101
bo‘lib
hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat
yuritadi.
Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va
darajasini yo‘qotishni bildiradi.
Sharq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan
bog‘lanadi. Yevropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining
timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham
vujudiy sifatlari kiradi.
Shu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga
xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan
ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi .
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o‘xshash ko‘plab qarama-qarshi ta’riflari keltirilgan
ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur ruhshunos V.P. Zinchenko fikriga ko‘ra: ««Inson»
tushunchasi bilan faqat «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B. Elkonin adabiyotlarda
shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish
bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf E.V. Ilenkovning yozishi bo‘yicha,
shaxs sir-
cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib bo‘lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balki,
insonning insonga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni
yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday,
odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar
bilan adashtirib yuborish mumkin emas. Shaxslar ko‘lami, E.A. Ilenkovning odilona fikriga ko‘ra, faqat
ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.
Yana bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «Shaxs – bu turmush tarzi, uning
shakli,
hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. Shaxs – bu «tabiatning yirik
mushohadasi». SHunday ta’rif bergan bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni
bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim
ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq,
amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq»
1
.
Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari, deb
hisoblaydilar. B.G. Ananev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida
ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif
beradi. A.N. Leontev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining
nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy
guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu
insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)».
SHaxs taraqqiyoti
individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy psixologiyada
ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz, individning turli ruhiy jarayonlarini
birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va amodal
boshlang‘ich modda tushuniladi.
L.S. Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz,
uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana qayta ishlangan
shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya
va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida yozgan edi.
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyondalari ham qo‘shiladilar. G.S.
Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, ««shaxs» insonning jamiyat hayotidagi ishtiroki va hayotda tutgan o‘rni
nuqtai nazaridan insonga xos xususiyatdir». V.A. Shkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «Shaxs
jamiyat a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish… Shaxsni uning
ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‘z tipi va h.k.larning xususiyatlaridan yig‘ib
olish
mumkin ».
Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-
psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan
1
Мамардашвили М.К. Как я понимаю философию. М., 1990. Б.173.