fikrlash
stereotiplarini
– ma’lum ijtimoiy guruhda qabul qilingan xillarga ajratilgan mulohazalarni tanqidsiz
o‘zlashtirish natijasi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat hayotidagi turli faktlarga (hodisalar, odamlar va
boshqalar) nisbatan ogohlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan mayllar
ijobiy
va
salbiy
bo‘lishi mumkin.
Mayllar u yoki bu darajada anglanmagan bo‘lishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar tomonidan mayl
tuzilishida uch tarkibiy qism ajratiladi:
kognitiv
tarkibiy qism inson bilishga va idrok qilishga tayyor
tasvir namunasidir;
emotsional-baholash
tarkibiy qism mayl ob’ektiga nisbatan xayrixohlik va xush
ko‘rmaslik majmuasidir;
hulq
-
atvor
tarkibiy qism – mayl ob’ektiga nisbatan ma’lum tarzda harakat
qilish, iroda kuchini amalga oshirishdir.
Psixologiya tarixida shaxsning psixologik mohiyati haqidagi tasavvurlarga ko‘p marta o‘zgartirishlar
kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, aynan, psixologik tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog‘liq
nazariy qiyinchiliklarni bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil
etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o‘tish hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson psixikasining sifatlari,
xossalari, qirralari, o‘ziga xos xususiyatlarining to‘plami sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday
yondoshish A.V. Petrovskiy tomonidan «kolleksiya to‘plash» deb nomlangan, bunda shaxs o‘zida
temperament, xarakter, qiziqishlar, layoqatlar va h.k.larning qirralarini mujassamlashtirgan qandaydir
kattalik, hajmga aylanadi.
XX asr 60-yillarining o‘rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar
o‘tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. Bu yo‘nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish
sifatida ta’riflagan K.K. Aflotunovning yondoshuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga
ajratadi:
1. Yo‘nalganlik (fikrlar, dunyoqarash, mayllar, istaklar, qiziqishlar, moyilliklar, ideallar kabi
shakllarni o‘z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya yo‘li bilan shakllanadi.
2. Tajriba (ta’lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo‘lingan, lekin shaxsning biologik va
hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli ta’siri ostidagi bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va
odatlarni birlashtiradi).
3. Aks ettirish turli shakllarining individual xususiyatlari (his etish, idrok, xotira, tafakkur,
hissiyotlar, tuyg‘ular, iroda).
4. Biopsixik xossalar o‘zida temperament xususiyatlari, shaxsning jins va yosh xususiyatlari,
patologik, organik o‘zgarishlarni birlashtiradi (7.1 jadval).
Bu to‘rt tarkibiy qismga yana ikki tarkibiy qism jamlanadi: mustaqil tarkibiy qism bo‘lib
hisoblanmaydigan shaxsning umumiy sifatlaridan iborat, asosiy tarkibiy qismlarning har birining
xususiyatlaridan tashkil topgan xarakter va layoqatlar.[1]
Bunday yondoshuvning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki, shaxs umumiy tuzilishi uning
biologik va ijtimoiy belgi, xususiyatlarining yig‘indisi sifatida izohlanar edi. Natijada shaxs
104
Do'stlaringiz bilan baham: |