O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet14/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   299
A
В
D
10-rasm. Neyrofibrillar va tigroid moddalar.
A,В -nerv hujayralari: /-akson; 2-dendritlar; j-yadrocha; 4-xromatin; 5 -
tigroid moddalar; 6-neyrofibriIlar, D -m iyaning gliya hujayralari.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M iyelinli nerv tolalarining m iyelinli pardasi m a’lum m asofada 
ingichkalashib, b o ‘g ‘iq (Ranvye b o ‘g ‘iqlari) vujudga keladi. Ranvye 
bo‘g ‘iqlari, odatda, qo'shni Shvann hujayralarining chegarasi hisoblanadi.
Nerv tolalari bajaradigan vazifasiga qarab harakatlantiruvchi (effe­
rent) va sezuvchi (afferent) tolalarga ajratiladi. Efferent tolalar sezgilarni 
m arkaziy nerv sistem asidan a ’zolarga olib borganligi uchun ularni 
m arkazdan uzoqlashtiruvchi tolalar deb ataladi. Sezuvchi tolalar esa 
sezgilarni periferik (ichki va tashqi m uhit)dan retseptorlar orqali qabul 
qilib, nervlar yordam ida m arkaziy nerv sistemasi (bosh m iya)ga olib 
boradi. Binobarin, bunday tolalar m arkazga intiluvchi tolalar deb ata­
ladi.
Nerv oxirlari retseptor, effektor va sinaps (neyronlarning o ‘zaro 
qo‘shilishi)ga bo'linadi. Retseptorlar ichki va tashqi muhitdan sezgilarni 
qabul qilib, sezuvchi nerv tolalariga o'tkazadi. Effektorlar esa harakatlan­
tiruvchi nerv tolalarining oxiri bo'lib, ko'ndalang-targ'il va silliq mus- 
kullarga, bezlarga tarqaladi. Turli impulslar effektorlar orqali muskul va 
b e z la rg a — is h c h i a ’z o la r g a y o 'n a la d i . E f f e k to r la r , o d a td a , 
harakatlantiruvchi yoki nerv-muskul sinapsi (birlashmasi) deb ataladi. 
Muskul tanasida o 'q silindr bir necha mayda oxirgi tolalarga tarmoqlanadi. 
Nerv tolasining mayda tarmoqlari (postsinaptik) muskul to'qim asining 
plazmolemmasiga botib kiradi. Muskul tolasining sarkolemmasi — post­
sinaptik membrana bilan perisinaptik membrana (aksolemma) orasida 
sinaps bo 'sh lig 'i vujudga keladi. Bu bo'shliqdan postsinaptik membrana 
(sarkolemma) burmachalari yordamida turli tomonga tarqalib turadi. Nerv 
tolalari orqali kelayotgan impulslar sinaptik pufakchalardagi mediatorlar- 
ni sinaps bo'shlig'iga chiqarib, postsinaptik membranaga ta’sir etadi va 
muskul to'qim alarni qo'zg'atadi.
Retseptorlar — sezuvchi nerv hujayralari dendrit tolalari oxiridagi 
apparatdir. Odatda, sezuvchi (afferent) nerv hujayralarining presinaptik 
bo'lagi bilan denaritlar (postsinaptik bo'lagi sifatida) o'zaro sinapslar 
hosil qiladi.
Retseptorlar ikki yirik guruhga: tashqi muhitdan ta’sirni qabul qiluvchi 
e k s te r o re ts e p to rla r va ich k i a ’z o la rd a n t a ’sirn i q ab u l q ilu v c h i 
interoretseptorlarga b o 'linad i. Interoretseptorlar o 'z navbatida ichki 
a’zolardan sezgilarni qabul qiluvchi visseroretseptorlar 
va muskullar, 
bo'g'im lar hamda boylamlardan sezgilarni qabul qiluvchi proprioretseptorlarga 
bo'linadi. T a’sirotlarni qabul qilish xossalariga ko'ra mexanoretseptorlar, 
xemoretseptorlar, termoretseptorlar tafovut qilinadi. Retseptorlar tuzilishiga 
qarab turlicha bo'ladi. Agar o 'q silindming oxirgi tolalaridan tuzilib, kap- 
sula bilan o'ralmagan bo'lsa, erkin joylashgan retseptor deyiladi. Retseptorlar 
gliya hujayralari va biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'lgan kapsula bilan 
o'ralgan bo'lsa, kapsulali retseptorlar deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Skelet muskullarining retseptorlari murakkab tuzilgan b o ‘lib, odatda, 
miyelinli nerv tolalari muskullariga yaqinlashib, miyelinli qavatini yo'qotadi 
va bir qancha shoxchalarga bo'linib ketadi. Ular muskul tolalarining 
sarkolemmasi sirtida savatcha hosil qilib tugallanadi. Bulardan tashqari, 
muskul tolalarini spiralsimon o'rab turuvchi nerv oxirlari — retseptorlar 
bo'ladi. Ular biriktiruvchi to'qim a kapsulasi bilan o'ralib turadi.
N e y r o n l a r a r o s i n a p s l a r . Ikki hujayra orasidagi sinapslar yor­
damida qo'zg'alishlar bir neyrondan ikkinchi neyronga o'tish xususiyati- 
ga ega bo'lib, refleks yoyini vujudga keltiradi. Neyronlararo sinapslar bir 
neyron a k so n in in g nozik to lalarg a tarm o q lan g an tu g m achasim o n
kengaymalari bilan ikkinchi neyron dendritlari o'rtasida hosil bo'ladi. Bu 
xil sinapslarga akseodendrit sinapsi deyiladi. Sinapslar qo'zg'alishni nerv 
to la la r i o rq a li m a rk a z iy n erv s is te m a s ig a , u y e rd a n e f f e k to r
(harakatlantiruvchi) nerv tolalari yordamida ishchi a’zolarga o'tkazadi. 
Neyronlararo sinapslar nerv-muskul sinapslari kabi sinaps parda (kapsula) 
va uning bo'shlig'idan iborat. Sinaps kapsula bir aksonning eng oxirgi 
tolachasi bilan boshqa neyron dendriti o'rtasida (sinaps orti) vujudga 
keladi. Bu xildagi reflektor yordamida ta ’sirni faqat bir tomonga —
aksonlar orqali sinaps oldi kapsulasi, so'ngra sinaps orti kapsulasi orqali 
ikkinchi neyron tanasi yoki dendrit tolalariga o'tkazadi.
Muhofaza funksiyalarida nerv sistemasi asosiy rol o'ynaydi. Endokrin, 
gumoral omillar ham ko'pincha organizmning reflektor javobida faol 
qatnashadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish