O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


AYOLLARNING SIYDIK CHIQARISH NAYI


bet163/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   299
AYOLLARNING SIYDIK CHIQARISH NAYI
Ayollarning siydik chiqarish nayi (128-rasm) qisqa, uzunligi 3—3,5 
sm bo'lib, devori cho'ziluvchan, diametri ancha katta (7—8 mm), Nayning 
ichki teshigi va siydik-tanosil diafragmasini teshib o'tgan bo'lagi qisuvchi 
muskul bilan o'ralgan. Siydik chiqarish nayining tashqi teshigi qin dah- 
liziga ochiladi. Nayning devori ichkari tomondan shilliq qavat bilan 
qoplangan. Bu qavatda mayda bezlar uchraydi. Shilliq osti qavati qon 
tomirlarga boy biriktiruvchi to'qimadan iborat. Siydik chiqarish nayini 
ust tomonidan silliq muskul o'rab turadi.
ORALIQ
Oraliq
(130,131-rasmlar) tashqi tanosil a’zolari bilan orqa teshik 
orasidagi soha. Oraliq oldindan simfiz, orqadan dum suyagining cho'qqisi, 
ikki yon tomondan quymich do'mboqlari bilan chegaralangan. Oraliq 
muskullardan va ularni tepadan, pastdan o'rab olgan fassiyalardan iborat
www.ziyouz.com kutubxonasi


131-rasm. Ayollar oralig'i.
1 -yorg'oq; 2 - oraliqning siydik- 
tanosil diafragma bo'lagi; J-siydik 
chiqarish nayi; 
4
- siydik chiqarish nayi 
bezi; 5, 
6
-oraliq ko'ndalang musku­
li; 7-orqa teshikning tashqi muskuli;

- oraliqning chanoq bo'lagi.
130-rasm. Erkaklar oralig'i.
/-klitor; 2 - kichik uyatli lab; 
3, 9 -
oraliqning siydik-tanosil bo'lagi; 
4, 8 -
oraliqning ko'ndalang muskullari; 5- 
oraliqning chanoq-diafragma bo'lagi; 
6 -dumbaning katta muskuli; 7 - orqa 
teshikni siquvchi tashqi muskul; 
1 0 -
qin; //-siydik chiqarish nayining
tashqi teshigi.
bo‘lib, chanoqning pastki teshigini qoplab turadi. Oraliqda tashqi tanosil 
a’zolari va tashqi teshik joylashgan. Oraliq ikki qism — oldingi siydik- 
tanosil diafragmasi va orqadagi chanoq diafragmasiga bo'linadi.
Siydik-tanosil diafragmasi qismi quymich va qov suyaklarining butoqlari 
bilan chegaralangan. Bu qismni oraliqning chuqur ko'ndalang muskuli, 
siydik chiqarish nayining chiquvchi muskullari va fassiyalari qoplab turadi. 
Bundan tashqari, siydik-tanosil diafragmasi yuzasida piyoz-g'ovak muskuli 
joylashgan. Bu muskul siydik va erkaklik urug'i (spermatozoid) suyuqligini 
chiqarishga xizmat qiladi. Ayollarda esa qinga kirish qismini siqadi. 
Quymich-g'ovak muskuli esa qisqarib, vena qonining oqishini qiyinlash- 
tiradi, bu bilan erkaklarda olatni, ayollarda klitomi qo'zg'atadi. Erkaklar- 
ning siydik-tanosil diafragmasi orqali siydik chiqarish nayi, ayollarda esa 
siydik chiqarish nayi bilan qin o'tadi.
Oraliqning chanoq diafragmasi oldingi siydik-tanosil diafragmasiga 
qaraganda kattaroq. Oraliqning bu bo'lagi gumbaz shaklida tuzilgan. 
Chanoq gumbazi bilan quymich suyagi oralig'ida hosil bo'lgan to'g'ri 
ichak quymich bo'shlig'ini yog' to'qimalari to'ldirib turadi va nerv ham­
da qon tomirlari o'tadi.
Chanoq diafragmasidan o'tgan to'g'ri ichak orqa teshik bo'lib tugay­
di. Orqa teshikning atrofini teri ostida joylashgan orqa teshikning yuza 
siquvchi muskuli o'rab turadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sut bezlari
(132-rasm) bir juft bo'lib, katta ko'krak muskulining 
ustida joylashgan. Shuning uchun ular ko'krak bezlari deb ham ataladi. 
Sut bezlari ter bezlaridan tuzilgan bo'lib, sut ishlab chiqarishga moslashib 
rivojlangan. Sut bezlari yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (qiz va o'g'il bolalarda 
ham) bir xil bo'lib, qizlar balog'atga 
yetishi bilan sut bezlari kattalashib, sut 
ishlab chiqaradigan bezlar takomillasha- 
di. Sut bezining kattalashishi homilador­
lik davrida ayniqsa zo'rayadi.
Sut bezlarining uchida so'rg'ich va 
uning atrofida pigmentga 
boy doira 
bo'ladi. Doira sohasida mayda bezlar 
b o 'lg a n lig i tufayli tekis em as. Sut 
bezlarining uchi 15—20 ta alohida bez 
bo'laklaridan iborat bo'lib, ularning 
uchlari s o 'rg 'ic h tomon yo 'n alg an .
Bo'lakchalar biriktiruvchi to'qima devor­
lari bilan ajralib turadi. Har bir bo'lak- 
cha o'z navbatida sut ishlab chiqaruvchi 
bezlardan iborat bo'lib, ular mayda sut 
y o 'lla ri orqali b ir-b irig a q o 'sh ilib , 
bo'lakcha sut chiqarish yo'lini (15— 20 
ta) hosil qiladi. Bu yo'llar so'rg'ichga 
yaqinlashganda bir-biri bilan qo'shilib, 8—
10 ta teshik ochiladi. 
qavati; j-ten.
TANOSIL A’ZOLARINING RIVOJLANISHI
Sakkiz haftalik embrion umurtqa pog'onasining ikki yonida indiffe­
rent (jinsiy jihatdan tafovut etilmagan) hujayralar paydo bo'ladi. Buning 
pastrog'ida Volf tanasi («Buyrakning rivojlanishi»ga qaralsin) deb ataluvchi 
naychalar joylashgan. V olf tanasining pastki uchi bilan M yuller 
naychasining pastki uchlari siydik-tanosil bo'shlig'iga ochiladi. Agar Volf 
tanasi va uning ustida joylashgan hujayralar Myuller naychasiga qaraganda 
tezroq o'sadigan bo'lsa, u holda bu hujayradan erkak tanosil bezi — 
moyagi rivojlanadi va uning ichida burmalar va to'g'ri naychalar paydo 
bo'ladi. Volf naychasining siydik-tanosil bo'shlig'iga ochilgan qismidan 
urug' pufakchasi vujudga keladi. Bu vaqtda Myuller naychasining ko'p 
qismi yo'qoladi. Ulardan faqat siydik-tanosil bo'shlig'iga ochilgan qismi 
saqlanib, «erkaklar bachadoni»ga (prostata bezining ichida siydik chiqarish 
yo'lida) aylanadi.
132-rasm. Sul bezi. 
/-so'rg'ich; 2 -sut yo'llari; 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish