4-§. So‘z va ohang.
Ashula ijrochiligi bizga ma'lumki, so’z va kuyning mutanosib talqiniga
xos, ularning xar birini aloxida yondoshish bilan ifodalanishiga asoslanadi.
Tabiiyki, tovushlar majmuasida vujudga keladigan musiqiy kuy aloxida o’z
ma'nosiga ega bo’ladi. O’z o’rnida unga bog‘langan so’z xam muxim g‘oyani ifoda
etadi. Aslida, azaldan kuy so’zga bog‘langan. Bu jarayonda so’zning g‘oyasi kuyga
xam asos bo’lgan. Ashulachi esa, kuy va so’zni birligini ta'minlagan xolda xar ikki
omilni yashirin mazmunini ovoz talkinida kuylash orqali ochishi lozim. Uning
saviyasi va axamiyati aynan asarning qay darajada talqin etilishiga xam
bog’liqligini e'tirof etib o’tish lozim.
So’z bilan oxangning qanchalik uyg‘unligi zaminida bir qator musiqiy va
adabiy unsurlar borki, xonanda yoki xofiz buni bilishi bilan birga bu ilmlarni
badixaviy talqin etishi xam juda muximdir. Bu jarayon xonanda talkinining xar bir
amalga oshiriladigan xarakatlari bilan bog’liqdir. Bir tovush sadosidan boshlab kuy
xarakatining barcha jabxalaridagi tovush munosabati muxim va aloxida axamiyat
kasb etadi. Ya'ni, tovush va so’z bo‘g‘inidan boshlab, so’z va jumlagacha bo’lgan
ijroda musiqa tovushlarining oraliklari, intervallari va keyingi xarakatlari aloxida
ma'nolarga egaligini namoyish etishdir.
Tovushlarning xar bir xarakati muayyan ma'no kasb etadi. Xonanda esa
unga ijodiy yondoshib asarni jonlantiradi. Demak, uslubning shakllanishi xam
aynan ana shu so’z, oxang va ijro talkini zaminida dunyoga kelar ekan.
130
Ijrochilik mohiyati
-
ijrochilik mohiyatini ko‘rsatishdaxonanda har bir
asarni ichki dunyosini tushunib, uning obraziga tayyorlangan holda kira olishi va
shu obrazni ijodkor tasavvur qilgandek yarata olishi ovoz talqinida muhimdir. Shu
bilan birga ovoz imkoniyatlarini, sifatini ko‘rsatishda avvalo uz ijrosini o‘zi
tinglashi va o‘z bilimi doirasida to‘g‘ri idroklashi lozim. Bu jarayon musiqa
san'atida muhim omillardan bo‘lgan, ayniksa, cholg‘u va ashula ijrochiligida katta
ahamiyatga ega bo‘lgan va ijro bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qator o‘ziga xos
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Ijro asar ruhiga, obraziga kirishi va o‘z
imkoniyatlarini ko‘rsatishdagi zarur omillar deb hisoblanadi.
1.
So’z matni jumlalarining ijrodagi yakuni;
2.
Kuy tuzilmalarini tarkibiy ravonligi;
3.
So‘z bo‘linishlari ...
4.
Musiqiy kuy bo‘laklari frazalari;
5.
Tinish jarayonlari pauzalar ...
6.
Nafas olish joylari uslublari ...
7.
Kuyda tovush chuzimlarini uzaytirish uslubiyatlari;
8.
Quydagi metro-ritmik tuzilmalarini aniqqaytarish;
9.
Kuyda ma'lum bo‘laklarning boshqa balandlikda ketma-ket qaytarish;
10.
Og‘zaki tekstdagi tinish belgilari ...
11.
Asarning kadans davralari;
12.
Kuyda metro-ritmik tuzilmalarni o‘zgarishlar bilan qaytaralishi.
Muallif qayd etgan sifatlarni xonanda nazarda tutib, mumkin darajada rioya
qilsa, xonish omilidagi ijro har tomonlama bu jarayonning mohiyati nuktai
nazaridan mukammal ifodasini topadi.
Ijrochilikda muxim bo‘lgan sifatlarini alohida olganda, har biri o‘ziga xos
ahamiyatga egadir. Chunki, asarning umumiy g‘oyasini ifoda etishda musiqa va
so‘zning mazmuni, ularning ohang vositasidagi talqini, kuy rivojining pag‘onalari,
dinamikasi. Har bir kuy va so‘z jumlalarining boshlanish tugallanishlari, kuyning
metro-ritmik jihatlarining uzaro uyg‘unligi, xonandaning bilimi va imkoniyatlari
darajasini anglatadigan tomonlaridir. Ana shu jarayondagi barcha xususiyatlar
131
uyg‘un holda asarning ichki va tashqi dunyosini ifoda etish uchun lozim bo‘lgan
musiqiy omillardir.
Musiqiy asarning talqini, so‘zdan, matndan mustasno holda, o‘zining ichki
qonuniyatlariga bo‘ysunishi hammaga ayon. Bu qonuniyatlar tovushkator, uslub
tuzuk, turg‘un tovushlar va kuyning tarkibiy shakllari bilan izohlanuvchi tomonlari
orqali harakterlanadi. Bu jarayon aslida “ijro tarkibi”ni tashkil etadi.
Odatda, har bir musiqiy asar ma'lum tovushkator tizimida harakat qiladi.
Harakatlarning qay darajada ifoda topishi asarning bastakori, qolaversa, ijrochi
talqinida jonlanadi. Ijro jonlanishi tovushlarning tuzuk tarkibidagi o‘zaro
bog‘lanishiga asoslanadi. Lekin, bu bog‘lanishda har bir kuy bo‘laklari, jumlalari
aloxida va asar doirasida jumlalarning bir butunlikda tarkib topishi,
tovushqatorning asosiy va yondosh tovushlarning mutanosib tarkib topishi juda
muhim. Bu ma'noda xalq va mumtoz ijodiyot janrlari o‘z shakliy tarkiblariga
egadirlar.
Xalq musiqa ijrochiligida, ayniqsa badixago’ylik, erkin talqinga asoslangan
ijro turlarida, asar tarkibi qisman bo‘lsada o‘zgarishga uchraydi. Lekin, tarkibiy
qismning asosiy tizimini shakllantiruvchi turg‘un tovushlar harakatdagi turg‘un
tovushlar, ularning rivojlanish jarayoni va tugallanish jabhalari asoslangan holda
gavdalanadi. Bu albatta ijro tarkibining negizini tashkil etadi.
Hofiz-xonanda uchun ijro jarayonida so‘z va ohangni idroklagan holda
talqin etishi muhim. Unda so‘z shaklini buzilmasligi va ohangga mos tushishi
asosiy omil sifatida gavdalanadi. Aslida bu jarayon hofiz - xonanda uchun ijro
moxiyatining asosi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |