Bachadonning bo'yni, tanasi va tubi tafovut qilinadi. Bachadonning
tanasi va tubi old yuzasi qovuq ustida
bir oz bukilib joylashgan, orqa
yuzasi esa to'g'ri ichakka qaragan. Bachadon bo'ynining bir qismi qin
ichiga kirib turadi. Shu yerda bachadonning teshigi qinga ochiladi.
Bachadon devori qalin bo'lib, uch qavatdan iborat:
1. I c h k i s h i l l i q q a v a t bachadon naychalari shilliq qavatining
davomi bo'lib, bachadon ichida burmalar bo'lmaydi. Shilliq qavatda mayda
bezlar uchraydi. Shilliq qavat bachadon bo'yni qismida yanada qalinlashib,
bir necha burmalar hosil qiladi, bu yerda mayda bezlardan tashqari shilliq
bezlar ham bo'ladi. Bachadon shilliq qavati balog'atga yetgan qizlarda va
homilasi bo'lmagan ayollarda har 28 kunda hayz ko'rish munosabati
bilan o'zgarib turadi. Hayz ko'rish to'rt sikldan iborat: 1) odatda, hayz
ko'rish 3—5 kun davom etib, bu vaqtda bachadon shilliq qavatining bir
qismi (funksional) uzilib,
qon oqadi; 2) hayz ko'rishning ikkinchi davrida
(5— 12 kun) sog'lom shilliq qavat hujayralari ko'payib, uzilgan shilliq
qavat o'mini qoplaydi; 3) uchinchi davrda (12— 18 kun) bachadon shilliq
qavatida morfologik o'zgarish deyarli bo'lmaydi va bu davr osoyishtalik
davri deb ataladi; 4) nihoyat, hayz ko'rishdan oldingi davrda (18—28
kun) shilliq qavat to'lishib, shilliq osti qavat qon tomirlari qon bilan
haddan tashqari to'ladi. Agar shu vaqtda ayol tuxumi otalansa, otalangan
tuxum o'zidan maxsus suyuqlik chiqarib, to'lishgan
shilliq qavatni eritib,
unga cho'kadi, homiladorlik boshlanadi. Bu vaqtda sariq tana saqlanib,
keyingi tuxumning yetilishini to'xtatib, homilaning rivojlanishiga ta’sir
etadi. Aks holda qon bilan to'lgan qon tomirlar yorilib, shilliq ostiga
quyiladi. Natijada shilliq qavat ostidan ajraladi va shu zaylda hayz ko'rish
boshlanadi. Bunday vaqtda paydo bo'lgan sariq tana keyingi tuxum
yetilguncha saqlanib, so'ngra shimilib ketadi. Hayz ko'rish ayollarda
13— 14 yoshdan boshlanib, 45—50, ba’zida 55 yoshgacha davom etadi.
2. O ' r t a m u s k u l q a v a t i silliq muskul tolalaridan iborat va
uch qavat bo'lib joylashgan. Ichki va tashqi muskul tolalari bo'ylama,
ular orasida esa ko'ndalang muskul tolalari joylashgan. Odatda, muskul
qavati qon tomirlarga boy bo'ladi.
3. T a s h q i q a v a t seroz pardalardan iborat. Bachadonni old va
orqa tomondan yopib, uning keng boylamiga aylanib ketgan seroz pardaning
ikki varag'i orasida (bachadon bo'ynining ikki yonboshida)
biriktiruvchi
to'qimadan tuzilgan qatlam uchraydi.
Bachadon tanasining ichidagi bo'shliq uchburchak shaklda bo'lib, uning
tepa tomondagi ikki yon burchagiga bachadon naylari ochiladi, pastki
burchagi esa bo'yin ichidagi kanal orqali qin bo'shlig'iga va tashqariga
ochiladi. Bachadonning tashqi teshigi tug'magan ayollarda yumaloq, tuqqan
ayollarda esa ko'ndalangiga cho'zilgan bo'ladi.
Qorin parda bachadonning oldingi yuzasini qoplaydi, so'ngra orqa
yuzasidan to'g'ri ichakka o'tib ketadi. Natijada bachadon bilan qovuq
www.ziyouz.com kutubxonasi
oralig'ida chuqurlik vujudga keladi. Xuddi shunday chuqurlik bachadon
bilan to'g'ri ichak o'rtasida ham bo'ladi.
Bachadonni o'rab turgan qorin parda uning yon tomonidan chanoq
devoriga yo'naladi. Qorin pardaning ana shu bachadon
bilan chanoq devori
oralig'idagi qismi bachadonning keng boylami deyiladi. Bu boylamning
bachadon nayi bilan tuxumdon o'rtasidagi qismi bachadon tutqichi bo'ladi.
Bachadon nayining old tomonidan boshlangan bachadon yumaloq
boylami chov kanali orqali tashqariga chiqib, katta uyatli lablar terisida
tugaydi. Bachadonning homiladorlik davrida uzunligi 29 sm, og'irligi 1
kg bo'ladi.
B a c h a d o n n i n g h o m i l a d o r l i k d a v r i — otalangan tuxum
o'zidan ajratgan suyuqlik bilan bachadon shilliq qavatini eritib cho'kadi
va homiladorlik boshlanadi. Homiladorlik oxirgi hayz ko'rish vaqti bilan
bola tug'ilguncha bo'lgan vaqt oralig'i bo'lib, 9 oy (har oy 28 kundan)
yoki 280 kunga 14 kunni qo'shilgan davr bilan aniqlanadi. Homiladorlik
davrida bachadon hajmi o'rtacha 20 marta kattalashadi, devori hayz ko'rish
oldi devoriga o'xshagan, bo'rtgan va qonga to'lishgan bo'ladi. Bola
tug'ilganidan so'ng bachadon hajmi 10— 12 kunda kichiklashib, asli holiga
keladi, shilliq qavatning yarasi (yo'ldosh o'rni) bitadi.
B a c h a d o n d a n t a s h q a r i h o m i l a d o r l i k . Odatda homila
dorlik bachadon bo'shlig'ida sodir bo'ladi. Ba’zida esa homiladorlik ba
chadondan tashqarida (tuxumdonda, bachadon naylarida, ko'proq,
qorin
pardada, charvi va boshqa a’zolarda) kuzatiladi. Bunday homiladorlik
homilador ayolga ham, homilaga ham juda xavflidir. Asosan, otalangan
tuxum bachadon nayidan bachadon bo'shlig'iga borib cho'kadi. Ba’zida
esa otalangan tuxum bachadon nayida turli sabablarga ko'ra o'tirib qoladi.
Bular quyidagilar:
1. Bachadon nayi shilliq qavati yallig'lanib, bo'rtishi tufayli uning
teshigining hajmi torayadi. Natijada otalangan tuxumning (hujayraning
ko'payish davrida) bachadon tomon yo'nalishi qiyinlashadi. Oxiri homila
bachadon nayiga o'tirib qoladi.
2. Ba’zan normal rivojlanmagan bachadon nayining muskul qavati
unchalik takomil etmagan bo'ladi. Nay odatdagidan uzunchoqroq bo'lib,
ilon izi shaklida joylashadi. Otalangan tuxum bunday naylardan bachadon
tomon yo'nala olmaydi.
3. Bachadon nayida paydo bo'lgan turli
o'smalar ham otalangan
tuxum harakatini qiyinlashtiradi.
Homila ko'pincha nayning voronkasimon kengaygan qismiga cho'ka
di. Nay homiladorligida ham bachadonda boiadigan homiladorlikka
o'xshash o'zgarishlar kuzatiladi. Homilani o'ragan parda,
xorion kiprik-
chalari nay shilliq qavatidan tashqari, muskul va seroz pardalarni ham
eritib, devorini yupqalashtiradi. Natijada nay bo'shlig'i kengayadi. Nayning
www.ziyouz.com kutubxonasi
kengayishi 2—3 oy (ba’zida 6 oygacha) davom etib, keyin yorilib, kuchli
qon oqadi. Embrion qon bilan qorin bo‘shlig‘iga tushadi. Homilador ko‘p
qon oqishidan hushidan ketib, shok holati kuzatilishi mumkin. Bunday
paytlarda zudlik bilan tegishli chora ko'rish lozim.
QIN
Qin
(129-rasm) — bachadon bo'yni bilan tashqi tanosil a’zolari
oralig'ida joylashgan, uzunligi 8 sm gacha bo'lgan a’zo. Qin devorlari-
ning ichki shilliq qavatida juda ko'p ko'ndalang burmalar ko'rinadi.
Devorning ikkinchi muskul qavati tolalari ko'ndalangiga
va uzunasiga
yo'nalgan. Muskul qavati tashqi tomondan fibroz parda bilan o'ralgan.
Bachadon bo'yni qinning tepa qismi ichiga ancha kirib joylashganidan
uning atrofida chuqurliklar paydo bo'ladi.
Qin orqa devorining yuqori qismi qorin parda bilan o'ralgan, qolgan
qismi to 'g'ri ichakka yaqin joylashgan. Oldingi devorining ustki qismi
qovuqqa, pastki qismi siydik chiqarish nayiga yaqin turadi. Qizlarda
qinning tashqi teshigi halqa shaklidagi shilliq (qizlik) parda bilan bekilib
turadi. Pardaning o'rtasida kichkina teshik bo'ladi. Ikkala kichik uyatli
lablaming oralig'i qin dahlizini hosil qiladi, uning tepa qismida katta va
kichik uyatli lablaming oralig'ida klitor (shahvoniy do'ng) joylashgan.
Klitor tuzilishi va shakli jihatdan erlik olatini eslatadi. Lekin klitorni
faqat ikkita g'ovak tana tashkil etadi. Klitor qitiqlanishi ayollarning jinsiy
qo'zg'alishiga olib keladi. Klitordan pastroqda
siydik chiqarish nayining
tashqi teshigi, undan pastroqda esa qin teshigi joylashgan.
Qin dahlizining ikki yoniga dahliz bezlari yo'li ochiladi. Bu bezlar
erkaklarning Kuper bezlariga o'xshaydi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: