2.2.
Xulq-atvor va irsiyatning
psixologik xususiyatlari
davrigacha nobud bo‘ladi va bu jarayon tug‘ilgandan so‘ng ham, umri bo‘yi davom etadi. Hujayralarning
bunday nobud bo‘lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo‘ladi. Neyronlar o‘ta egiluvchandir.
Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud bo‘lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o‘z
hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o‘lchamlari kattalashgani
hisobiga yo‘qotilgan vazifalarning o‘rni to‘ldiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh miyadagi neyronlarning
90% ga yaqini nobud bo‘lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo‘lmay, inson sog‘lom ko‘rinishini
saqlab qolar ekan. YA’ni, bitta tirik asab hujayrasi to‘qqizta nobud bo‘lgan hujayralarning o‘rnini bosishi
mumkin ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda saqlab qolishning
yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir yo‘li – voyaga etgan sut emizuvchilarning bosh
miyasida yangi asab hujayralarining hosil bo‘lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab
hujayralari bo‘linmaydigan bo‘lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo‘ladi? Ular voyaga etgan
organizmning o‘zak hujayralaridan hosil bo‘ladi.
Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo‘lib u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy
sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy
munosabatda bo‘lish natijasidir. Bu ma’noda ong mutafakkirlar ta’kidlab o‘tganlaridek, ijtimoiy
mahsulotdir.
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir.
Ongsizlik
– bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga
javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko‘rish, ba’zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinatsiya
kabilar kiradi. [2]
Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan.
Endokrin tizimining temir moddalari kimyoviy gormonlarni ishlab chiqaradi. Bu gormonlar tananing bir
to’qimasida ishlab chiqariladi.Va qon oqimi bilan boshqa to’qimalarga quyiladi va ularga ta’sir qiladi.
1
[3]
Hulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit
ta’sirlariga javoban yuzaga keladigan murakkab reaksiyalar
majmuasi
hisoblanadi.
Tirik
mavjudotlar
psixikasi
rivojlanganligining darajasiga ko‘ra, murakkabligi turlicha
bo‘lgan hulq-atvorga ega ekanliklarini alohida ta’kidlab
o‘tish zarur. SHunday qilib, yuqoridagi fikrlar asosida, tirik
organizmlar psixikasi rivojlanganligining to‘rt asosiy
darajasini ajratish mumkin, bular: ta’sirchanlik, sezgilar (his-tuyg‘ular), yuqori tuzilgan biologik turning
xulq-atvori (tashqi belgilangan hulq-atvor), inson ongi (sababiy hulq-atvor)dir. Ushbu darajalarning har
biri o‘z rivojlanish bosqichlariga ega ekanliklarini ta’kidlab o‘tish zarur. Psixika rivojlanishining yuqori
darajasi faqat insonga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |