3-§. Matn va talaffuz masalalari.
Ashulachilik uslubi ijroda asarning ichki va tashki xususiyatlarini ochib
berishda xonandadan nafakat mukammal musiqiy tovush ijro etilishi, balki badiiy,
falsafiy g‘oyalar bilan sug‘orilishini takozo etadi. Chunki, bu jarayon xam uziga
xos kator muammolar bilan xarakterlanadi. so’z matni va uning munosib talaffuz
mezonlari xonandalikda muxim urin egallab kelganligini e'tirof etib utish joizdir.
Zero, mumtoz xofizlik san'atida ijro etiladigan asarning so’z- matniga katta
e'tibor berib kelingan. Xar bir mumtoz musiqa janrining so’z asoslaridagi matnlar
xam aloxida shakl va xususiyatlariga ega bo’lgan.
126
Ashula ijrochiligi bizga ma'lumki, so’z va kuyning uyg‘unlashgan xolda
mutanosib talkin etilishiga xos, ularning xar birini aloxida yondoshish bilan ifoda
etilishiga asoslanadi. Tovushlar majmuasida vujudga kelgan musiqiy kuy aloxida
ma'nosiga ega buladi. Uz urnida unga boFlangan so’z xam mukim bir g‘oyani
ifoda etadi.
Aytim matnlari
-
An'anaviy xonandalik san'atidaasarning so‘z matni va
unga bo‘lgan e'tibor aloxida axamiyatga egadir. Avval ijroning mukammal talkini,
aynan asar matni xamda ijrochi munosabatining darajasiga bog’liq. Mumtoz
xonandalikni uch asosidan biri adabiyotning, ya'ni mumtoz she'riyatni idroklagan
bulishi bilan izoxlanadi. Xofizlikda esa, mumtoz adabiyot namunalari g‘azal,
masnaviy, muxammas, musaddas, she'r va xokazo badiiy janrlar uz ijro yuli, talqin
usullariga xamda qonun va qoidalariga ega. Bu adabiyotda aruz vazni qoidalari
ekanligi barchaga ayondir. Zero, she'r (matn) p\lchovi buFinlari jixatidan, usul
(musiqiy oxang va musiqiy kuy) ruknlariga mos kelishidagi qoidalar nazarda
tutilmoqda. Mumtoz musiqiy asarlarda, nafaqat she'r vazni, balki she'r mazmuni
xam katta axamiyat kasb etadi.
Mumtoz xonandalik san'atida aytimlar uz janri doirasida so’z- matnlariga
ega bo’lgan. Bular orasida makomlarning so’zlari turli xususiyatli g‘azallardan
iborat bo’lgan. Oldinlari diniy va ishkiy mavzularga solib aytilib kelingan
makomlar namunalari keyinchalik mumtoz shoirlarning dunyoviy, lirik xamda
ishkiy g‘azallari bilan aytish rasm buldi.
Eng asosiysi matnning oxang ma'nosi bilan mutanosibligidir. Chunki, xar
bir makom uz tabiatidan kelib chikib turlicha xarakterlanadi. Ya'ni, «Buzruk» -
ulug‘vorlik, buyuklik makomi. Zabardastlik va ishonchli katta maxorat ijroda
xukm surishi lozim. “Rost” - rostguylik, tug‘rilik makomi, samimiylik soflik,
tug‘rilikka asoslanadi. “Dugox” - ishk muxabbat makomi, “Segox” - xijron
makomi, «Navo» - xotirlash, eslash, kungil nidosi oxanglaridan tuzilgan makom,
«Irok» - firok makomi.
Namunalarda ularning xarakterlovchi asl oxanglar mujassam topganki, ijro
talkinida unga erishilmasa uni makom deyishga asos kolmaydi. Shu bois, xar bir
127
makom xususida xonandalarda ma'lum tushuncha bulishi shart. Bu esa xonanda
yutuFining yarimi desak adashmaymiz.
Mumtoz xonandalik san'ati an'analarida avvaldan Xofiz Sheroziy, Shams
Tabriziy, Jaloliddin Rumiy, Fariduddin Attor, Amir Xusrav Dexlaviy,
Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ansoriy, Bedil, Xiloliy, Sanoiy,
Binoiy, kabilarning so’zlari kup uchrasa, keyingi davrda Alisher Navoiy,
Maxtumkuli, Mashrab, Xuvaydo, Mukimiy, Furkat, Amiriy, Zebiniso,
Nodirabegim, Xaziniy, kabi mumtoz she'riyatimiz namoyondalarining yaratgan
ash'orlari keng kullanilib kelinmokda. Bularni idroklash va ular ijodining asosiy
moxiyatini tushunib yetish makom ijrochiligida juda muxim xisoblanadi. Shu bois,
xonanda aruz saboklaridan xabardor bulishi maksadga muvofikdir.
Talaffuz
-
xonandalik an'analaridagi omillardanbiri sifatida muxim
axamiyat kasb etib kelgan. Mumtoz xonandalik san'atida so’z-matn ma'nolarini
tug‘ri va anik xolda talaffuz etish va tinglovchiga yetib borishi xonandaning nutk
va oxang talaffuziga bog’liqdir.
Xonandalik amaliyotida xonish talaffuzining turli xillari mavjuddir.
Birinchidan: oxang talaffuzi. Bu jarayon uch umumiy kurinishda uchraydi.
a) tabiatan nutssonli talaffuz.
Talaffuzning tabiiy nuksonliligining xillari
kup va amaliyotda xam uchrab turadi. Bu xildagi talaffuzda xonandaning xarflarni,
bo‘g‘inlarni, jumlalarni noto‘g‘ri ukib talaffuz etishlariga aytiladi. Jumladan: «x»
va «x», «f» va «k», «r» va «l» xarflarini almashinib ketishi amaliyotda uchrab
turadigan xoldir va ularni ijroda tug‘ri talaffuziga erishish mumkin. Uning uchun
muntazam maxsus tanlangan so’z bo‘g‘inlariga asoslangan mashklar asosida
tartibli mashg‘ulotlar utkazish lozimdir; «s», «z» va «r» tovushlarini tulakonli
talaffuz etolmaslik. Bu jarayon nutk defektologiyasiga boFlikdir;
b) bilimsiz, ongsiz va savodsiz talaffuz.
Oxirgi paytlarda xonandalarning
kupchiliklari (xonandalik san'atini barcha yunalishlarida) so’z matniga, ya'ni
she'rga, g‘azalga e'tiborsizlik bilan munosabatda bulib kuylayotganliklari
kuzatiladi. Bu avvalo so’z matnining yaxshi bilmaslik, she'riyat konuniyatlaridan
bexabarlik, talkin masalasida ustoz sabog‘idan bexabarliklari okibatida yuzaga
128
keladi. Demak xonanda avvalo ashulaning zaminidagi she'r yoki g‘azalni
tushungan xolda yod olishi va uni to’g’ri o’qisjni o’zlashtirishi lozim. O’zbek tilida
unli tovushlar 6 ta (a, o, u, e, i, u), 4 ta yolashgan (ye, yo, yu, ya,) unli xarflar bor.
Ularda ayrimlari yolashgan xarflarning unli tovushni qo’shib talaffuz qilishdan
yuzaga keladi: ye (ye), yo(yo), ya(ya), yu (yu).
Odatga ko’ra, o’zbekona unli tovushlarni kuylaganda tembr jixatidan bir xil
sof xolatda talaffuz etiladi. Ijro jarayonida urg‘uli va unli xarflar talaffuzi ukigan
paytda kanday bulsa kuylashda xam shunga rioya kilinadi. Shu bois she'riyatning
nutk, talaffuz koidalarini o’zlashtirish xonandalar uchun muxim axamiyatga ega.
v)
savodli, anits va bilimli talaffuz.
Avvalo, she'riyat konun- koidalaridan
boxabar, oxang va matn mutanosibligini idroklagan, musiqaning barcha jixatlari
buyicha ustoz sabog‘idan baxramand bo’lgan savodli ijro. Ikkinchidan, aytim
me'zoni xam ikki uslubga asoslaniladi. Ya'ni, deklamatsiyali uslub va oxang bilan
kuylash.
O’zbek mumtoz xonandaligida kam uchraydi, lekin onda-sonda
uchraydigan uslub, so’zlashuv oxangiga yakin deklamatsion uslubdir. Odatda, bu
usul an'anaviy xonandalik ijrochiligiga xos emas. Lekin, xonandalikning boshka
yunalishlarida, ayniksa opera xonandaligida kup uchraydi va bu uslub «rechitativli
aytim» deb yuritiladi.
Oxang bilan kuylangan ovoz talkini joziba bilan saykallaydigan turli
bezaklar orqali ijro etiladi. Bular-turli kurinishdagi rang- barang xanglar, shaxdlar,
kochirimlar, nolalar va kolaversa mukammal xofizlik xonishidir.
Uchinchilan, so’z talaffuzi sifatlari. Ularni ijroda yug’on yoki ingichka,
yumshoq yoki qattiq ifoda etish mumkin. Odatda, ovozni ijro paytida turli shaklga
solib ijro etiladi. Ovozni yumshoq yoki qattiq tarannum etish, yug‘on yoki
ingichka shaklga solib kuylashda xonanda asar moxiyatini idroklagan xolda unga
mos yo’l tanlab ijro etishi juda muximdir.
Xonish piravordida go’zal, chiroyli so’zlar, to’g‘ri va aniq oxang sof va
tabiatli tarannum etilishiga aloxida e'tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
129
Xofiz, risolaning birinchi bobida kayd etilganidek, avvalo, esda saklovchi
va chiroyli, ma'noli kiroatga ega shaxsdir. Musiqiy oxanglarni tarannum etuvchi
xofiz-xonandalarda esa, bu jixatning xar ikkisini va unga oxang mujizasini
kursatish kabi xislatlar mujassamdir. Bundan kelib chikadiki, xofiz-xonandalar
asarning matnini mukammal bilishi, uning ma'nolarini iloji boricha to‘laroq
idroklashi, pirovardida esa matnga xos oxang bilan talaffuz etishi maqsadga
muvofiqdir. Bu jarayon xofiz-xonandaning ilmiy saloxiyatini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |