Til- millatning faxri



Download 63 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi63 Kb.
#406452
Bog'liq
TIL BAYRAMI


Til- millatning faxri
Har bir xalq, har bir elat o’zi hurmat-ehtirom siladigan tiliga ega. Yurtboshimizning ta’biri

bilan aytganda, bugun “o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi ,

Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqadddas

timsollardan biri”ga aylandi.

Til ijtimoiy hodisa sifatida kishilar orasida asosiy aloqa vositasi bo’lib kelgan.

Inson tug’ilib, voyaga yetar ekan, u ona tili, ona-Vatan, ona zamin kabi milliy qadriyatlarni

shu til vositasida anglaydi va his qiladi. Shuning zamirida unda milliy ong, vatanparvarlik,

millatparvarlik, mustaqillik kabi tushunchalar paydo bo’ladi va singib boradi. Milliy

istiqlolning birinchi sharti milliy til-ona tilining mustaqilligidir. O’zbek tiliga Davlat

tili maqomi berilganiga 27 yil to’ladi. Til har bir millatning ulkan boyligi , bebaho mulki,

qalbi va ovozi hisoblanadi. O’zbekistonda yashovchi boshqa millat va elat vakillarining o’zbek

tilini o’rganib, shu tilda yerli aholi bilan muloqotda bo’lishi, madaniyati urf-odati,

an’analarini hurmat qilishi, yurt egalariga bo’lgan ularning ehtiromi baynalminalligining

ifodasidir. O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni rivojlantirish va

ro’yobga chiqarish madaniyat, tilni rivojlantirishda, o’zbek xalqining milliy o’ziga xosligini

saqlab qolishda, millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash prinsipini ijtimoiy hayotning eng

muhim sohalarida qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega.

O’zbek tili haqidagi adabiyotlarni targ’ib qilishda “Davlat tili haqida”gi qonunini yaxshi bilish

zarur.

Ushbu qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilinib o’zbek tilining O’zbekiston Respublikasining



butun hududi (maydoni)da davlat tili sifatida amal qilinishning hududiy asoslarini belgilab

berdi. O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi barcha grajdanlar, qaysi til ularning ona tili

ekanligidan qa’tiy nazar tengdirlar.

Tilimiz va yozuvimiz

1989-yil 21-oktabr- “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi.

1993-yil 2-sentabr- “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy

etish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuni va Oliy Majlisning

tegishli qarori qabul qilindi.

1995-yil may “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish

to’g’risida”gi Qonunga o’zgartishlar kiritildi va Oliy Majlisning

tegishli qarori qabul qilindi.

1995-yil 24-avgust Vazirlar Mahkamasining “O’zbek tilining asosiy imlo

qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. (Yangi alifbo

to’g’risida).

1995-yil 21-dekabr “ O’zbekiston Respublikasining Davlat tili

haqida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

1996-yil 10-sentabr Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili haqida”gi

Qonunni amalga oshirish “Davlat dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

“Ona allasidan boshlanar tilim”

Tadbir o’tkaziladigan zal “Til bayrami”ga mos qilib bezatiladi. Til haqidagi allomalar

so’zlari bitilgan shiorlar osib qo’yiladi. Davlatimiz bayrog’i, gerbi sahnaning yuqori qismida

turibdi. Prezidentimiz I.A.Karimovning til to’g’risidagi fikr va mulohazalari yozilgan

plakatlar ko’rgazma peshtoqlariga osib qo’yilgan. O’tkazilayotgan tadbirga kasb-hunar kolleji

talabalari, maktab o’quvchilari va mahalla faollari taklif qilingan. O’zbekiston madhiyasi

yangraydi.

Sahnaga ikki boshlovchi kirib keladi.

1 boshlovchi: Tilim-tilim ona tilim,

Tillar ichra sara tilim.

Shirin-shakar ma’no tilim,

Ona tilim- a’lo tilim.

2 boshlovchi: O’tmishi bor tarixga boy,

Navoiydan olgan chiroy.

Orzu-havas bunda talay,

Ona tilim-a’lo tilim.

1 boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol avlodlari, aziz

ustozlar bugungi “Til bayrami”ga xush kelibsizlar!

2 boshlovchi:Assalomu alaykum qadrli, tengdoshlar, muhtarama mehmonlar. O’zbekistonimiz

mustaqilligining nishonasi bo’lgan o’zbek tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 21 yil

to’layapti.Biz bu kun dilimizda cheksiz shodlik, faxr tuygan holda bu bayramni nishonlaymiz.

1 boshlovchi: O’zbek tili , elimning

Urib turgan yuragi,

O’zbek tili-yurtimning

Tarixi kelajagi.

Milliy tilni onaga qiyoslab “Ona tilim” deymiz. Bu bejiz emas negaki, u bizni

tafakkurimizni onadek o’stirib, katta yo’lga olib chiqadi. Zero, tilni qadrlash va e’zozlash

o’zlikni anglashni debochasidir.

2 boshlovchi: Tilim - davlat tilidir,

Oshdi, qudrati, qadri.

Boshqa tillar ichida

Tiklandi chinor qaddi.

Kim axir kilmas pisand

Unutar o’z tilini?

Unutar urf-odatin

Tarixini elini!

1 boshlovchi: Kim bag’shlab jon-tanin

Sevsa elin chinakam,

Sevsa ona-Vatanin,

Sevar ona tilini ham.

2 boshlovchi: O’zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin ko’p narsalar o’zgardi. Ko’p

korxonalarda ish yuritish, hujjat to’ldirish ishlari, majlislar, yig’inlar o’zbek tilida olib

boriladigan bo’ldi. Bundan 21 yil oldin

( Havaskor aktyorlar ishtirokida sahna ko’rinish namoyish qilinadi)

Mas’ul xodima: Men sizlarga bir yangilik aytgani keldim. Ertaga internatsional qabristonini

ochilish marosimiga shaxsan birinchining o’zlari kelarmishlar. Hamma yoq poryadka bo’lsin.

Kostyumli erkak: Xo’b bo’ladi o’rtoq Klara Melsovna. Anovi eski masjid yo’ldan ko’rinib

turadi. Uni buzdirib tashlaylikmi?

Mas’ul xodima: Poranshe nado bit dumat , endi ulgurmaysizlar.

Do’ppi, chopon kiygan brigadir: Kechirasiz, bir savol bersam maylimi? Nima uchun sizni ismi

sharifingiz Klara Melsovna? Axir bu ism o’zbekcha emas-ku.

Mas’ul xodima: O’zbekcha emish , chto vi govarite? Mening ismim eng zamonaviy ism. Siz o’zingiz

nima uchun do’ppi kiyib yurasiz? Do’ppi bu eskilik sarqiti. Uning o’rniga shlyapa kiying. Vi

ponimaete menya?

Brigadir: Kechirasiz oxirgi gapingizni tushunmadim. Rus tilini bilmayman . Lekin xudoga

shukr ona tilimizda gapirsangiz tushunaman.

Mas’ul xodima: Oy kakoe nevejestvo. Siz rus tilini bilmaysiz, bu bir. Do’ppi kiyib yurasiz,

bu ikki. Xudoga shukur deb takrorlayverasiz, bu uch... Axir xalqimiz sha’niga dog’

tushirayapsiz-ku! Men sizni ishdan uvolnyat qilaman. Eto ya vam obeshayu !(chiqib ketadi).

Kostyumli erkak: E nodon haligacha rus tilini o’rganmadingmi? Rus tilini bilmagan odam hech

qaerda ishlay olmaydi.

Brigadir: Ha ko’rgulik ekan-da (chiqishadi).

1 boshlovchi: Ayrim insonlar o’z tilini o’zlari masxara qilgandek juda ko’p xato qilib

gapiradilar. Grammatik imlo xatolarga yo’l qo’yadilar.

2 boshlovchi: Endi 9-sinf o’quvchilari ijrosida Mirtemirning “Ona tili” she’rini tinglasak.

1 o’quvchi: Ona tilim - onajon tilim bu,

Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.

El-u yurtim, xonumonim tili bu,

Qadimlikdan o’xshar ona tuproqqa.

2 o’quvchi: Bobolardan bizga meros ezgu til

Avlodlarga xazinai bebaho.

Qalbimizga, ruhimizga ko’zgu til,

Bu dunyoga bag’ishlaymiz ne daho.

3 o’quvchi: Yovonlarning cheksizligi,

Ham samimiy, ham hovuri

Onajonlar allasidan,

Ko’z yoshidan, oq sutidan,

To’qaylarning, tengsizligi,

Jilg’alarning sho’x g’ovuri,

Yigitlarning yallasidan

Suluvlarning sukutidan,

Yo’g’rilgan til- ona tilim.

1 o’quvchi: Cho’ponlarning qamish bayti,

Childirmaning darallashi,

Go’ro’g’lining alp siymosi,

Alpomishning da’vosidan,

Tug’ilgan til- Ona tilim.

(“Elimga” qo’shigi yangraydi).

1 boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning tengligi va

erkinligini ta’minlaydi . Asosiy Qonunning 4- moddasida O’zbekistonda yashovchi barcha millat

va elatlarning tillarini, urf-odatlarini hurmat qilish ta’kidlangan.

(Shundan so’ng sahna bo’sh qolib, hazin musiqa yangraydi. Ona siymosi paydo bo’ladi.)

Ona:- Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o’z yurtiga fidoyi, mard

pahlavonlarim. Sizlar o’z ona tilimizni doimo avaylab-asranglar. O’z tilimizning qatorida

qardosh, chet tillarini ham qunt bilan o’rganib, hurmat qila biling. Mening sizlarga

murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o’rinli va

unumli foydalanishga harakat qiling, go’zalligini namoyish eting. Sizning komilligingiz,

avvalo, muomala madaniyatingizda namoyon bo’ladi. “Yaxshi so’z- jon ozig’i”, “Bir ko’ngil imorati-

ming Makka ziyorati” deganlaridek, shirinsuxan bo’lib, millatning faxri, gururi bulib

yashanglar.

(Sahnaga yana boshlovchi chiqadi.)

Boshlovchi: -Munis onajon, har bir so’zingiz biz uchun muqaddas. Chunki o’zingiz bu tuyg’uni,

mehrni allangiz ila ko’nglimizga jo aylagansiz.

(“Lazgi”, “Dilxiroj” kabi sho’x kuy qo’shiqlar yangraydi, barcha birgalikda raqsga tushadi.)

1 boshlovchi: Azizlar shuning bilan bugungi “Til bayrami”ga bag’ishlangan kechamiz o’z yakuniga

etdi.


2 boshlovchi: Sizlarga ushbu dasturimiz orqali ijobiy yordam ko’rsatib yaxshi hordik ato etgan

bo’lsak biz o’zimizni yanada baxtiyor his etamiz.
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish