oddiy oyoqchalari qo'shilib, bitta umumiy oyoqchani hosil qiladi. Natijada
uchta yarim halqasimon kanallaming oltita oyoqchalari beshta teshik bo'lib
dahlizga ochiladi.
Chig'anoq dahlizning pastidagi aylanish o'qi spiralga o'xshab 2,5
marta aylanishidan hosil bo'ladi. Birinchi aylanasi katta (6 mm), ikkinchi
(4 mm) va uchinchi aylanasi (2 mm) bir-biridan kichiklashib boradi.
Chig'anoqning kengaygan tomoni (asosi) ichki eshitish yo'liga
qarab
joylashgan bo'lsa, uning uchi o'rta quloq tomonga qaragan. Chig'anoq
o'qidan chig'anoq bo'shlig'iga uchburchak shaklidagi spiralsimon suyak
plastinka chiqadi. Suyak plastinka va uning uchidan boshlangan chig'a
noq parda chig'anoq bo'shlig'ini dahlizga olib kiruvchi dahliz narvoniga
va chig'anoq teshigi orqali o'rta quloqqa tushuvchi narvongacha boradi.
Chig'anoq o'qi bilan spiralsimon plastinkalar orasida nerv tugunchasi
joylashadigan spiralsimon kanal bo'ladi. Spiral plastinkadagi mayda
teshikchalar orqali nerv tolalari Korti a’zosiga boradi.
Parda labirint biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan suyak labirinti ichida
ana shu labirint shaklini qaytarib joylashadi. Parda labirint hajmi suyak
labirint bo'shlig'iga nisbatan kichikroq. Suyak labirint
bilan parda labirint
orasida perilimfa bo'shlig'i bo'lib, unda perilimfa suyuqligi bo'ladi. Parda
labirint dahlizi sohasida ikkita bo'shliq bo'lib, biri bachadoncha, ikkinchisi
qopchadir. Bachadoncha ichiga 5 ta parda yarim halqasimon kanal
teshikchalari ochiladi. Bundan tashqari, bachadoncha bilan qopchalar o'zaro
bitta yo'l orqali tutashgan. Ana shu yo'l orqali endolimfa kalla bo'shlig'ida
joylashgan xaltachaga qo'shiladi. Qopcha bo'shlig'i ham parda chig'anoq
bo'shlig'i bilan qo'shiladi.
Parda yarim halqasimon kanallar suyak yarim halqasimon kanallarga
o'xshab tuzilgan bo'lsa ham, ularga nisbatan birmuncha tor.
Parda yarim
halqasimon kanallar oyoqlari kengaygan qismi (ampula)ning ichki yuza-
larida muvozanat nervining oxirlari (retseptorlar) tarqalgan. Bachadoncha
va qopchalarning ich tomonida oq dog'lar ko'rinadi. Oq dog'lar yuzasida
shilliqsimon modda (ohak zarracha — otolit) lar ko'rinadi. Odam
muvozanati o'zgarganda ana shu otolitlar endolimfa suyuqliklari bilan
qimirlab, parda yarim halqasimon kanallar ichidagi muvozanat nerv
oxirlarini qitiqlab, ta’sirotni bosh muvozanat markaziga o'tkazib beradi.
Markazdan javob ta’sirotlar (o'tkazish yo'llariga qaralsin) ishchi a’zolarga
tarqaladi. Odam muvozanati o'zgaradi. Umumiy
yarim halqasimon kanallar
muvozanat a’zosi hisoblanadi. Odam fazoga ko'tarilganda (kosmonavtlarda)
dahliz bilan yarim halqasimon kanalchalardagi endolimfa va otolitlarning
og'irligi yo'qoladi. Shuning uchun gavdaning qanday holatda ekanligi
faqat ko'z bilan aniqlanadi.
Parda chig'anoq suyak chig'anoqdan taxminan 3 marta kichik va bosh-
lanishda boshi berk bo'ladi. Lekin suyak chig'anoqning yo'lini qaytaradi.
Chig'anoqda endolimfa dahliz va chig'anoq narvonlari orasida joylash-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gan. Dahliz narvoni dahlizdan boshlanib, parda chig‘anog‘ining uchiga
borganda u yerdagi yo'ldan nog'ora narvoniga qo'shiladi.
Parda chig'anoq suyak chig'anoq ichidagi spiralsimon o'siqlar
uchi-
dan boshlanib, uning shaklini takrorlaydi va uchi suyak spiral kanalining
devoriga borib qaytib, yana spiralsimon o'siqqa yopishadi. Chig'anoq
yo'lining ko'ndalang kesimi uchburchak shaklida, uchta yo'lga bo'linadi.
Ularning biri parda spiralsimon chig'anoq bo'shlig'i — chig'anoq yo'li,
ikkinchisi uning ostki tomondagi nog'ora narvoni, uchinchisi esa ustki
tomondagi dahliz narvoni. Chig'anoq yo'li ichida Korti a’zosini ko'ra
miz. Bu a’zo parda chig'anoqning pastki (asosiy) plastinkasida joylash
gan har xil uzunlikdagi tovushlarni qabul qiluvchi hujayralardan iborat.
Korti a’zosi besh qator bo'lib joylashgan tukli hujayralardan tuzilgan.
Bu a’zoning har bir qatori esa 60— 70 tukli retseptor hujayralardan iborat.
Hujayralaming tuklari turlicha uzunlikda bo'lib, eng kalta (130— 135
mkm) tukli hujayralar chig'anoqning asosida joylashgan. Chig'anoq
asosidan chig'anoq yo'liga ko'tarilgan sari hujayralaming tuklari asta-
sekin uzunlashadi. Eng uzun (230—234 mkm)
tukli retseptor hujayralari
chig'anoq yo'lining uchida joylashgan. Ularning ustki tomonida tomchi-
simon plastinka bo'ladi. Uning bir uchi tukli hujayralaming ustida erkin,
ikkinchi uchi esa chig'anoqning asosiy membranasiga birikib joylashgan.
Endi tovush o'tkazish va eshitish fiziologiyasi to'g'risida to'xtalamiz.
Havodagi tovush to'lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi
eshitish
yo'li orqali nog'ora pardaga borib to'qnashib, uni tebratadi. Nog'ora
parda to'lqinini o'rta quloqda joylashgan eshitish suyaklari zanjiriga
(bolg'acha, sandon, so'ngra uzangiga) o'tkazadi. O'rta quloq bo'shlig'i
eshituv (Yevstaxiy) nayi orqali halqum bo'shlig'i bilan tutashgan. Halqumga
ana shu kanal orqali o'rta quloq bo'shlig'iga havo kirib, nog'ora
pardaning
tashqi va ichki tomonida havo bosimining bir xilda bo'lishini ta’minlaydi
va nog'ora pardani normal to'lqinlantiradi. Natijada nog'ora pardaning
to'lqinlari o'rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalarini harakatga kel
tiradi. Agar Yevstaxiy nayi yallig'lanib berkilib, o'rta quloqqa havo o'tmay
qolsa, o'rta quloqdagi bosim tashqi tomondagi bosimga nisbatan kamaya
di. Bunday sharoitda nog'ora parda to'lqinlanmay tovush eshitilmaydi.
Zambarak otish vaqtida, samolot tez ko'tarilganda tashqi to'lqin birdan
oshib, nog'ora pardaga kuchli uriladi-da, yorib yuboradi. Shuning uchun
bunday sharoitda og'izni bir oz ochib, to'lqin nog'ora pardaning (tashqi
va ichki) tomonidan bir xil kuch bilan urilishini ta’minlash kerak bo'ladi.
Ana shundagina nog'ora parda yirtilmaydi. To'lqin normal holatda
bolg'acha va sandonga boradi. Sandon esa to'lqinni uzangiga uzatadi.
Uzangi to'lqinni (uning asosi oval teshikni qoplab turganligidan) oval
teshik orqali dahliz narvonidagi perilimfani tebratadi. Perilimfa to'lqini
narvonchaning uchidan nog'ora narvonchaga o'tib,
oxiri labirint dahlizi-
dagi yumaloq teshikni qoplab turgan pardani tebratadi. Perilimfa tebrani-
www.ziyouz.com kutubxonasi
shi parda chig'anoq orqali uning ichidagi endolimfani harakatga keltiradi.
Natijada Korti a’zosining tomchi plastinkasi tebranib, uning ostida joy
lashgan hujayra ipchalarini qitiqlaydi. Bu yerda eshitish to'lqinlarini eshitish
nervining uchlari — retseptorlar qabul qilib, ta’sirotni eshitish yo'li orqali
miya po'stlog'idagi eshitish markazi (analizatori)ga yetkazadi. Natijada
odamda eshitish — tovushni ajratish vujudga keladi.
Tovush to'lqinlarini qabul qilish yoshga qarab o'zgarib boradi. Jum
ladan, o'rta yoshli odamlar bir sekundda 16—22 mingga teng bo'lgan
tovush to'lqinlarini qabul qilishi mumkin bo'lsa, qarigan odamlarda eshitish
qobiliyati pasayadi. Ular 12— 15 ming (ba’zan bundan ham kam) to'lqin-
li tovushlarni eshitadilar.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: