O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


II BOB. MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

 
 II BOB. MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS 
QISMI 
Asosiy taynch so

z va atamalar 
Sivilizatsiya, manzilgoh, odamning paydo bo‗lishi, ibtidoiy jamiyat, paleolit, 
urug‗chilik jamoasi, onaurug‗i, mezolit, xo‗jalik ixtirolari, neolit, ilk dehqonchilik, 
mehnat taqsimoti, neolit «inqilobi», hunarmandchilik, ishlab chiqaruvchi xo‗jalik, 
kulolchilik, qayiqsozlik, to‗qimachilik, zargarlik, eneolit, sun‘iysug‗orish, bronza, 
shaharsozlik, o‗troq dehqonchilik, ixtisoslashgan hunarmandchilik, ko‗chmanchi 
chorvachilik, otaurug‗i, «Avesto», zardo‗shtiylik, Navro‗z. 
 
II.1. Fanda insoniyatning paydo bo‗lishi masalasi. O‗zbekiston odamzod paydo 
bo‗lgan hududlardan biri 
 
O‗zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizasiyasining 
o‗choqlaridan biri ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. O‗zbekiston va O‘rta Osiyo 
hududlarida olib borilgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlari natijalari ham 
Vatanimizning Jahon sivilizasiyasida tutgan o‗rnini tasdiqlaydi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijtimoiy 
–iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqiyyiot bosqichiga 
ko‘tarilishini sivilizasiya tushunchasi o‘zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi
insoniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy 
va ma‘naviy madaniyatining yuksalishi, qabilalar va xalqlar o‗rtasidagi 
munosabatlar bilan izohlanadi. 
«Sivilizasiya» so‗zining ma‘nosiga e‘tibor beradigan bo‗lsak, u lotincha so‗z 
bolib, «grajdanlar», «jamiyatning erkin, ozod a‘zolaridan tashkil topgan tuzum, 
davlatchilik» degan ma‘noni anglatadi. 
So‘nggi yillarda O‗rta Osiyo va unga qo‗shni hududlarda olib borilgan ko‗plab 
tariхiy-arheologik tadqiqotlar bu mintaqa qadimgi Sharq sivilizasiyasining 
shakllanishi va rivojlanishida o‗ziga хos o‗rin tutganligini asoslab beruvchi ashyoviy 
dalillarni yuzaga chiqardi. O‗rta Osiyo tarixiga nazar tashlar ekanmiz qadimgi 
odamning izlari Tojikistonda, Janubiy Qozogistonda, O‘zbekistonda topib o‗rganilib, 
ular ashel davriga tegishli ekanligi aniqlandi. Dunyo olimlari odamlarning dastlabki 
vatanini aniqlash borasida ko‗plab ilmiy izlanishlar olib borganlar. Masalan: 
Ingliz olimlari ota-bola Likilar o‗tgan asrning 50-60-yillarida Sharqiy Afrikada 
(Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam 
qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3,5mln. yil ilgari mavjud bo‗lgan degan g‗oyani 
ilgari surdilar. Bu turdagi odamlar fanda «Zinjantrop» (―Ishbilarmon odamlar‖ yoki 
―Gomohabilis‖) va ―Avstralopitek‖ (―Janub maymuni‖) deb nom olgan. 
Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar qoldiqlari 
Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo‗lib, fanda ularni 


15 
―Pitekantrop‖ (―Maymun- odam‖) deb atash rasm bo‗lgan. Pitekantroplar bundan
taxminan 1 mln.-700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yashaganlari aniqlangan. 
Shuningdek, 1927-yilda Xitoy hududlaridan topilgan (D.Blek) qadimgi odam 
qoldiqlari (―Sinantrop‖ - ―Xitoy odami‖) bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga 
oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari 
Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda zinjantrop, pitekantrop, sinatroplar eng 
qadimgi odamlar shakllanib rivojlanishining turli tarixiy bosqichlaridir. Bu turdagi 
qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnat qurollarini 
yasab, ulardan foydalana bilganlar. Qurol yasay bilishi, o‗simlik ildizlari va 
mevalarni iste‘mol qilishda shu qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim 
hayvonlarni ovlashi qadimgi odamlarni hayvonot olamidan ajratib turgan. 
Bu o‗rinda shuni ta‘kidlash joizki, ―Arxantrop‖lar (qadimgi odamlar) eng 
qadimgi odamlardan farqlanib, ular zamonamizdan 100-50 ming yil keyin 
yashaganlar. Qadimgi odamlarning qazilma qoldiqlari dastavval Germaniyaning 
Neandertal vodiysidan topilganligi sababli fanda ularni ―Neandertal odami‖ deb 
nomlash qabul qilingan. 
Eng qadimgi odamlar o‗zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat 
qurollarining turlarini ko‗paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada ularning 
turmush tarzida, jismoniy ko‗rinishida o‗zgarishlar bo‗lib borgan. Shuningdek, miya 
hajmi ham o‗zgarib borgan. O‗rta tosh asridagi turli sabablarga ko‗ra, birinchi 
navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida 
neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular 
jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va 
shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi. Odamning paydo bo‗lishi yerdagi 
eng buyuk hodisalardan biri bo‗lib, u dastlab toshdan oddiy to‗qmoq yasagan bo‗lsa, 
uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga etib 
keldi. 
Antropogenez 
jarayonida 
mehnatning 
o‗zgartiruvchanlik 
mohiyatini 
arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Turli davrlarga oid moddiy 
madaniyatning almashishi hamda yangi asoslarda rivojlanishi moddiy manbalarning 
tashqi ko‗rinishidan ham aniqlanadi. Ko‗p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy 
jarayonlar - odam va jamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon mehnat ekanligidan 
dalolat beradi. 
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzotning dastlabki vatani Afrika 
degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Evropa deydilar. Boshqa bir guruh 
olimlar esa odam dastavval Osiyoning janubida paydo bo‗lgan degan g‗oyani ilgari 
suradilar. 
Yaqin yillarga qadar O‗zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 
100 ming yillar ilgari o‗zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko‗pchilik 
tadqiqotchilar O‗rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Evropa 
paleoliti bilan bog‗lab kelar edilar. Ammo so‗nggi yillarda O‗zbekiston arxeologlari 
tomonidan olib borilgan ko‗pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi. 
O‗tgan asrning 80-yillarida arxeolog O‗.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar 
Farg‗ona vodiysidagi Selung‗ur (So‗x tumani) g‗oridan paleolit davri makonini 


16 
ochishga muvaffaq bo‗ldilar. Selungur gori tadqiqotchilar tomonidan 20 yil 
mobaynida tadqiq qilindi.So‗nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selungur va yana 
Ko‗lbuloq makonidan (Shimoli-sharqiy O‗zbekiston, Toshkent vil.), Qizilolmasoy va 
Toshsoy (Ohangaron), Tyanshan etaklaridagi Onarcha (Qirg‗iziston), Pomir 
etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston) ilk paleolit davriga oid bo‗lib, 
Selengurning o‗zi o‗n uchta madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko‗plab 
ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko‗p hollarda Olduvoy qurollariga 
o‗xshab ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarining 
yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan eng ahamiyatlisi 
qadimgi odam jag‗ suyaklari, tishlari va elka suyaklaridir. Fanda ―Farg‗ona odami‖-
‖Fergantrop‖ deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi 
tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O‗rta Osiyo, xususan 
O‗zbekistonning insoniyat paydo bo‗lib rivojlangan o‗choqlardan biri ekanligini uzil-
kesil isbotlaydi. 
O‗rta Osiyo hududida qadimgi jamiyat rivojlanishining alohida bosqichlari 
quyidagicha davrlashtiriladi: 
Paleolit (qadimgitoshdavri – yunoncha «paleos» - «qadimgi», «litos»-«tosh»). 
Eng qadimgi odamlar yasagan mehnat va ov qurollari, asosan toshdan bo‗lganligi 
uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi - qadimgi tosh davri deb ataladi. 
Mintaqamizda odamzodning paydo bo‗lishi bundan 1 mln.-700 ming yil ilgari sodir 
bo‗lganligi taxmin qilinadi. Paleolit davri o‗z navbatida uch bosqichga: ilk paleolit, 
o‗rta paleolit va so‗nggi paleolit bosqichlariga bo‗linadi. 
-Ilk paleolit. O‗rta Osiyodagi ilk paleolit 
davri moddiy madaniyat yodgorliklari miloddan 1 
mln.-100 ming yil avvalgi davrlarga oid bo‗lib, 
ashel davri deb ataladi. 
-O‗rta paleolit. (Muste davri) Bu davr 
miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar bilan 
o‗lchanadi. 
-So‗nggi paleolit. Bu davr miloddan avvalgi 
40-12 ming yilliklarni o‗z ichiga oladi.
-Mezolit (o‗rta tosh davri – yunoncha 
«mezos» - «o‗rta», «litos» - «tosh») miloddan 
avvalgi 12-7 ming yilliklar bilan o‗lchanadi. 
-Neolit (yangi tosh davri – yunoncha «neos» - «yangi», «litos»-«tosh»)- 
miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarga oid. 
-Eneolit (mis-tosh davri) miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar bilan 
chegaralanadi. 
-Bronza davri – miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar bilan belgilanadi. 
-Temir davri - miloddan avvalgi 1ming yillikning boshlaridan boshlanadi. 
Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlarning makonlaridagi 
topilmalarida sodda va qo‗pol tosh qurollar ko‗pchilikni tashkil etadi. Bu davr 
kishilarining qurollari o‗zining soddaligi, qo‗polligi, turlarining kamligi jihatdan 
keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan 
ham, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. 


17 
Ular asosan termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o‗tkazganlar hamda tabiat oldida 
juda ojiz bo‗lib, unda mavjud bo‗lgan tayyor mahsulotlarni o‗zlashtirib yashaganlar. 
Ular na diniy tushunchani, na hunarmandchilikni va na chorvachilikni bilganlar. 
O‗rta paleolit (Muste madaniyati) - qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas 
qismi hisoblanadi. Bu davrga oid dastlabki yodgorlik Teshiktosh (Surxondaryo) g‗or 
makoni 1938-yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik O‗rta Osiyo 
hududlarida tadqiqotchilar tomonidan o‗rta paleolit davriga oid ko‗plab makonlar 
aniqlandi va ularda tadqiqot ishlari olib borildi. Omonqo‗ton (Taxtaqoracha dovoni, 
Samarqand), Qo‗tirbuloq va Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Qorabura (Vaxsh 
vohasi), Jarqo‗rg‗on (Shimoliy Tojikiston), Obirahmat (Toshkent viloyati), 
Ko‗lbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Tossor 
(Qirg‗iziston), Og‗zikichik (Tojikiston), Xo‗jakent (Toshkent viloyati), Qopchig‗ay 
(Qirg‗iziston) kabi ko‗plab makonlar o‗rta paleolit davriga oid bo‗lib, ularning jami 
300 ga yaqinlashib qoladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‗rta Osiyo 
hududlarida o‗rta paleolit nisbiy tarzda mil. avv. 100-40 ming yilliklarni o‗z ichiga 
oladi. 
Surxon vohasidagi (Boysuntog‗) Teshiktosh g‗or-makoni topilmalari nafaqat 
O‗zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. O‗rta paleolit davriga 
mansub bu g‗or-makon shimoli sharqqa qaragan bo‗lib, kengligi 20 m, balandligi 9 
m, chuqurligi 21 m. Tadqiqotlar natijasida g‗or-makondan beshta madaniy qatlam 
aniqlanib, bu qatlamlardan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Undan tashqari turli 
hayvonlar: qoplon, yovvoyi ot, eshak, quyon va turli qushlarning suyak qoldiqlari 
aniqlangan. Tosh qurollar orasida qirg‗ich-tarashlag‗ichlar alohida o‗rin egallab, 
ularning ba‘zilari kesgich qurol vazifasida ishlatilgan bo‗lishi ham mumkin.
Eng muhimi shundaki, Teshiktosh g‗or-makonining yuqori qatlamlaridan 9 
yashar bolaning skelet suyaklari topilgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu 
bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu bola dafn etilganda ibtidoiy dafn 
marosimlariga amal qilinib, jasad atrofiga tog‗ echkisi shoxlari qadab qo‗yilgan. 
Shuningdek, g‗or-makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o‗rni va 
atroflaridan tog‗ echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan Teshiktosh odami O‗rta 
Osiyodagi neandertal qiyofadagi qadimgi odamlarning yagona vakili bo‗lib, bu 
hududlardan hozirgacha boshqa topilmagan. Bu davr yodgorliklaridan yana biri 
Teshiktoshdan uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan Amir Temur goridir. Unda uchta 
madaniy qatlam aniqlangan; ikkitasi tosh asriga ta‘luqli bittasi esa must‘e davriga 
ta‘luqli. 
Bu madaniy yodgorlikda ohak toshli chaqmoq toshdan yasalgan hilma hil 
mehhat qurollari, jumladan, nukleuslar, parakchalar, o‘tkir uchli sihchalar, qirgichlar 
va kurakchalar, uchrindidan tayorlangan kesgichlar topilgan bolib, ularning umimiy 
soni 30 mingdan oshdi. 
O‗rta paleolit davriga kelib qadimgi odamlar O‗rta Osiyoning keng 
hududlariga tarqala boshlaydilar. Bu davrda, ayniqsa uning so‗nggi bosqichida 
qadimgi odamlarning turmush tarzida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo 
bo‗ladi. Qurollarning turlari ko‗payadi. Ayniqsa, ovchilik bilan bog‗liq bo‗lgan 
nayzasimon o‗tkir paykonlar, turli pichoqlar, qirg‗ichlar, kesgichlar shular 
jumlasidandir. Bu davrning ijtimoiy hayotdagi eng muhim xususiyati shundaki, bu 


18 
davrda ibtidoiy to‗dadan urug‗chilik jamoasiga o‗tila boshlandi. Hozirgi zamon 
odamlariga o‗xshash odamlar (kromanyon) paydo bo‗lishi uchun zamin hozirlandi. 
Undan tashqari sovuq iqlim tufayli o‗rta paleolit davri odamlari olovni kashf 
etdilar hamda sun‘iy olov chiqarish va uni saqlashni o‗zlashtirdilar. G‗or va 
ungurlarni o‗zlashtirish, o‗choq yasab uning atrofida to‗planish va nihoyat jamoa 
bo‗lib ov qilish uslublarining paydo bo‗lishi mintaqamizdagi qadimgi odamlar 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 
So‗nggi paleolit uzoq davom etgan qadimgi tosh asrining oxirgi bosqichi 
bo‗lib, nisbiy tarzda mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o‗z ichiga oladi. Bu davr 
yodgorliklari muste madaniyati yodgorliklari madaniyatiga nisbatan kamroq 
o‗rganilgan. Hozirgi kunga qadar O‗rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ziyod 
makonlar ochilgan. Samarqand (shaharning o‗zida), Xo‗jag‗or (Farg‗ona vodiysi), 
Shug‗nov (Pomir etaklari), Ko‗lbuloq (Toshkent viloyati), Qorakamar (Tojikiston), 
Achisay (Qozog‗iston) yodgorliklari shular jumlasidandir. 
So‗nggi paleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli 
o‗zgarishlar bo‗lib o‗tadi. Xususan, odamlar g‗orlardan chiqib engil turar joylar, 
chayla va yarim erto‗lalarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog‗li hududlarda 
yashab qolmay vohalar bo‗ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko‗llar bo‗ylarida 
joylashadilar hamda qarindosh-urug‗chilik jamoalariga bo‗linadilar. Natijada 
jamiyatda juft oilalar paydo bo‗ladi hamda ular ayrim urug‗larni birlashtirib urug‗ 
jamoasini tashkil etadilar. 
Urug‗chilik (matriarxat) qadimgi jamiyat tarixining alohida bosqichini tashkil 
etib, bu jarayon ijtimoiy hayotdagi qator o‗zgarishlarning paydo bo‗lishiga zamin 
yaratdi. Lekin dastlabki urug‗chilik tuzumi nisbatan rivojlanishning yuqori 
bosqichiga ko‗tarilgan bo‗lishiga qaramay, bu davr odamlari ovchilik, termachilik va 
baliqchilik bilan kun kechirar edilar. 
Paleolit davriga xulosa yasab, shuni aytish mumkinki, bu davrda odamning 
paydo bo‗lishi jarayoni (antropogenez) asosan tugadi. Qadimgi odamlar xo‗jalik 
yuritishning eng oddiy yo‗llaridan (terib-termachlab) murakkabroq ko‗rinishlariga 
(ovchilik, baliqchilik)ga o‗tdilar. Olov kashf etildi. Insoniyat to‗da davridan 
urug‗chilik tuzumiga o‗tdi. Mehnat qurollari takomillashib, ularning turlari ko‗paydi 
va sifati yaxshilanib bordi. 
Bu davrda qadimgi odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo‗ldi. 
Teshiktoshda murdani maxsus qabr qazib ko‗milishi, uning yoniga tog‗ echkisining 
shoxlari va tosh qurollar qo‗yilishi mutlaqo tasodifiy hol emas edi. Bu jarayon 
paleolit davri neandertal odamlari garchi sodda bo‗lsada, ko‗mish marosimlariga 
rioya qilganliklaridan dalolat beradi. 
Tosh asrining keyingi rivojlanish davri fanda mezolit (o‗rta tosh) asri deb qabul 
qilingan. O‗rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 ming yilliklar deb 
qabul qilingan. Mezolit-odamlarning yer yuzi bo‗ylab keng tarqalish davri bo‗lib, 
ular shimol tomonga ham, Pomir kabi baland tog‗li hududlarga ham tarqala 
boshlaydilar. Kaspiy bo‗ylaridan Tyanshan – Pomirgacha, Markaziy Qozog‗istondan 
Kopettog‗ etaklarigacha bo‗lgan hududlardan mezolit davri yodgorliklarining 
namunalari topib o‗rganilgan. Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg‗ona vodiysi), 
Markaziy Farg‗ona, Bo‗zsuv, Qo‗shilish (Toshkent), Aydabol, Jayronquduq 


19 
(Ustyurt), Oshxona, Chilchorchashma (Tojikiston), Darayi sho‗r (Vaxsh vohasi) 
kabilar shular jumlasidandir. 
Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o‗zlashtira 
boshladilar. 
Xususan, 
janubiy 
o‗lkalarda, 
shuningdek, O‗rta Osiyoda turli geometrik 
shakldagi mayda qurolchalar-mikrolitlar paydo 
bo‗lib, 
ular 
uchun 
suyak 
va 
yog‗och 
dastachalardan qadama sifatida foydalanilgan. 
Undan tashqari, bu davrda insoniyat o‗z tarixidagi 
dastlabki murakkab moslama - o‗q–yoyni kashf 
etdi. Natijada chopqir, kichik tuyoqli hayvonlar va 
parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo‗ldi. 
Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri 
yovvoyi hayvonlar it, qo‗y, echki kabilarning qo‗lga o‗rgatila boshlanib, 
xonakilashtirilishidir. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mezolit davriga 
kelib Old, Yaqin va O‗rta Osiyoning ba‘zi joylarida termachilikdan yovvoyi 
o‗simliklarni xonakilashtirishga hamda ovchilikdan chorvachilikka o‗tish boshlanadi. 
Bu jarayon ilg‗or, unumdor ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va 
tabiiy – geografik iqlim bilan bevosita bog‗liq edi. 
Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay 
(Boysun) g‗or makonidir. Daryo sathidan 70 metrcha balandlikda joylashgan bu 
makon ko‗p qatlamli bo‗lib, ushbu qatlamlardan ko‗plab suyak va asosan tosh 
qurollar topilgan. Suyak qurollar bigiz, igna, so‗zana kabilardan iborat bo‗lsa, tosh 
qurollar – pichoqlar, arrasimon qurollar, kesgichlar, ushlatgich toshlar, nayza va o‗q 
uchlari kabilardir. Bu qurollarning o‗ziga xos belgilari mavjud bo‗lsa ham Janubiy 
Qozog‗iston va Yaqin Sharqdagi mezolit yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarga 
o‗xshab ketadi. 
O‗rta Osiyo tarixida neolit davrining (yangi tosh asri) yuqori chegarasi 
mil.avv.VI–quyi chegarasi IV-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Bu davr O‗rta 
Osiyoda uchta: Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlarining rivojlanishi bilan 
izohlanadi. Neolit davri qabilalari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari 
yohasida, ko‗l bo‗ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda 
baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik, ayni vaqtda qisman 
hunarmandchilik bilan shug‗ullanganlar. Neolit davri turli sharoitlarda yashagan 
odamlarning mehnat qurollari mezolit davridagiga nisbatan takomillasha borgan. 
O‗rta Osiyoning barcha hududlaridan-shimoldagi Ustyurtdan, Markaziy va 
Janubiy Qozog‗istondan, Qizilqum va Qoraqumdan, Qashqadaryo va Zarafshon 
vohalari, Toshkent vohasi va Farg‗ona vodiysidan ko‗plab neolit davri makonlari 
ochilgan. Xususan, neolit davri Markaziy Farg‗ona madaniyati fanda O‗rta Osiyoda 
to‗rtinchi neolit davri madaniyati deb kiritilgan.
Tadqiqotlar natijalariga qaraganda tosh va bronza davrlari o‗rtasida mis-tosh 
(eneolit) davri bo‗lganligi aniqlangan. Bu davr Metall qurollarning barchasi 
bronzadan qilinmay, sof misdan yasalganligi ma‘lum. O‗rta Osiyoda eneolit davri 
nisbiy tarzda mil. av. IV ming yillikning oxiri-III ming yillikning boshlarini o‗z 
ichiga oladi. Bu davrda mis o‗zining kimyoviy xossalari (tez eruvchanlik, 


20 
egiluvchanlik) tufayli xo‗jalik hayotda ustunlik qila olmadi. Ishlab chiqarishda 
avvalgidek tosh qurollar asosiy o‗rinda bo‗lib qoldi. Shuning uchun ham bu davr mis 
– tosh asri deb yuritiladi. 
Mezolit oxirida va neolit davrida terib-termachlab, ovqat topishdan yovvoyi 
o‗simliklarni ekish va o‗tkazish yo‗li bilan madaniylashtirish orqali vujudga kelgan 
dehqonchilik eneolit zamonida yuqori xo‗jalik turiga aylanib bordi. Dehqonchilik 
bilan uy chorvachiligi ortiqcha mahsulot etishtirishga va mol ayirboshlashni tartibga 
solishga asos bo‗lgan. O‗rta Osiyo hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy 
jarayonlar eneolit davri bilan bog‗liqdir: 
Xo‗jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama dehqonchilikning 
ustunlik qilishi; Toshdan ishlangan qurollar ko‗p bo‗lgan holda mis qurollarning 
paydo bo‗lishi; Katta-katta jamoalarning paxsadan va xom g‗ishtdan tiklangan katta-
katta uylari; Kulolchilikda muhim texnika yutug‗i - xumdonlarning ishlatilishi; 
O‗troqchilik xo‗jaligining rivojlanishi, jamoa birlashmalarining uylari va qurilishida 
xom g‗ishtning paydo bo‗lishi; Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug‗i 
tuzumiga (matriarxatga) xos haykalchalari; Rangdor sopol buyumlar, ya‘ni turli 
tasvirlar ishlangan sopol buyumlarning mavjudligi. 
Eneolit davrida O‗rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich yuqoriga 
ko‗tariladi. Lekin bu hududlardagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir 
xil darajada emas edi. 
Qadimgi qabilalar mis-tosh davriga o‗tgach, madaniy, xo‗jalik va ishlab 
chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Yangi xo‗jalik turlari – 
dehqonchilik va chorvachilik avvalgidek, Turkmanistonning janubi – g‗arbidagi
qulay geografik sharoitda rivojlanadi. Bu paytda quyi Zarafshon va Amudaryo 
havzalarida yashovchi qabilalar hali madaniy o‗simliklar o‗stirishga o‗tmagan edilar. 
O‗rta Osiyoning sharqiy qismidagi tog‗li hududlar aholisi xo‗jaligida esa ovchilik 
ustun edi. Demak, ilk va rivojlangan mis-tosh davrida O‗rta Osiyo qabilalarining 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanib 
qoladi.
Dasht va tog‗ hududlaridan topilgan xilma-xil moddiy manbalarni o‗rganish 
natijalari (sopol idishlar, tosh qurollar, hayvonlar va qushlar suyaklari) qabilalarning 
iqtisodiy hayotida qo‗shimcha xo‗jaliklar - ovchilik va baliqchilik asosiy manba 
bo‗lganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga dasht odamlari tarixida 
chorvachilikning ilk bosqichi boshlanadi deyish mumkin. Lekin neolit davri 
an‘analari o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan. Aholining asosiy qismi daryolarning 
irmoqlari sohilida va ko‗llar atrofida yashagan. Tabiiy boyliklar eneolit davri 
odamlari uchun hayot manbai hisoblangan.
Eneolit davriga oid muhim yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi Anov va 
Nomozgohtepa hududlarida aniqlangan. Buxoro vohasidagi Lavlakon, Beshbuloq 
makonlari va Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari eneolit davriga oiddir. 
Bu yodgorliklardan so‗nggi Kaltaminor topilmalariga o‗xshash sopol idishlar 
bo‗laklari va chaqmoqtosh bilan birga misdan yasalgan ignalar va munchoqlar 
topilgan. 
Yuqori Zarafshonning Panjikent shahridan 15 km g‗arbda joylashgan Sarazm 
qishlog‗i xarobasi eneolit davri dehqonchilik qabilalarining O‗rta Osiyoni shimoli-


21 
sharqiga yoyilganidan dalolat berib, qadimgi dehqonchilik aholisining dehqonchilik 
chegaralarini ham ko‗rsatadi. 
Umumiy maydoni 90 gektar bo‗lgan Sarazm qishlog‗i xarobalari 10ta tepalikda 
joylashib, 4 ta davrga bo‗linadi. Ular topilmalarga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Dastlabki ikki davr eneolit, keyingi ikki davr esa bronza davriga oiddir. Sarazmdan 
uy-joy va ro‗zg‗or-xo‗jalik inshootlari qoldiqlari ochib o‗rganilgan. Bu yerlardan 
sopol idishlar, metalldan va toshdan ishlangan qurollar, (jumladan, tosh ketmonlar) 
zeb-ziynat buyumlari ko‗plab topilgan. 
Sarazm moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston, Janubiy Afg‗oniston, 
Eron, Hindiston madaniyatlariga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri 
qabilalari o‗rtasidagi keng madaniy va iqtisodiy aloqalardan dalolat beradi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish