday qilishdan ko`zlangan
maqsad tajriba o`tkazish bo`lgan xolos, ya`ni ular barchani ham mahalliy aholini, ham
xorijliklarni so`zlashuvdagi iboralar kitobi bilan ta`minlashgan va xorijliklar va sof
inglizlarning muhim farqli jihatlarini ko`rib chiqqanlar. Bu yondashish qisman
didaktik, qisman stilistik bo`lgan. Masalaning bu tomoni kelajakda alohida maxsus
ilmiy tadqiqotlar olib borishga undaydi.
Yana bir muhim, yechimini topmagan muammo klassifikatsiya muammosi edi.
Batafsil guruhlashlar L.P.Smit va U.Ballarnning ingliz tilidagi iboralar kitobida
berilgan. O`sha davrda mualliflarning o`zlari ham bu guruhlashlarni frazeologik
birikmalar klassifikatsiyasi sifatida qabul qilinishini tasdiqlashmagan edi. Ular
shunchaki turg`un birikmalarni to`plashgan, ularni tushuntirishgan, ularning qiziq
jihatlarining ba`zilarini, ya`ni alliteratsiya, qofiya, tazod va shu kabilarni yoritishgan
va ifodalilikni aniqlashtiruvchi mehanizmlarini talqin etishgan. Ular ingliz tilidagi
frazeologik birikmalarning etimologiyasi va kelib chiqishiga ham qiziqib ko`rishgan
va ularni dengiz hayotidan, qishloq xo`jaligidan, ovchilikdan, sport turlaridan va
boshqalardan olingan so`z birikmalariga ko`ra tartibga solganlar.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
668
Frazeologik birliklar tilning boshqa birliklaridan farq qiluvchi, o’ziga xos ma’no
va shaklga ega bo’lgan birikmalardir. Ular so’zlar va erkin birikmalardan farqli
ravishda sintaktik jihatdan yaxlit, semantik jihatdan o’zgarmas hisoblanadi.
Ingliz tilida Frazeologik birliklarni rus tilshunosi Kunin boshqa til birliklaridan
quyidagicha farqlaydi:
•
turg’unlik ikki yoki undan oriq leksimadan yasalishi;
•
tilda tayyor holda saqlanib, nutqqa shundayligicha olib kirilishi
Frazeologik birliklar va erkin birikmalar tuzilishi jihatidan ham semantik
jihatidan ham alohida alohida birliklardir. Frazeologik birliklar yaxlit holda yoki
qisman ko’chma ma’noga ega so’z birikmasi yoki gap tuzilishiga ega birliklar
hisoblanadi. Turg’unlik frazeologik birliklarga xos xususiyat hisoblanadi. Erkin
birikmalar va so’zlar esa morfemalardan tashkil topgan bo’ladi. So’zlar va erkin
birikmalar lug’aviy ma’noda ham ko’chma ma’noda ham qo’llanilish xususiyatiga ega
bo’ladi, ammo frazeologik birliklar faqatgina ko’chma ma’noda qo’llaniladi.
So’zlar va frazeologik birliklar tilning turli xil sathlariga tegishli. Frazeologizmlar
tilning frazeologik sathiga tegishli bo’lsa, so’zlar esa leksik sath birligiga tegishlidir.
Bu ikkala sathning farq qiluvchi jihatlari bilan bir qatorda, umumiy bo’lgan ko’p
ma’nololik, omonimlik va antonimlik xususiyatlari ham mavjud.
Frazeologik birliklarning yana bir o’ziga xos bo’lgan, boshqa til birliklaridan farq
qiluvchi belgisi ham mavjud. Bu uning reproductivlik belgisidir. Chunki frazeologik
birliklar nutq jarayonida yasalmasdan, nutqqa kirgunicha tilda yaxlitlanib, shakklanib
bo’lgan, so’zlovchi va tinglovchiga tushunarli bo’ladi. Frazeologizmlar tarixiy jihatdan
tayyor, turg’un va yaxlit xolda berilgan bo’ladi. Ammo u tilda birdan hosil bo’lmasdan,
ko’p qo’llanilishi va barcha tomonidan tushunarli bo’lishi natijasida turg’unlashadi.
Mana shu xususiyati bilan u tilning milliy va ma’daniy xususiyatlari bilan bir qatorda
millatning tarixini ham o’zida mujassamlashtiradi.
Frazeologik birliklar nutqni yanada ta’sirchan va ifodali bolishiga xizmat qiladi.
Ular faqat nutqni bezamasdan, boshqa til birliklari kabi yuqori informativ xususiyatga
ega tilda nominativ va kommunikativ funksiya bajaruvchi birliklardir. Frazeologizmlar
unversal til vositalari hisoblanib, ularsiz til mavjud emas.
Ingliz tilida ham boshqa tillar singari tilning milliy-madaniy semantikasini
o‘rganish muhim hamda qiziqarli hisoblanadi. Chunki ular avloddan avlodga tiln ing
o‘ziga xos ichki tuzilmalarini, tabiat o‘ziga xosliklari, mamlakatning iqtisodi hamda
ijtimoiy tuzilishi, san’ati, urf-odatlari hamda tarixini ham o‘zida mujassamlashtira
oladi. Ularda bolalar milliy o‘yinlari, pul birliklari to‘g‘risida, milly tabobat, ov hamda
baliq ovi haqida, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida, insonning tashqi ko‘rinishi,
kiyinishi va turmush tarzi va ko‘plab boshqa milliy mentalitetga xos mavzular aks
etgan bo’ladi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
669
Milliy-madaniy semantika tilshunoslikning barcha bo‘limlarida, morfologiyada
ham sintaksisda ham hattoki fonetikda ham aks etgan bo‘ladi.
Faqat u millat madaniyatini bevosita aks ettira oladigan, yaxlit, so’zlashuv nutqida
ko‘p qo‘llanadigan frazeologik birliklarda yorqinroq ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |