Aim.uz
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
___________________________________________________________
MAVZU: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar.
Tayyorladi:______________
Tekshirdi_____________
Reja:
KIRISH.
I. BOB. Mustaqillik yillarida yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish.
1.1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda huquqiy savodxonlik.
1.2. Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy targ’ibotning ahamiyati.
II. BOB. O’zbekistonda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar.
2.1. Konstitutsiya – izchil huquqiy islohotlar asosi.
2.2. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish tamoyillari.
XULOSA.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikada huquqiy savodxonlikni oshirish yo‘lida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan chuqur anglab yetilishiga har tomonlama ko‘maklashish davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, o‘quv yurtlari hamda huquqshunos olimlarning eng dolzarb vazifalari ekanligi ko‘rsatadi. Bu fikrlar yutimizning har bir vatanparvar fuqarosini o’yga toldiradi va hushyorlikka chaqiradi. O’zbekiston ochiq demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan bormoqda.
Mavzuning maqsadi.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin»1.
Mustaqil davlat deganda esa, o’sha davlatning o’ziga xos eng muhim belgilari ko’z oldimizda namoyon bo’ladi; ya’ni, davlatning daxlsiz o’z hududiga, chegarasiga ega bo’lishi; fuqarolarini o’zi fuqarolikka qabul qilishi va fuqarolikdan mahrum eta olishi; o’z Qomusi-Konstituttsiyasiga ega bo’lishi; hokimiyatning uch tarmog’i-qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati, sud hokimiyatiga egaligi; o’z harbiy tuzilmasi va milliy qo’shiniga egaligi; Mustaqil davlat sifatida chet davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o’rnata olishi; o’z davlat byudjeti, mulki va moliyaviy tizimiga ega bo’lishi; o’z davlat ramzlariga egaligi va davlat tiliga egalik huquqini qo’lga kiritishi hamda o’z taraqqiyot yo’lini erkin belgilay olishi kabi huquqlarga ega bo’lishidir.
Mavzuning vazifasi. Huquqiy savodxonlikka erishish huquqiy-demokratik davlatning eng katta yutug’i hisoblanadi. Bunda davlatning har bir fuqarosi o’z huquq va burchlarini yaxshi bilmog’i va unga amal qilmog’i, qonun oldida o’z mas’uliyatini his qilish majburiyati yotadi. O’zbekistonda huquqiy savodxonlikni oshirish uchun turli chora-tadbirlar yo’lga qo’yilgan.
Jamiyatda fuqarolar qonunga qanchalik amal qilishiga qarab, qonunlar ijrosi aniqlanadi. Agar qonun odamlar tomonidan bajarilmasa, u oddiy qog’ozligicha qolaveradi. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Huquqiy madaniyat qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning ijro etilishi bilan belgilanadi.
E’tirof etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu muhim masalani his qilgan holda targ‘ibotning barcha maqbul usullaridan unumli foydalanishga bel bog‘lagan. So‘nggi ikki yil ichida jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish borasida ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilayotgan bir necha loyihalarni so‘zimiz isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Ana shu loyihalardan biri 2009 yilda Adliya vazirligi huzurida tuzilgan yosh huquqshunoslardan iborat «Huquqiy targ‘ibot guruhi» faoliyatidir. Ushbu guruh tomonidan bugungi kungacha mamlakatimizning 70ga yaqin olis tumanlarida 62 mingdan ziyod yosh yigit-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish borasida talay ishlar amalga oshirildi. Ushbu risola huquqiy targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlarning qiziqishlari, ularning o‘y-fikrlari, takliflari hamda mulohazalari asosida yaratildi.
Mazkur ilmiy izlanishning asosiy maqsadi o‘quvchiga inson huquqlari, uni ta’minlash va muhofaza qilish borasida jahon hamjamiyati va davlatimiz tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli ishlar, bugungi globallashuv jarayonida inson huquqlarini cheklash yoki buzishga qaratilgan turli xil ko‘rinishdagi xalqaro muammolarning mazmun-mohiyati va keltirib chiqaruvchi sabablarni hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini ochib berishdan iborat.
I-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH.
1.1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda huquqiy savodxonlik.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin»1.
Bu fikrlar yutimizning har bir vatanparvar fuqarosini o’yga toldiradi va hushyorlikka chaqiradi. O’zbekiston ochiq demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan bormoqda. O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li to’rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
-
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-
insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlik2.
O’zbekistonda milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasi asosiy vazifa qilib qo’yilar ekan, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o’tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o’rin tutishini anglash zaruriyatini ham taqozo etadi. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish respublikamizda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Mustaqillik - inson uchun oliy ne’mat. Faqat mustaqillik sharofati bilan xalq o’z ozodligi, erkiga, o’z taqdirini, o’z hayotini o’zi barpo etish imkoniga ega bo’la oladi. Mustaqillik har qanday xalq, elat va millatning tabiiy, qonuniy ehtiyoji, oliy maqsadidir. Xalq uchun mustaqillikdan ko’ra ortiqroq oliy baxt, quvonch yo’q va bo’lgan ham emas. Mustaqillik har bir inson, har bir millatning hech narsa bilan cheklanmagan erkinligidir.
Mustaqil so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor bersak, bu so’z arabcha so’z bo’lib, “qaram emas, erkin” degan ma’noni anglatadi.
Mustaqil davlat deganda esa, o’sha davlatning o’ziga xos eng muhim belgilari ko’z oldimizda namoyon bo’ladi; ya’ni, davlatning daxlsiz o’z hududiga, chegarasiga ega bo’lishi; fuqarolarini o’zi fuqarolikka qabul qilishi va fuqarolikdan mahrum eta olishi; o’z Qomusi-Konstituttsiyasiga ega bo’lishi; hokimiyatning uch tarmog’i-qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati, sud hokimiyatiga egaligi; o’z harbiy tuzilmasi va milliy qo’shiniga egaligi; Mustaqil davlat sifatida chet davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o’rnata olishi; o’z davlat byudjeti, mulki va moliyaviy tizimiga ega bo’lishi; o’z davlat ramzlariga egaligi va davlat tiliga egalik huquqini qo’lga kiritishi hamda o’z taraqqiyot yo’lini erkin belgilay olishi kabi huquqlarga ega bo’lishidir. Ushbu belgilarning barchasi 1991 yil 31 avgustda dunyoga o’z mustaqilligini e’lon qilgan O’zbekiston Respublikasi qo’lga kiritgan erkinliklar edi.
Huquqiy-demokratik davlatda xalq mamlakatdagi barcha moddiy va ma’naviy boyliklar egasi hisoblanadi. Xalqning xohish-irodasidan tashqari bu boyliklar chetga chiqarilmaydi va butun bir xalq tomonidan boshqariladi. O’zbekiston Mustaqil davlat sifatida qabul qilgan bosh qonunida ana shu boyliklar egasi-O’zbekiston xalqi ekanligi e’tirof etildi va bu boyliklar xalq xohishi bo’yicha xalq manfaatlari uchun sarflanishi belgilab o’tildi.
Huquqiy demokratik davlat xalq taqdirini birinchi o’ringa qo’yadi. Uning o’tmish madaniyati, tajribasi va kelajagini o’zaro bog’liq holda tashkil etadiki, xalq o’z tomirlaridan uzilib qolmaydi. SHu maqsadda O’zbekistonda yashayotgan barcha xalq, millat va elatlar tarixi, urf- odat va an’analari, tili va madaniyati bugungi kunda amal qilmoqda. Hech bir xalqning madaniyati kamsitilmaydi va tahqirlanmaydi.
Turli millat vakillari o’rtasida tenglik, ahillik va o’zaro bahamjihatlikni qaror toptirish huquqiy demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri. O’zbekistonda “O’zbekiston-yagona Vatan” shiori asosida amalga oshirilayotgan ishlar shu maqsadga qaratilgan.
Prezident Islom Karimov 1997 yil 20 mayda respublika huquq-tartibot idoralari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy-axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvida “Yuksak huquqiy tafakkur-demokratik jamiyat taqozosi” mavzusida suhbat yuritdi. Bunda 3 ta muhim masalaga diqqat qaratildi: (uch sub’ekt: davlat, jamiyat va fuqarolarning o’zaro munosabati uyg’unligini ta’minlash):
1.Huquqiy ong, huquqiy tafakkur. Ong ijtimoiy ong formalaridan biri bo’lib, u turmush tarzining in’ikosidir. Buning uchun, ya’ni huquqiy ongni shakllantirish uchun turmush darajasini o’stirish, uni erkinlashtirish lozimligi aytildi.
2.Huquqiy bilim-huquqiy ongni shakllantirish elementi, u maktab va oliy o’quv yurtlarida O’zR Konstitutsiyasini o’rganish, inson huquqlariga e’tibor berish kabi omillar bilan bog’liq. SHuning uchun ham 1999-2000 yillarga kelib, O’zbekiston ta’lim tizimiga O’zR Konstitutsiyasini o’rganish fanlari kiritildi, huquqiy fanlarga juda katta e’tibor berila boshlandi. Maktablarda “Siz huquqingizni bilasizmi?” viktorinalari o’tkazildi va o’tkazilib kelinmoqda. SHuningdek, huquqqa doir turli ko’rik-tanlovlar yoshlar o’rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlardan biri hisoblanadi.
3.Huquqiy madaniyat-bu huquqiy ong, tafakkur va huquqiy bilimlarning uzviy rivojlangan qismi bo’lib, u jamiyat huquqiy madaniyatining oshganligini bildiradi. SHu boisdan ham ana shu 3 ta tushuncha bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, u huquqiy madaniyatning takomillashuvi, huquqiy davlatning rivojlanishiga olib keladi. Qonun va qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash ijtimoiy ehtiyojga aylana boradi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning muhim yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
1.Yuksak darajada rivojlangan yuridik fanlarning mavjudligi huquqiy ong va huquqiy madaniyatning muhim qismidir.
2.Keng va faol huquqiy ong huquqiy madaniyatning bir qismi bo’lib, u davlat va huquqiy voqeliklar haqidagi g’oyalar, qarashlar va fikrlar tizimidir.
3.Barcha to’plangan huquqiy tajriba va manbalar ularning ommaga tarqatilishi huquqiy madaniyatga kiradi.
4.Amaldagi ma’yoriy huquqiy hujjatlar: konstitutsiya, qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
5.Olimlar, huquq ijodkorlari, deputatlarning huquqiy bilimlari, dunyoqarashi qanchalik yuqori va xolisona bo’lsa, huquqiy madaniyat ham shunchalik yuksak bo’ladi. Huquqiy madaniyatning yana bir qismi-huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning qay darajada o’z huquq va burchlarini bajarishi va ularni anglab olishidir.
6.Mamlakat hayotidagi qonunchilik darajasi, hammaning qonun va sud oldidagi tengligi huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir.
Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun izchil huquqiy tarbiya ishlarini olib borish zarur.
Huquqiy savodxonlikka erishish huquqiy-demokratik davlatning eng katta yutug’i hisoblanadi. Bunda davlatning har bir fuqarosi o’z huquq va burchlarini yaxshi bilmog’i va unga amal qilmog’i, qonun oldida o’z mas’uliyatini his qilish majburiyati yotadi. O’zbekistonda huquqiy savodxonlikni oshirish uchun turli chora-tadbirlar yo’lga qo’yilgan.
Jamiyatda fuqarolar qonunga qanchalik amal qilishiga qarab, qonunlar ijrosi aniqlanadi. Agar qonun odamlar tomonidan bajarilmasa, u oddiy qog’ozligicha qolaveradi. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Huquqiy madaniyat qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning ijro etilishi bilan belgilanadi.
Insoniyat taraqqiyotida XX asr jiddiy ijtimoiy-siyosiy voqealar va o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Aynan shu davrda, butun dunyo hamjamiyati insoniyatga tahdid soluvchi eng katta salbiy hodisalar, ya’ni ikkita jahon urushi va ko‘plab milliy va xalqaro ziddiyatlarni boshidan kechirdi. Bu harakatlarning tom mohiyati inson va uning kelajagiga real tahdidni vujudga keltirishi mumkinligini esa ko‘p vaqtlarda unitib qo‘ydik desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushi davrida inson huquqlarini butunlay oyoq osti qilishga qaratilgan ayrim davlatlarning g‘ayridemokratik siyosati barchaga o‘rnak bo‘ldi. Butun dunyo inson, uning huquq va erkinligi qanchalik bebaho qadriyat ekanligini urushdan so‘ng chuqur his etdi. Buning ifodasi sifatida ustavida eng oliy maqsad dunyoda tinchlik va totuvlik, inson huquqlarini to‘la to‘kis ta’minlash etib belgilangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil etilishi, uning 60 yillik faoliyatini ko‘rishimiz mumkin.
«Insoniyat erkinligining qonuniy ifodasi» sifatida 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi»ning ahamiyati va nufuzi yil sayin oshib bormoqda. Hozirgi kundagi xalqaro munosabatlarning eng muhim muvaffaqiyatlaridan biri jahon miqyosida inson huquqlari bilan demokratiya g‘oyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning shubhasiz tan olinishidir.
Istiqlol bois, xalqimiz o‘z hayoti va turmush tarzini milliy manfaat va qadriyatlar asosida, shuningdek xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan demokratik mezonlarga uyg‘un ravishda bunyod etmoqda. Mamlakatimizda inson huquqlarini xalqaro andozalar asosida ta’minlash va muhofaza qilishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlarning amalga oshirilayotgani tahsinga sazovordir. Birgina, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi»da e’tirof etilgan barcha demokratik tamoyillar va normalar o‘rnatilganligining o‘zi ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Konstitutsiyamiz o‘zining tub mohiyati, falsafasiga ko‘ra jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – inson degan fikrni ilgari surdi.
Mamlakatimiz mustaqilikka erishgan ilk kunlardan boshlabok inson huquqi, uning qadr-qimmati birinchi darajali masala sifatida ko‘tarilib, barcha huquqiy asoslar yaratildi va yaratilmoqda. Bu borada mamlakatimiz rahbari va hukumati tomonidan huquqni muhofaza etuvchi idoralar hodimlariga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Jumladan, adliya organlari va muassasalariga fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuklatilgan. Qolaversa, adliya idoralarining asosiy vazifalaridan yana biri jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir.
E’tirof etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu muhim masalani his qilgan holda targ‘ibotning barcha maqbul usullaridan unumli foydalanishga bel bog‘lagan. So‘nggi ikki yil ichida jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish borasida ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilayotgan bir necha loyihalarni so‘zimiz isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Ana shu loyihalardan biri 2009 yilda Adliya vazirligi huzurida tuzilgan yosh huquqshunoslardan iborat «Huquqiy targ‘ibot guruhi» faoliyatidir. Ushbu guruh tomonidan bugungi kungacha mamlakatimizning 70ga yaqin olis tumanlarida 62 mingdan ziyod yosh yigit-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish borasida talay ishlar amalga oshirildi. Ushbu risola huquqiy targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlarning qiziqishlari, ularning o‘y-fikrlari, takliflari hamda mulohazalari asosida yaratildi.
Mazkur ilmiy izlanishning asosiy maqsadi o‘quvchiga inson huquqlari, uni ta’minlash va muhofaza qilish borasida jahon hamjamiyati va davlatimiz tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli ishlar, bugungi globallashuv jarayonida inson huquqlarini cheklash yoki buzishga qaratilgan turli xil ko‘rinishdagi xalqaro muammolarning mazmun-mohiyati va keltirib chiqaruvchi sabablarni hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini ochib berishdan iborat.
1.2. Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy targ’ibotning ahamiyati.
Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti – bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishi huquqshunoslarimizning o‘z vazifasiga munosabati va zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog‘likdir.
Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir vaqtda yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbyalash mamlakatimiz oldida turgan muhim masalalardan biridir. Huquqiy demokratik davlat qurish va jamiyat taraqqiyotining rivoji o‘sib kelayotgan avlod ta’lim darajasining, huquqiy savodxonligining yuqoriligiga bog‘liqdir.
Yaxshi ta’lim-tarbiya olgan barkamol avlod hech qanday huquqbuzarlik ko‘chasiga kirmaydi, uning botqog‘iga botmaydi. Ammo, shunisi achinarliki, bugungi kunda ana shu ko‘chaga kirib qolgan o‘smirlar ko‘plab uchramoqda.
Masalaning boshida yoshlar to‘g‘risida gap yurita boshladik. Biz «yoshlar» deganda kimlarni nazarda tutamiz?
O‘zbekistan Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, yoshlarga oid davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va yoshlarning manfaatlariga daxldor bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda o‘zga munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
Mazkur Qonun 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga taalluqli davlat siyosatining asosiy negizini belgilab beradi va uni tegishli qonunlarni rivojlantirish hamda tizimga solish uchun asos deb e’tirof etadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qonundagidan va O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
Demak, yoshlar deganda, umumiy ma’noda, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarni tushunish mumkin.
Bugungi kunda respublikamizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy demokratik davlatning eng muhim belgilari bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlash va yuksak darajadagi huquqiy ong va madaniyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tabiyalash mazkur islohotlarning o‘zagini tashkil etadi. Shu maqsadda respublikamiz huquqshunos olimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari, adliya idoralari hamda qator huquqshunos talabalar tomonidan keyingi yillarda fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qator huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mamlakatimiz aholisi va yoshlar ongida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish masalalari juda muhim. Shu o‘rinda, huquqiy ong nima, uning qanday belgilari mavjud, degan savollarga javob topish uchun huquqshunos olimlarimizning «huquqiy ong» to‘g‘risida bildirgan fikrlariga to‘xtalib o‘tishimiz lozim.
Ba’zi huquqshunos olimlar huquqiy ong deganda jamiyatdagi barcha huquq haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishni nazarda tutsalar, ayrimlari huquqiy ongni qonunlarni hurmat qilish hamda ularga rioya etilishi bilan belgilaydi.
Bizningcha, yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.Saburov tomonidan huquqiy ongga berilgan quyidagi ta’rif uning huquqiy jihatlarini nisbatan mukammal yoritadi: huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka va huquq-tartibotga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir.
Albatta, har qanday kishilardagi mavjud huquqiy ong – ijtimoiy ongning shakllaridan biri hisoblanadi. Inson o‘zini huquqiy jihatdan yetuk, bilimli deb hisoblashi uchun, birinchi navbatda, unda jamiyatda o‘rnatilgan huquq normalariga nisbatan hurmat ruhi mavjud bo‘lishi lozim.
Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir.
Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra tushuncha bo‘lib, u, birinchi navbatda:
-
huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o‘zlashtirishni;
-
umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlar va manbalar, tarixiy xotira, urf-odatlar va an’analarni;
-
aholi tomonidan qonunlarni bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ularning nufuzini;
-
huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini;
-
fuqarolar va mansabdor shaxslarning qonunlarga itoatkorligini talab etadi.
Huquqiy targ‘ibot – jamiyat va davlatning huquqiy siyosatini, strategik maqsadini kishilarga, ommaga yetkazishga qaratilgan ma’rifiy va targ‘ibiy usullar. Huquqiy madaniyatning shakllanishi huquqiy targ‘ibotning ta’sirchanligi va xalqqa tushunarli ekaniga bog‘liq. Shuning uchun, huquqiy targ‘ibot huquqiy jamiyat nazariyasi, huquq loyihasi, huquq sotsiologiyasi kabi ilm sohalarining natijalariga tayanadi.
Huquqiy demokratik davlat kurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, ma’naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish, aholining huquqiy bilimini yuksaltirish, jamiyat a’zolarining siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini o‘rganish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida»gi 1997 yil 25 iyun PF-1791-son Farmoni e’lon qilindi.
Mazkur Farmonda aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Respublikada huquqiy davlat qurilishi yo‘lida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan chuqur anglab yetilishiga har tomonlama ko‘maklashish davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, o‘quv yurtlari hamda huquqshunos olimlarning eng dolzarb vazifalari ekanligi ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida yuristlar malakasini oshirish Markazi tuzilib, mazkur Markazda adliya, sud, prokuratura, advokatura, davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining o‘qitilishi ko‘zda tutildi.
Quyidagilar Yuristlar malakasini oshirish Markazining asosiy vazifalari qilib belgilandi:
a) huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
b) huquq sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, huquqshunoslar orasida kadrlar siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim qilish;
v) huquqshunos kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshirish.
1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy Dasturi»ning asosiy ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
O‘zbekiston huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallamoqda. Barkarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. O‘tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.
Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir.
Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat – umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda tadbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin.
Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.
Huquqiy madaniyatning mohiyati, mazmuni, tarkibiy tuzilishi namoyon bo‘lishining falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va yuridik muammolarini tadqiq etish, uni shakllantirish va yanada yuksaltirish usullarini aniqlashga ilmiy izlanishlarning ustuvor yo‘nalishi deb qaralmog‘i lozim.
Shaxs umumiy va huquqiy madaniyatining o‘zaro bog‘liqligi, huquqiy madaniyat va huquqiy fe’l-atvor, ijtimoiy ongni shakllantirishda huquqning o‘rni, huquqiy tarbiya va aholining ijtimoiy faolligi, huquqiy ongga ta’sir etish shakllari va usullari, huquqiy ongning psixologik jihatlari, huquqiy ongdagi ijtimoiy buzilish va salbiy o‘zgarishlar va aholining turli qatlam hamda ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyati kabi dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishi ayniqsa dolzarbdir.
Huquqiy madaniyat muammolarini tadqiq etishning sotsiologik negizini rivojlantirish, umuman jamiyatdagi huquqiy madaniyat va aholining turli qatlamlari huquqiy madaniyati holatining haqiqiy manzarasini aniqlash uchun so‘rovlar o‘tkazish va huquq, uning ijtimoiy qadri hamda tartibga soluvchanlik vazifasi to‘g‘risida jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa usullarini qo‘llanish zarur.
Huquqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik muammolarini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmog‘i lozim. Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari manfaatdor tashkilotlarning ishtirokida yoshlarni huquqiy tarbiyalashning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqishlari kerak.
O‘zbekistan Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xorijiy davlatlardagi huquqiy madaniyatni oshirishga doir ilmiy tadqiqotlarning natijalarini nashr etish va ulardan foydalanishni kengaytirish, bu sohada ilmiy axborot ayirboshlashni yo‘lga qo‘yish muhimdir.
Ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar va ma’lumotnomalar nashr etishni ko‘paytirish aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish ishiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilmog‘i kerak.
Hozirgi kunda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi unga bo‘lgan ehtiyoj va imkoniyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Albatta, inson huquqlarini tan olish va xalqaro me’yorlar doirasida ularni himoya qilishning turli vositalarini yaratish, aytish mumkinki, asrimiz ma’naviyatining eng muhim yutuqlaridan biridir. Ana shunday butun insoniyat ma’naviyati yutuqlaridan biri sifatida «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi»ni ko‘rsatishimiz mumkin. Bu tarixiy hujjatning ishlab chiqilishi va e’lon qilinishi insoniyatning tarixiy taqdirida, davlatlarning ichki va tashqi siyosatida, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda ishlab chiqilgan qoida va xulosalar, tamoyillar o‘zining mohiyati va mazmuniga ko‘ra mukammal ishlangan huquqiy me’yorlarning umumlashgan ifodasi hisoblanadi.
Inson huquqlari va uni himoya qilish masalalarini hal qilishda davlatlar mazkur hujjatda e’lon qilingan huquqiy me’yorlarga amal qilishi ularda ishlab chiqilayotgan huquqiy hujjatlarning samarali va adolatli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
«Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi»ning 3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi. Mazkur modda qoidalari 4, 21-moddalarda kengroq ifodalangan bo‘lib, ularda fuqarolik va siyosiy huquqlar, ya’ni qullik yoki qaramlikdan saqlanish huquqi, azob-uqubatga yoki vahshiylarcha jazoga duchor bo‘lmaslik huquqining qonun normalari bilan himoya qilinishi, o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olinishdan, ushlab turish va quvg‘in qilinishdan saqlanish huquqi, qo‘yilgan aybning asoslanganligini aniqlash uchun tenglik asosidagi adolatning barcha talablariga rioya qilish va uning sud tomonidan xolisona ko‘rib chiqilish huquqi, shaxsiy yoki oilaviy hayotga o‘zboshimchalik bilan aralashish, uy-joy va xatlardagi sirlarning daxlsizligi huquqi, davlat hududida erkin yurish va o‘ziga istiqomat joyini tanlash huquqi, boshqa mamlakatda boshpana olishdan foydalanish huquqi, fuqarolik huquqi, nikohdan o‘tish va oila qurish huquqi, mulkka egalik qilish huquqi, erkin fikr, vijdon va din erkinligi huquqi, maslak erkinligi va uni ifodalash huquqi, tinch yig‘ilishlar o‘tkazish va uyushmalar tuzishda qatnashish huquqi, mamlakatni boshqarishda bevosita hamda bilvosita ishtirok etish huquqi va boshqa huquqlar o‘z ifodasini topganligiga guvoh bo‘lamiz.
Deklaratsiya jahon xalqlarining irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini o‘zida bevosita aks ettirgan, umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir. Boisi, uni ishlab chiqish, muhokama etish va tatbik qilishda butun xalqaro hamjamiyat vakillari ishtirok etgan. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur deklaratsiya jahon xalqlarining tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan demokratik tafakkuri va ijodining mahsulidir.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va tizimga kiruvchi muassasalar ishtirokida respublikamizning olis qishloqlardagi fuqarolar, o‘quvchi yoshlar, talabalar, ayniqsa barkamol avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish borasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirib kelinayotgan huquqiy targ‘ibot ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad, ijtimoiy hayotda muayyan bir huquqiy munosabatga kirishgan barkamol avlod hamda yoshlarimizning o‘z haq-huquqlarini anglay olishlariga ko‘maklashishdan iboratdir.
Bosh qomusimiz – Konstitutsiyamizning 17 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida Yurtboshimiz yana bir bor yoshlar masalasiga e’tibor qaratdi.
Jahonda hech bir mamlakat rahbari o‘z yoshlariga bunday yuksak ishonch va e’tibor qaratmagan.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bugun kollejlar, litseylar, institutlarni bitirayotgan, qolaversa, chet mamlakatlarda o‘qib kelayotgan bizning yoshlarimiz hech kimdan kam emas va kam bo‘lmaydi ham.
Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, uni mamlakatimiz iqtisodiyotining mustahkam tayanchi bo‘lishini ta’minlash, qishloq joylaridagi yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish maqsadida yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratilgan va yaratilmoqda. Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarda o‘z ma’naviy olamini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, har tomonlama yetuk, qobiliyatli bo‘lib tarbiyalanish hissini rivojlantirishda muhim omil bo‘lishi shubhasiz.
Bugun davlatimiz rahbari «...mening ortimda O‘zbekiston yoshlari turibdi», – deya mamlakatimizning o‘sib kelayotgan yosh avlodlariga yuksak ishonch bildirmoqda. O‘ylaymizki, bunday ishonchga javoban barcha yoshlarimiz ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lida tinmay o‘qib-o‘rganishi, yurtimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqishda fidokorona mehnat qilishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |