Kaftdan, bilak va yelkadan oqib kelayotgan limfa yo'liga yig'iladi.
O 'ng tomondagi o'mrov osti limfa yo'li ichki bo'yinturuq venasining o'mrov
osti venasi bilan qo'shilishidan hosil bo'lgan vena burchagiga, chap tomondagi
limfa yo'li esa ko'krak limfa yo'liga quyiladi. Qo'ldagi limfa tomirlarining
yo'lida (tirsak va yelka bo'g'im lari sohasida) limfa tomirlari yuza, teri
ostida chuqur joylashadi. Limfa tugunlari, asosan, teri osti venalari va
chuqur joylashgan arteriya hamda venalar bilan yonma-yon joylashgan.
Bosh va bo‘yindagi limfa tomirlari
Bosh va bo'yindagi limfa tomirlari va tugunlari ham boshqa sohadagi
limfa tomirlariga o'xshash yuza va chuqur joylashgan. Bosh va bo'yin
sohasidagi limfa tugunlari ensa, quloq suprasi atrofida, quloq oldi bezi
sohasida va pastki ja g ' ostida joylashgan bo'lib, ulardan chiqqan limfa
tomirlari yig'ilib, o 'ng tomondagisi o 'n g ko'krak limfa yo'liga, chap
tomondagisi esa chap ko'krak limfa yo'liga qo'shiladi.
Bo'yinning chuqur limfa tugunlariga qizilo'ngach, kekirdak, halqum
hiqildoq va qalqonsimon bezdan limfa tomirlari keladi.
TALOQ
Taloq chap biqinda, IX— XI qovurg'alar sohasida joylashgan. Uning
og'irligi o'rtacha 150— 200 g, uzunligi 10— 15 sm, kengligi 8— 10 sm
bo'lib, hajmi va og'irligi ichidagi qonning ko'payib-kamayishiga qarab
o'zgaradi. Taloqning diafragmaga tegib turgan yuzasi va chap buyrak
ning ustki, tegib turadigan ostki yuzasi tafovut qilinadi. Taloq darvozasi
dan qizilo'ngachga qarab qorin pardasining burmasi ketadi. Taloqni o'rab
turgan pardadan taloq ichiga qarab devorlar (trabekulalar) yo'nalgan.
Trabekulalar orasida taloq m ag'zi (pulpa) joylashgan. Taloq m ag'zi
eritrositlarga boy bo'lgani uchun to'q qizil tusda ko'rinadi. Bundan tashqari,
pulpada limfoid tugunchalar ham k o 'p uchraydi. Taloq bajaradigan
vazifasiga qarab ko'proq limfa bezlariga va ko'm ikka o'xshaydi. Taloq
limfositlar, monositlar (qon elementlari)ni ishlab chiqaradi. Taloq qon
deposi vazifasini ham bajaradi. Organizmda qon kamaysa, u holda taloq
qisqarib, o'zidagi qonni qon tomirlariga chiqarib beradi. Taloq qondagi
zararli mikroblarni o'zida olib qoladi, ya’ni qonni filtrlab beradi. Bundan
tashqari, um ri tugagan qon elem en tlari (eritro sitlar) ham taloqda
parchalanadi. Taloqning eritrositlar mozori deyilishi ham ana shundan.
Taloq operatsiya yo'li bilan olib tashlanganda, uning vazifasini ko'm ik,
jigar va limfa bezlari bajaradi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: