105
organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig‘imi» sifatida o‘rin ajratiladi.
Bunday fikrlarni bizlar
ko‘proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz.
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir bo‘ladigan hodisaning
chiziqli funksiyasi sifatida o‘rganiladi. Bu konsepsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik
jarayonlarning barcha xususiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning
taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ko‘p hollarda bu konsepsiyalarda
psixik taraqqiyotni
tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‘llaniladi, bu qonunga ko‘ra,
individ taraqqiyoti o‘zi tegishli bo‘lgan tur evolyusiyasining asosiy ko‘rinishlarida amalga oshiriladi.
Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‘lmasligi, barcha
ruhiy hodisalarni biologik (fiziologik) tushunchalar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi
haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‘rtasida juda keng tarqalganligini alohida
ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai nazarning tarafdori edi.[1]
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ular ham rekapitulyasiya g‘oyasidan kelib chiqadi,
lekin bunda u o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. Ushbu konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda
psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy rivojlanishi, avvalambor, ma’naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti
jarayonining asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‘z tasdig‘ini topgan.
Shunga o‘xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. Shtern yanada yorqin tarzda ifodalagan. U taklif
etgan ta’limotda rekapitulyasiya tamoyili ham hayvonlar
psixikasi evolyusiyasini, ham jamiyat
ma’naviyatining taraqqiyoti tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go‘daklik davrining
birinchi oylarida tuban hissiyotlarning ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli va impulsli mavjudligi
bilan sut emizuvchi bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish
faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki yoshda gavdani tik tutib
yurish va nutqni egallagandan so‘ng oddiy insoniy holatga erishadi. O‘yin va ertaklarning birinchi besh
yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida turadi. So‘ngra maktabga o‘qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka
ma’lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy tashkilotlarga
ega bo‘lgan madaniyatga a’zo bo‘lishining ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi
yillarida ko‘hna va qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o‘ta
mutanosibdir, o‘rta maktab
yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat etuklik davrida YAngi davr madaniyati
holatiga mos keluvchi ma’naviy darajalarga erishiladi».
Lekin, fikrimizcha, bunday o‘xshashliklar keltirilganida, har bir jamiyatda tarixiy rivojlanib, har bir
ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o‘ziga xos bo‘lgan ta’lim va tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda
odamlarning har bir avlodi jamiyatning ma’lum bir rivojlanish bosqichiga to‘g‘ri kelib, o‘sha bosqichda
tarkib topgan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun insonga o‘z taraqqiyotida bosib o‘tilgan
tarixiy bosqichlarni qisqartirilgan ko‘rinishda takrorlab o‘tirish shart emas.
Odamning ma’lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini
hech kim tomonidan inkor
etilmaydi. Shu bilan birga, inson ma’lum ijtimoiy muhitda tug‘ilgani uchun faqat biologik ob’ekt sifatida
emas, balki, ma’lum jamiyat vakili sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o‘zaro
ta’sirda bo‘lganliklaridan psixologiya uchun o‘zaro aloqalarining xususiyatini aniqlash muhimdir.
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko‘p sonli tadqiqotlar individ psixik
taraqqiyotining boshlang‘ich sharti uning biologik rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ
ruhiy taraqqiyotining asosi bo‘lgan ma’lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to‘plami bilan
dunyoga keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud bo‘lgandagina amalga
oshishi mumkin.
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o‘zaro faoliyati va o‘zaro ta’siri
muammosini ko‘rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini ajratish mumkin, bular: biologik daraja,
ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir.
SHunday qilib, shuni ko‘zda tutish lozimki, gap uchlikdagi:
«biologik – ruhiy – ijtimoiy» o‘zaro ta’sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs tuzilishidagi
biologik – ruhiy – ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi.
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi muammosini tadqiq qilib, shaxsdagi
biologik va ijtimoiy nisbatning barcha murakkabligi va turli mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi.
Uning bu muammoga qarashlari quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, individ
taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Barcha
ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va taraqqiyoti ma’nosida ko‘rib chiqilishi lozim. Shu munosabat bilan