O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet280/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   299
TERI ANALIZATORI
Teri odam haroratini, atmosfera bosimini, og'riqni, biror narsa tegib 
turganini sezibgina qolmasdan, organizmni tashqi ta’sirotlardan ham saqlab 
turadi. Odamda teri sathi o'rtacha 1,5—2,0 kv m ga teng.
Odam terisi ikki qavatdan tuzilgan (201-rasm).
1 . T e r i u s t k i q a v a t i ko'p qavatli epileptiydan tuzilgan bo'lib, 
uning tashqariga qaragan qismi shoxsimon qavatga aylanib, asta-sekin 
ko'chib yangilanib turadi.
2. C h u q u r q a v a t (asl xususiy teri) — elastik va silliq muskul 
tolalari aralashgan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan. Shuning uchun odam
201-rasm. Terining gistologik tuzilishi.
/, 2 - teri ustki qavati; 
3
 - asli teri qavati; 
4
 - so'rg'ichsimon qavat; 5 - teri osti
qavati; 
6 -
 teri bezi; 7 - soch so'rg'ichi: 
H -
 soch piyozchasi; 
9 -
 soch ildizi; 
10-
soch qopchasi; 
II
- teri bezi naychasi; 
12
 - y o g ' bezi; 
13 -
teri bezi naychasining
teshigi; 
14
 - soch.
www.ziyouz.com kutubxonasi


terisi (ayniqsa, yoshlarda) elastiklik xususiyatiga ega. Asl teri qavatining 
yuza tomonidan epidermis ichiga qon va limfa kapillarlari hamda nerv 
oxirlari (retseptor)ga boy so'rg'ichlar kirib turadi. Teri ostida yog' qavati 
bo'lib, tanani sovuqdan saqlaydi va zaxira oziq hisoblanadi. Teri osti 
yog' qavati gavdaning hamma joyida ham bir xil bo'lmaydi. Terining 
chuqur qavatida teriga rang berib turuvchi melanin pigmenti mavjud. 
Pigment oz-ko'pligiga qarab teri turli rangda bo'ladi.
Terining ba’zi qismlari soch (tuk) bilan qoplangan. Sochlarning 
teri osti qavati ildizi yoki piyozi deb ataladi. Ular xaltachasimon tuzilgan 
bo'lib, ichiga moy bezlarining chiqarish yo'llari ochiladi. Xaltachasiga 
tegib turgan silliq muskullar qisqarganda teri g'adir-budur (burishgan) 
bo'lib, g'oz terisiga o'xshab qoladi. Sochning rangi soch xaltachasidagi 
pigment va havo miqdoriga bog'liq. Havo va pigment kamaygach, soch 
asta-sekin oqara boshlaydi. Terida sochdan tashqari, timoqlar ham bo'ladi.
Odam terisi bag'rida uch xil (yog‘, sut va ter) bez mavjud.
Y o g ' b e z l a r i oyoq va qo'l panjalarining kaftlaridan tashqari ham­
ma yerda bor. Ular alveolar shaklda bo'lib, soch xaltachalariga ochiladi 
va sochlar bilan tashqariga chiqib terini yog'laydi. Shu bilan terini qurib 
qolishidan, yorilishidan saqlaydi. Yog' bezlari terining soch o'smaydigan 
joyida alohida yo'llar orqali teri yuzasiga ochiladi.
T e r b e z l a r i naysimon shaklda bo'lib, asl teri qavatida joylash­
gan. Ter bezlari ter ishlab chiqaradi. Odam organizmida ter bezlarining 
ahamiyati katta; ular tarkibida har xil zararli chiqindi moddalar, tuzlar 
chiqib ketadi, terlash organizm haroratini pasaytiradi. Ter bezlarining 
normal ishlashi buyraklar faoliyatiga yordam beradi.
Terida sezuvchi nerv oxirlari yaxshi rivojlangan. Ularda sovuqni se­
zuvchi retseptorlar yuzaroq, issiqni sezuvchi retseptorlar chuqurroq 
joylashadi. Teri hamma yerda ham bir xil qalinlikda emas, eng qalin joyi 
2,5— 3 mm, eng yupqa yeri 0,3—0,5 mm.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish